8-topshiriq. Akademik matnning asosiy xususiyatlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Har biriga yuqoridagi matndan foydalanib misollar toping.
Xususiyati
|
Misollar
|
Rasmiy so`z boyligi
|
Turizm marketingida marketing rejalashtirish jarayoni…
|
Havolalarning ishlatilishi
|
|
Shaxssiz usul
|
|
Uzun, murakkab gaplar
|
|
Tushunchalar_tahlili”_metodi.'>9-topshiriq. “Tushunchalar tahlili” metodi. Har bir tushunchaning tahlilini toping. Quyidagilarning moslarini topib birlashtiring.
Tushunchalar
|
Tushunchalar tahlili
|
T ahlil qilmoq
|
Dalillar keltirish
|
Baholamoq
|
Murakkab mavzuni qismlarga bo’lgan holda yetkazish
|
Tasvirlamoq
|
Mavzuni bo’limlarga bo’lish va har biri to’g’risida batafsil to’xtalib o’tish
|
Muhokama qilmoq
|
Mavzuni qismlarga bo’lgan holda tahlil qilish va aloqadorlikni ko’rsatib berish
|
Sinovdan o’tkazmoq
|
Taklif kiritish va uning ijrosini ta’minlash
|
Misol keltirmoq
|
Biror narsa haqida to’liq ma’lumot berish
|
Tafsilotlarni bermoq
|
Mavzuning qisqacha mazmunini yoritib berish
|
Taklif qilmoq
|
Mavzuning turli qirralarini hisobga olgan holda uning kamchilik va ustunlik tomonlarini tahlil qilish
|
Umumlashtirmoq
|
Mavzuning ahamiyati to’g’risida fikr yuritish
|
12-mavzu. Matn tahlili va tahriri
1-topshiriq. Matnni o’qing. Matnni og’zaki so’zlab bering.
Tahrir ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatga bevosita daxldor jarayondir. “Tahrir” so‘zi arabcha bo‘lib, “yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish” ma’nolarini anglatadi.
Matnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to‘lig‘icha o‘qib chiqish, masalaning mohiyatini tushunib olish lozim. Birinchi o‘qishdanoq tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo‘lingandan keyin, matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda so‘zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi ba’zi o‘rinlar kyengaytirilishi, olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin.
Tahrir usulida asosiy e’tibor matn talqin (variant)larini qiyoslashga qaratiladi. Bunda, ya’ni qiyoslash jarayonida, tabiiyki, tuzatishlar kiritiladi, natijada matnning ikki talqini yuzaga keladi: birinchisi, muvaffaqiyatsiz chiqqani bo‘lsa, ikkinchisi tuzatilgan namunasi. Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi vaqtda matnni qiyoslash usulida yangi qadam tashlandi. Bunga muharrirning mehnati zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanganligi sabab bo‘ldi. Muharrir matn talqinlarini qiyoslash uchun, ularni bir vaqtda displey ekraniga chaqirish imkoniga ega bo‘ldi. Bunday qiyoslash ham qulay. Chunki, ikki qiyoslanuvchi talqin muharrir ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ladi va qulaylik tug‘diradi.
Biror so‘z yoki biror iboraning ma’nosi haqida fikr bildirishda uning turli muqobillari bilan izohlash mumkin. Tilshunoslik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, “pishib yetilmagan” so‘zlarni ikkinchisi, ya’ni maqbul varianti bilan almashtirib yoki o‘rnini, ifodasini o‘zgartirib erkin birikmaga kirishida ma’naviy farqlanishini kuzatish zarur.
Muharrir matn bilan tanishar ekan, u haqiqiy mutaxassis, bilimdon sifatida namoyon bo‘lishi kerak. Tafsilotlarga chuqur va keng qamrovli nazar tashlay olganlargina ishining haqiqiy ustasi sifatida muharrirlikni kasb qilib olgan «hunarmand»lardan farq qiladi. O‘z ishining haqiqiy bilimdonigina arzimasdek tuyulgan g‘ayriodatiy narsada ham katta ma’no ko‘radi, zero uni chuqur tushunadi. Muharrir mutolaasi ko‘p jihatdan ilmiy mutolaaga o‘xshab ko‘rinadi. Har ikkala o‘qishda ham tushunarsiz bo‘lgan hech narsa qolmasligi lozim. Bunda tushunarsiz ifoda qolmasligidan tashqari, matndagi murakkab bandlarni chuqur mulohaza qilib ko‘rish, mazkur mavzu bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish shart. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bunday vaziyatda to‘la aynanlikka erishish amrimahol.
Mohirona amalga oshirilgan tuzatishlar matnning yaxlitligi va mazmuniy uyg‘unligiga putur yetkazmaydi. Aksincha, uning tuzilishidagi ayrim nuqsonlarni istisno etadi, muallif fikrini, g‘oyasini oydinlashtiradi. Muharrirlik faoliyati andozaviylikni mutlaqo rad etadi. Zero, tuzatishning har qanday matnga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan qolipi yo‘q. Muharrir tuzatish usulini o‘zi tanlash huquqiga ega, lekin, bu usul to‘g‘ri, asoslangan bo‘lishi lozim, Shuningdek, uni to‘g‘ri qo‘llay bilishi ham kerak.
Tahrir uslubiyatida tuzatishning to‘rt turi farqlanadi. Bular quyidagilar:
a) o‘qib tuzatish; b) qisqartirib tuzatish;
s) ishlov berib tuzatish; d) o‘zgartirib tuzatish.
Musahhih va muharrir o‘qishidagi maqsad alohida, boshqa-boshqadir. Musahhih chop etishga tayyorlangan matnni o‘qish jarayonida uning tahrirdan chiqqan, muallif bilan kelishilgan va tasdiqlangan matniga to‘la mos ekanligiga erishadi. Matnni imloviy, tinish belgilari bilan bog‘liq xatolardan holi qiladi. Ensiklopedik asar matnidagi qisqartmalar va havolalarni bir xildaligi va aniqligini ta’minlaydi. Izohlar matndagi ko‘rsatkichlarga mosligi va hokazolarni to‘g‘riligini tekshiradi, shuningdek, zarur tuzatishlarni amalga oshiradi.
Muharrirning o‘qib tuzatishidan maqsadi matnni sidirg‘a o‘qishdan iborat. Muharrir bu tur o‘qishni amalga oshirganda uning mazmuni, tuzilishi (kompozitsiyasi)dagi, shuningdek, uslubiy xatolarni aniqlaydi. O‘qish jarayonida muharrir geografik nomlar, shaxslar ismi va familiyalari, taHalluslari bir xil berilishi, iqtiboslar, raqamlar, sanalar aniq bo‘lishiga e’tibor qaratadi, uzunlik, miqdor o‘lchamlarining o‘rinliligi va to‘g‘riligini tekshiradi. Shuningdek, sarlavhalarning matn bilan uyg‘unligi, mosligini; tasvirlar osti yozuvlarining rasm, chizmaga mosligini tekshirish ham uning vazifasiga kiradi.
Ayrim hollarda bunday o‘qish tahririyatning malakali va tajribali mutaxassisiga topshiriladi, lekin, u materialni tayyorlagan muharrirning zinhor o‘rnini bosa olmaydi. Uning vazifasi matndagi kamchiliklarni aniqlash, ko‘rsatish, tuzatish emas. Ammo, tabiiyki, aniq ko‘rinib turgan punktuatsion, grammatik, imloviy xatoliklar bundan istisno. Shuning uchun, bunday o‘quvchining malakasi juda yuqori bo‘lgan taqdirda ham mazkur jarayonda yetakchi muharrir ishtirok etadi va muammolarni hal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |