Ijtimoiy yordam davlat va notijorat tashkilotlari tomonidan aholining kam ta’minlangan qatlamlariga ularning muhtojligini tekshirish asosida ne’matlar va xizmatlarning berilishi.
Ijtimoiy yordamning amalga oshirilish shakllari ijtimoiy yordam nogiron bo’lib qolgan shaxslarga turli tibbiy xizmatlar ko’rsatish, harakatlanish va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, kasallikdan keyingi sanatoriy-kurort reabilitatsiyasi va boshqa shakllarda; ota-ona tarbiyasi va parvarishdan mahrum bo’lib qolgan voyaga yetmagan bolalarga homiylik hamda vasiylik qilish, mehribonlik uylariga joylashtirish, ularni moddiy qo’llab-quvvatlash yo’li bilan; keksa yoshdagi fuqarolarga turli ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish, zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, tegishli hollarda saxovat uylariga joylashtirish kabi shakllarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |