Uzoq umr ko’ruvchilar 90 yoshdan yuqori aholi qatlami uzoq umr ko’ruvchilar guruhiga kiritiladi.
Xalqaro mehnat tashkiloti ijtimoiy tinchlikni qaror toptirish va saqlash, inson huquqlarini muhofaza qilish, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini boshqarish va mehnat sohasidagi bir qator o’ziga xos masalalarni hal qilish maqsadida tashkil etilgan tashkilot hisoblanadi.
Xodim ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxs.
Shaxsiy tomorqa xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar daromadni shakllantirishda muhim rol o’ynab, ularning hajmi Milliy hisoblar tizimida umumqabul qilingan tamoyil bo’yicha, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarilgan qiymatidan uni ishlab chiqarishga ishlatilgan mahsulot va xizmatlar qiymatini ayirish orqali hisoblab chiqiladi.
Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi shaxsning o’ziga o’zi xizmat qilish, harakatlanish, yo’lni topa olish, muloqot qilish, o’z xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek, o’qish va mehnat faoliyati bilan shug’ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to’la yoxud qisman yo’qotganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |