س سه
هذا الدر
Bu misolimizda esa addarsu ( الدرس) so`zi marifa holatida, sahlun (سهل) so`zi esa nakira holatida turibdi. Bu yerda ikki so`z jinsda va sonda moslashgan bo`lsada, holatda moslashmagan. Shuning Bu jumla ismiyyada ha'za (هذا) so`zi mubtado, addarsu (الدرس) esa mubtadoga badal bo`lib kelyapti. Addarsu (الدرس) ismul ishoraga badal bo`lganligi uchun ma'rifa holatida bo`lib kelgan. Nakiro ism bo`lgan sahlun (سهل) so`zi esa jumlaning xabari hisoblanadi.
Ko`rib o`tgan Bu ikki jumlamizda birgina holatda moslashish sodir bo`lmaganligi uchun sifat so`zning gapdagi morfologik vazifasi o`zgarib ketdi. Va bu gapning ma'nosiga ham ta'sir qolmasdan qolmaydi.
Keyingi misolga yuzlansak
حساب بغير أجرهم الصابون يوفى إنما –“ Albatta, sabrlilarga ajrlari hisobsiz, to`liq bеrilur”, dеb ayt.(Zumar surasi 10 oyat)
إنما يوفى الصابون أجرهم بغير حساب
Bu oyatda kelgan sobiruna lafzi o‘zbek tiliga sabrlilar ya'ni sobir so`zi ma'nosi bilan bir xil. Ammo ushbu oyatni so`zma -so`z o‘zbek tiliga tarjima qilsak tor ma'nodagi tushunchalarni tushunib qolamiz. Negaki arab tilidagi sobir so`zi juda keng tushunchalarni o`z ichiga olgan so`z bo`lib Bu yerda shunchaki sabrlilar deya tarjima qilib o`tdik.
Agar mana shu gapni o‘zbek tilidagi tarjimasini morfologik tahlil qilsak sabrlilar (الصابرون) bu gapda to`ldiruvchi vazifasida kelyapti. Aslida o‘zbek tilida
ushbu gapdan anglashilgan ma'no sabr qiluvchi kishilarga nisbat berilgani ko`rinib turibdi. Lekin bu yerda kishi so`zi mavjud emas. O‘zbek tilida ham shunday aksariyat sifatlar o`sha sifatga ega bo`lgan shaxslar haqida gapirilganda faqat sifatning o`zi zikr qilinadi-yu lekin shaxs yoki predmetning nomi keltirilmasdan shax yoki narsaning o`ziga dalolat qiladi. Buni o‘zbekcha misol bilan ham ko`rib chiqsak,
Dangasaga ish buyursang, aql o`rgatar. Ushbu misolda dangasa so`zi sifat so`z bo`lib undan anglashilgan ma'no shaxsga dalolat qiladi. Dangasa so`zi lug'aviy ma'nosiga ko`ra ish qilishga yalqov, erinchoq kishilarning sifati sifatida ishlatiladi. Aslida gapning haqiqiy ko`rinishi qanday bo`lishi kerak edi? Dangasa odamga ish buyursang, aql o`rgatar. Mana shu gapdagi dangasa so`zi shaxsning sifati hisoblanadi. Yuqoridagi kabi kishi va narsalarga nisbat berilib otlashib ketgan holatlar arab tilida ham bir talay. Masalan:
Ichingizdagi zaiflaringiz huzurimda kuchlidir عندي قوي فيكم الضعيف
Bu gapda zaiflaringiz so`zi otlashgan. Sifatlarning otlashishi yoki boshqa so`z turkumiga o`tib ketishi ko`plab davrlar og'zaki nutqda foydalinib kelingan yuqoridagi kabi misollar natijasida yuzaga keladi.
O‘zbek tilida Arab tilidan o`zlashgan minglab so`zlarni, jumladan, sifatlarni
ham sanab tugatish mushkul. O‘zbek tiliga o`zlashgan arabiy sifatlarning aksariyat qismini atoqli otlar sifatida foydalanish odatiy tusga aylanib ketganiga necha asrlar bo`lgan. Hattoki ulug' ajdodlarimiz ismlari va taxallusidan tortib , hozirgi kundagi atoqli ismlargacha sifat so`zardan olingan kalimalardan foydalanamiz.
Ba'zi bir misollar I keltirish bilan fikrimizni dalillaymiz.
Hazrati imom Buxoriy (
Do'stlaringiz bilan baham: |