O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o. T. Husanov konstitutsiyaviy huquq



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/24
Sana13.02.2020
Hajmi0,71 Mb.
#39603
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
konstitutsiyaviy huquq


BOSHQARISH ORGANLARI
22.1. O‘zini o‘zi boshqarish tushunchasi
O‘zini o‘zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo‘nalishi
hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish jahon davlatchiligi va jamiyat
rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institut bo‘lib, u xorijiy
mamlakatlarda mahalliy boshqaruv, deb yuritiladi. Bu faoliyatni
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi, deb yuritilishi O‘zbekistonga
xos xususiyatdir.
O‘zini o‘zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida
mamlakatning tarixiy, milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi
(jamoa) manfaatidan kelib chiqib, mahalliy ahamiyatga ega
masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat ko‘rsatadigan
fuqarolar faoliyatining tashkiliy tizimidir.
O‘zini o‘zi boshqarish bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari
bir-biridan farq qiladi. O‘zini o‘zi boshqarish tashkiliy tizimdan
iborat faoliyat bo‘lsa, o‘zini o‘zi boshqarish organlari shu faoli-
yatni amalga oshiruvchi tuzilmalar (tashkilotlar) hisoblanadi.
O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat
ishlarida ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o‘zini o‘zi bosh-
qarish fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini ta’min-
lovchi muhim vositalardan biridir. Bu Konstitutsiyaning 32-modda-
sida ham o‘z ifodasini topgan. Unga asosan, fuqarolar jamiyat va davlat
ishlarini boshqarishda o‘zini o‘zi boshqarish orqali ishtirok etadi.
Bizning Konstitutsiyamiz o‘zini o‘zi boshqarish masalasiga
faqat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini
belgilash bilan yondashgan.
Aslida o‘zini o‘zi boshqarish ancha keng tuzilma bo‘lib, bir
necha harakatlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umum-
xalq ovozi) ham ayrim mamlakatlarning Konstitutsiya va qonun-
larida o‘zini o‘zi boshqarish hisoblanadi.

222
Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat
tashkilot, korxona, muassasalaridagi jamoatchi tashkilotlar ham
o‘zini o‘zi boshqarish hisoblanadi. O‘quv yurtlaridagi ota-onalar
qo‘mitalari, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari ham o‘zini
o‘zi boshqarish ko‘rinishidir.
Kasb-hunar ta’limi muassasalarida, jumladan, Òoshkent yuri-
dik kollejida tashkil qilinadigan «Vasiylik Kengashi» ham jamoat
boshqaruvi hisoblanadi
1
. Shunday qilib, o‘zini o‘zi boshqarish
aholi tomonidan turli Kengash, qo‘mita va boshqa tuzilmalar orqali
amalga oshiriladi.
O‘zini o‘zi boshqarish bevosita demokratiyaning bir ko‘rinishi
bo‘lib, xalq hokimiyatini ro‘yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat
demokratlashib borgan sari o‘zini o‘zi boshqarish kuchayib boradi.
U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va muhim instituti hisoblanadi.
O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik,
turli fikrlilikka asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok
etishadi. Bu o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzishda, ularning
tashkiliy tuzilmalar ishida ishtirok etishida ko‘rinadi.
Biron-bir yo‘l bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida
ishtirok etishni cheklash, to‘sqinlik qilish mumkin emas.
22.2. O‘zini o‘zi boshqarish organlari,
ularning vazifasi
Amaldagi Konstitutsiyamizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari
haqida alohida modda bo‘lib, uning qoidalari o‘zini o‘zi boshqarish
organlari faoliyatining Konstitutsiyaviy darajada hal qilinganligini
ko‘rsatadi.
O‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining jamiyatdagi,
fuqarolar manfaatini ifodalashdagi va xalq hokimiyatchiligini amalga
oshirishdagi roli hisobga olinib, ularga Konstitutsiyaviy maqom
berilgan.
Konstitutsiyaning 105-moddasida «Shaharcha, qishloq va
ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni
(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi», deb belgilab qo‘yildi.
1
 Qarang: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Vasiylik kengashi
to‘g‘risida namunaviy Nizom. Ò., 2006, 1-modda.

223
Konstitutsiya normasining mazmuniga e’tibor bersak, birin-
chidin, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari — bu fuqa-
rolar yig‘inidir.  Ikkinchidan, fuqarolar yig‘ini doimiy ishlovchi
organ, faqat ular har ikki yarim yilda raislarini (oqsoqolni), rais
maslahatchilarini saylashadi. Uchinchidan, fuqarolar yig‘ini
shaharcha va qishloqlarda, shuningdek, shahardagi mahallalarda
faoliyat ko‘rsatadi. Fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatadigan hu-
dud — shaharcha va qishloqlar, uning mahallalari, shahar mahal-
lalari.
Shaharcha va qishloqlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari tashkil qilinishi munosabati bilan Konstitutsiya qabul
qilingunga qadar, qishloq va shaharchalarda faoliyat ko‘rsatgan davlat
hokimiyati organlari — qishloq va shahar xalq deputatlari Kengash-
lari va ularning ijroiya qo‘mitalari faoliyat ko‘rsatmaydigan bo‘ldi.
Natijada, qishloq va shaharchalarda avvallari davlat hokimiyati
organlari bajarib kelgan ishlarni bajarishni fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari o‘z zimmasiga oldi. Bu o‘zini o‘zi bosh-
qarishga bo‘lgan katta hurmat va ishonch bo‘lib, hokimiyatni amal-
ga oshirishda fuqarolarning bevosita ishtirokini yanada kengaytiradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati,
vazifasi, 1993-yil 2-sentabrdagi, 2013-yil 22-aprelda yangi tahrirda
qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida»gi
1
 Qonun bilan tartibga solinadi.
Qonunlarda va boshqa dasturiy hujjatlarda fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlariga yuklatilgan vazifalarni bir necha guruhga
bo‘lib ko‘rsatish mumkin.
Bular:
• fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish
huquqini amalga oshirishda ko‘maklashish;
• o‘z hududlarida ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini hal qilish,
ommaviy madaniy tadbirlarni o‘tkazish;
•  Davlat hokimiyati organlariga O‘zbekiston Respublikasi
qonunlarini, Prezident va hukumat hujjatlarini, xalq deputatlari
Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish
maqsadida fuqarolarni birlashtirish
2
.
1
  O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2013-yil. 17-son, 219-m.
2
 Î. Husanov. Mustaqillik va mahalliy hokimiyat. Ò., «Sharq», 1996, 64—
65-betlar.

224
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi
Qonunda ana shu vazifalarni bajarish imkoniyatini beruvchi vakolat-
lar ko‘rsatib qo‘yilgan.
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi
yangi tahrirda qabul qilingan qonun, o‘zini o‘zi boshqarish organ-
larini jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliya-
tini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlarini ancha kengaytirdi.
22.3. Fuqarolar yig‘inlari ishini tashkil qilish
Fuqarolar yig‘inlari qishloq, shaharchalarda ularning mahal-
lalarida faoliyat ko‘rsatadi.
Qonunga asosan, fuqarolar yig‘ini o‘zini o‘zi boshqarish or-
ganlari bo‘lib, ularning faoliyatida mahalla, shaharcha va qishloq
hududida doimiy yashovchi barcha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fu-
qarolar ishtirok etadi.
Fuqarolar yig‘ini o‘zini o‘zi boshqarish organlari demo-
kratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, masalalarni
hal qilishda mustaqillik, jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam
prinsiðlarida tashkil qilinadi va faoliyat ko‘rsatadi. Bu organning
faoliyatidagi demokratizm hududdagi barcha fuqarolarning organ
faoliyatida bir xil huquqlarda ishtirok etishi, hech kimning huquqi
cheklanmasligi, masalalar muhokamasida qatnashish, o‘z fikrini
erkin aytish, qaror qabul qilishda o‘z xohishicha ovoz berish imko-
niyatiga egaligida ko‘rinadi.
Oshkoralik  barcha masalalar aholi yoki ularning vakillari
ishtirokida kollegial ravishda hal qilinishi, ko‘riladigan masalalar
haqida xabarlarning oldindan tarqatilishi, qabul qilingan hujjatlarni
barchaga yetkazishda ko‘rinadi. Fuqarolar yig‘ini faoliyatidan barcha
xabardor bo‘lib turadi.
Ijtimoiy adolat hududdagi barcha fuqarolarning manfaati,
ularning ish joyi, mulkiy ahvolidan qat’i nazar, teng himoya
qilinishida, yordamga muhtojlarga alohida g‘amxo‘rlik qilinishida,
ularni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilishida namoyon bo‘ladi.
Insonparvarlik shaxs manfaati, fuqaro manfaati ustun qo‘yili-
shida, fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati joyiga qo‘yilishida,
yoshlarning axloqiy tarbiyasiga, oilada yaxshi muhit bo‘lishiga
e’tiborda ko‘rinadi.

225
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolati
doirasida mahalliy ahamiyatga molik masalalar: obodonlashtirish,
atrof-muhitni saqlash, hududda turli xizmatlar ko‘rsatish masala-
larida mustaqil qaror qabul qiladi. Ularning vakolatlariga taalluqli
masalalarni hal qilishga hech kim va hech qanday organ aralash-
maydi.
O‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati jamoatchilikka
asoslangan. Unga tegishli ko‘p masalalar jamoatchilik asosida haq
olinmasdan amalga oshiriladi. Mahalla hududida yashovchi barcha
fuqarolar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida
o‘z imkoniyatiga qarab, xolisona ishtirok etadi, ularni moddiy
tomondan qo‘llab-quvvatlaydi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahallalarda
faoliyat ko‘rsatadi, mahallalarda tuziladi, shuning uchun bu organ-
ni tashkil qilishga mahalla tizimidagi tashkiliy ishlar ta’sir qiladi.
Mahallalarni tuzish, tugatish, qo‘shib yuborish, chegaralarini
belgilash fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
tashabbusi bilan mahalliy davlat organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Fuqarolar yig‘ini o‘z faoliyatini yig‘ilishlarda amalga oshiradi.
Fuqarolar yig‘ini zaruratga qarab, lekin yilning har choragida
(uch oyda) bir marta chaqiriladi.
Fuqarolar yig‘inida barcha aholining (18 yoshga to‘lgan) yar-
midan ko‘pi ishtirok etsa, u vakolatli bo‘ladi. Fuqarolar yig‘inini
chaqirish imkoniyati bo‘lmasa, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi
o‘tkaziladi. Vakillar normasi tegishli hokim tomonidan belgilanadi.
Vakillar yig‘ilishi unda vakillarning uchdan ikki qismi hozir
bo‘lganda vakolatli hisoblanadi.
22.4. Fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli)
Konstitutsiya va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning
maslahatchilarini saylash to‘g‘risida»gi qonunga binoan, umum-
e’tirof etilgan saylov prinsiðlari asosida, 18 yoshga yetgan fuqa-
rolar tomonidan 2,5 yil muddatga fuqarolar yig‘ini raisi va uning
maslahatchilari saylanadi. Saylov yashirin yoki ochiq ovoz berish
orqali o‘tkaziladi. Saylov Oliy Majlis Senati tomonidan tayinlanadi.
Senat Kengashi tomonidan, saylovni tashkil qilish hamda
o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya tuziladi.

226
Viloyatlarda, Toshkent shahrida, tuman va shaharlarda,
tegishli Kengashlar tomonidan, fuqarolar yig‘iniga amaliy yordam
ko‘rsatish uchun saylov davriga komissiyalar tuziladi. Har bir
mahallada fuqarolar yig‘ini tomonidan ishchi guruhlari tashkil
etiladi. Komissiyalar va ishchi guruhlarning vazifa va fakolatlari
yuqorida tilga olingan qonun bilan belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlarga quyidagi
talablar qo‘yiladi. Ular O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi, qoida tari-
qasida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, besh yil shu hududda doimiy
yashagan bo‘lishi, turli tashkilotlarda ish tajribasi va hayotiy tajribaga
ega bo‘lishi, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi kerak.
Saylovda hududdagi barcha aholi yoki ularning vakillari ovoz
beradi. Ovoz berishda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘proq
ovoz olgan nomzod rais etib saylangan hisoblanadi. Maslahatchilar
ham shu tartibda saylanadi. Fuqarolar yig‘ini raisining vakolati
quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatiladi:
— u o‘z vakolatini zimmasidan soqit qilganda (o‘z xohishiga
ko‘ra);
— fuqarolar yig‘ini qaroriga asosan;
— rais muomalaga layoqatsiz deb topilsa;
— unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘lsa.
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi
qonunning 14-moddasida fuqarolar yig‘ini raisining vakolatlari
belgilangan. Uning bir qism vakolatlari fuqarolar yig‘inini ishini
tashkil qilishiga, boshqa vakolatlar esa, o‘zini o‘zi boshqarish
organini ayrim vazifalarini doimiy ravishda boshqarishga qaratilgan.
Rais fuqarolar yig‘ini nomidan harakat qiladi.
Raisni saylash vaqtida uning maslahatchilari ham qonunga
asosan saylanadi.
Rais maslahatchilari raisga o‘z vazifasini bajarishga yordam
beradi va raisning topshiriqlarini bajaradi.
22.5. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan munosabati
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi fuqarolarning davlat
va jamiyat ishlarida ishtirokini ta’minlovchi usullardan va xalq
hokimiyatchiligini amalga oshirish vositalaridan biridir. Ular o‘z
faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi.

227
O‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari
tizimiga kirmaydi. Ularning mahalliy davlat hokimiyati organlari
tizimiga kirmasligi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida»gi Qonunda aniq ko‘rsatilgan. 7-moddaga asosan (yet-
tinchi xatboshi), «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi».
Lekin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan
mahalliy davlat hokimiyati organlari maqsadi, vazifasida umumiy-
liklar bor. Ularning hammasi jamiyatning tuzilmasi hisoblanadi.
Shunday ekan, ular o‘rtasida hamkorlik bo‘lishi va munosabat
to‘g‘ri tashkil qilinishi zarur.
Shuning uchun ham «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi
Qonunning 4-moddasi «Hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlari», deb
nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyat organlariga yuklatilgan
vazifalar belgilab qo‘yilgan. Unga asosan, «Xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar hokimi tegishli hududda o‘zini o‘zi boshqarishni
rivojlantirishga ko‘maklashadilar, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
faoliyatini yo‘naltirib turadilar».
Davlat hokimiyati bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari muno-
sabati o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini mahalliy davlat
organlari tomonidan yo‘naltirib turishga qaratilgandir.
Ko‘maklashish deganda, o‘zini o‘zi boshqarish organlarini
tashkil qilish, ularni mablag‘ bilan ta’minlash, ularni faoliyat
yuritishi uchun zarur hujjatlar, uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’min-
lash, xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish nazarda tutiladi.
Yo‘naltirish deganda, hududdagi o‘zini o‘zi boshqarish
organlari faoliyatini umumiy maqsad va vazifalarni hal qilishga
jalb qilish ko‘zda tutilgan.
Mahalliy davlat organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining munosabati o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining faoliyat ko‘rsatadigan hududlarini tashkil qilishda
mahalliy davlat organlarining ishtirokidan vujudga keladi.
Mahallalarni tuzish, qo‘shib yuborish, bo‘lish va tugatish,
chegaralarni belgilash va o‘zgartirish fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh-
qarish organlarining tashabbusi bilan mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan amalga oshiriladi.

228
NAZORAÒ SAVOLLARI
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat
hokimiyati organlarida ro‘yxatga olinadi. Shundan so‘ng ular
yuridik shaxs hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi, tegishli tuman, shahar hokimi bilan
kelishilgan holda fuqarolar yig‘ini tomonidan saylanadi. Fuqarolar
yig‘inini chaqirishda ham hokim tashabbus ko‘rsatishi mumkin.
Shu holatlar mahalliy hokimiyat organlari bilan fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining munosabatini ko‘rsatadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga fuqarolik
jamiyati qurishda katta ishonch bilan qaralmoqda. Hozirgi davlat
qurilishi va boshqaruvini erkinlashtirishda asosiy vazifalardan biri
sifatida hokimiyat vakolatlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish belgilangan
1
. Prezi-
dentimiz Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida jamiyatning
rivojlanish strategiyasi haqida so‘zlagan nutqida o‘zini o‘zi bosh-
qarish organlari, fuqarolar yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini
amalda kuchaytirish muhim vazifa ekanligini qayd qildi
2
.
1. O‘zini o‘zi boshqarish nima?
2. O‘zini o‘zi boshqarishda fuqarolar ishtiroki qanday?
3. O‘zini o‘zi boshqarish organlari qaysi organ?
4. O‘zini o‘zi boshqarish organlarining vazifasi nimalardan iborat?
5. Fuqarolar yig‘inlarining ishi qanday tashkil qilinadi?
6. Fuqarolar yig‘inlarining organlari qanday tashkil qilinadi?
7. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqoli) va maslahatchilarini saylash
tartibi qanday?
8. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mahalliy davlat hoki-
miyati organlarining munosabati nimaga asoslanadi?
1
  I.A. Karimov.  O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. Ò., «O‘zbekiston», 1999,
17-bet.
2
 I.A. Karimov. Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Ò., «O‘zbekiston», 2005,
39-bet.

229
23-bob. SUD HOKIMIYATI
23.1. Mustaqil sud hokimiyati, uning tizimi
Konstitutsiyada belgilangan hokimiyat bo‘linishi prinsiðiga
asosan (11-modda), sud mustaqil hokimiyat tizimi hisoblanadi va
o‘zining aniq vazifasiga ega.
Konstitutsiyaning XXII bobi «O‘zbekiston Respublikasining
sud hokimiyati» deb nomlangan. Undagi normalarga asosan, sud
ilgarigi sobiq tuzumdagi kabi faqat huquqni muhofaza qiluvchi
organ emas, mustaqil hokimiyat tarmog‘i hisoblandi.
Uning mustaqilligi Konstitutsiyaning 106-moddasida «O‘z-
bekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat
birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi», deb belgilab qo‘-
yilgan.
Konstitutsiyada sudning mustaqilligi belgilanib, shundan keyin
ana shu mustaqillikka amalda erishish uchun ko‘plab tadbirlar
o‘tkazildi. Sud sohasini isloh qilish tadbirlari belgilandi.
Sud tizimini isloh qilish natijasida sud tizimi sezilarli o‘zga-
rishlarga uchradi. Konstitutsiyaning 107-moddasi birinchi qismi
sud hokimiyatini amalga oshiruvchi sud organlari tizimini belgilagan.
Unga asosan, O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va
jinoyat ishlari bo‘yicha sudlash, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari,
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari,
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo,
tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma’muriy
sudlardan iborat.
Natijada avvalgi sud tizimidan Oliy xo‘jalik sudi chiqarilib,
uning vazifasi Oliy sudga yuklandi. U joylarda iqtisodiy masalalarni
hal qilish uchun iqtisodiy sudlar, ma’muriy masalalarni hal qilish
uchun ma’muriy sudlar tuzlishi belgilandi.

230
Bulardan tashqari, Konstitutsiyaning 111-moddasiga kiritilgan
o‘zgarishga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy
Kengashi tashkil qilinib, u sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib,
Respublikada sud hokimiyatining mustaqilligi Konstitutsiyaviy
prinsiðiga  rioya  etilishini ta’minlashga  ko‘maklashadi.  Sudyalar
Oliy Kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun
bilan belgilanadi.
Shu moddada favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi,
sudlar ishini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi
qonun bilan belgilanishi ko‘rsatilgan. «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonun
qabul qilingan.
Konstitutsiyaga asosan O‘zbekiston sud tizimi, Konstitutsiyaviy
sud, Oliy sud, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat
ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpo-
g‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va
ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman,
shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari,
tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar
ma’muriy sudlardan iborat.
23.2. Konstitutsiyaviy sud, uni tashkil
qilish tartibi va vazifasi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, sud
tizimidagi alohida vazifa va vakolatlarga ega mustaqil sud tarmo-
g‘idir. 2017-yil 31-maydagi qonunga asosan, Konstitutsiyaviy
sudni faoliyatiga taalluqli Konstitutsiya normalariga jiddiy o‘zgar-
tirishlar kiritilib, Konstitutsiyaviy sudni tashkil qilish tartibi tako-
millashtirildi, vazifa va fakolatlar aniqlashtirildi.
Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyat xarajatlarini Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi
ishlarni ko‘radi.
Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
taqdimiga binoan Oliy Majlisning Senati tomonidan Sudyalar Oliy
Kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar
orasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilini qo‘shgan holda
saylanadi.
Konstitutsiyaviy sud o‘z tarkibidan sud raisi va uning o‘rinbo-
sarlarini saylaydi.

231
Konstitutsiyaviy sudga quyidagi vazifalar yuklangan:
— Respublika qonunlarini, Oliy Majlis palatalari qarorlarini,
Prezident Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlarini, hukumat,
mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini, respublikaning
davlarlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarini Respublika
Konstitutsiyasiga mosligini aniqlash;
— O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan qaror, kons-
titutsiyaviy qonunlarning xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish
to‘g‘risidagi qonunlarni Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash;
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston qonunlarini
O‘zbekiston qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish;
— O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga sharh berish;
Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish