Fuqarolarning shaxsiy sug’urtasi shartnoma asosida tuziladigan, uning doiralari hamda amal qilinishi vaqt davrlari, ma’lum jismoniy shaxslarning moliyaviy imkoniyatlari, xatar turlari bilan cheklangan institut.
Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi - bu xodim hayotidagi zarur manfaatlar sohasi bo’lib, uning miqdoriy va sifatiy tavsiflari davlat va jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy taraqqiyoti darajasini ifodalovchi tizimdir.
Qariyalar 60-74 yoshdagi erkaklar, 55-74 yoshdagi ayollar qariyalar guruhiga kiritiladi.
Qariyalar uyi oilada yashash imkoniyatiga ega bo’lmagan va muntazam parvarishga muhtoj keksayib qolgan fuqarolar uchun ijtimoiy rivojlantirish muassasasidir.
Qiyin hayotiy vaziyat - fuqaro hayot faoliyatini ob’yektiv izdan chiqaruvchi vaziyat (nogironlik, qarilik tufayli o’ziga o’zi xizmat ko’rsata olmaslik, kasallik, yetimlik, boqimsizlik, kam ta’minlanganlik, ishsizlik, turar joyga ega bo’lmaslik, oiladagi kelishmovchiliklar va keskin munosabatlar, yolg’izlik), bularni mustaqil bartaraf etish mumkin emas, shunga ko’ra, uni qo’llab-quvvatlovchi va unga yordam beruvchi ijtimoiy xizmat zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |