O‘zbek tilida “Ma’naviyat” semali leksik birliklarning semantik tahlili



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/72
Sana08.08.2021
Hajmi0,8 Mb.
#141911
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72
Bog'liq
ozbek tilida manaviyat semali leksik birliklarning semantik tahlili

II. Bob bo„yicha xulosalar

 



64 

 

Ishimizning  ikkinchi  bobi  birinchi  faslida  biz  ―ma‘naviyat‖  semasi  va 



uning  shakllanishida  inson  omili,  ya‘ni  antroposentrik  nazariya  tadqiqiga 

to‗xtaldik. Til tizimiga antroposentrik nazariyaning kirib kelishi tilning ijtimoiy 

hodisa ekanligini yana bir karra isbotladi. Til egasi – til yaratuvchisi va uni idrok 

etuvchi shaxs omilini tadqiq etish, ya‘ni, tilni uni egasi, yaratuvchisi bilan birga 

tadqiq  etish  tilshunoslikda  antroposentrik  nazariyaning    shakllanishiga  olib 

keldi.  ―ma‘naviyat‖  semasi  va  uning  shakllanishi  koinot  gultoji  hisoblangan 

inson ta‘sirida amalga oshadi. Bu esa antroposentrik nazariyaning tub mohiyati 

va asosini tashkil etadi. Biz ishimiz davomida ―ma‘naviyat‖ semasining ma‘no 

mundarijasini va ―ma‘naviyat‖ semasiga ega bo‗lgan birliklarni aniqlabtahlilga 

tortdik.  Tahlil  davomida  ―ma‘naviyat‖  semasiga  ega  bo‗lgan  birliklarni 

muayyaan  integral  va  differensial  belgilariga  ko‗ra  guruhlab,  imkon  qadar 

―ma‘naviyat‖ semasiga ega bo‗lgan birliklarning izohini berishga harakat qildik.  

   ―Ma‘naviyat‖ konsepti nafaqat inson, balki millatning, xalqning yashash tarzi, 

qarashlari,  qadriyatlari,  tarixi,  urf-odatlari,  ichki  ruhiyati  va  boshqa  bir  qator 

mentallik  xususiyatlari  negizida  yuzaga  kelishi,  shakllanishi,  xalqning  ongi, 

tafakkuri  va  qarashlari  o‗sib  borayotgan  sari  uning  qamrovi  va  ko‗lami  ham 

rivojlanib borishiga amin bo‗ldik. 

 

―Ma‘naviyat‖ semasini izohlashda Prezidentimiz I.A.Karimov asarlariga, 



islom  dinining  arkoni  bo‗lgan  hadis  va  oyatlarga,  o‗zbek  adabiyoti  va  o‗zbek 

mumtoz  adabiyoti  vakillari  asarlariga,  Milliliy  istiqlol  va  ma‘naviyat  asoslari 

dasturi  asosida  yaratilgan darsliklarga,  O‗zbek  tilining  izohli lug‗ati, ―Komillik 

kaliti‖,  Ma‘naviyat  asosiy  tushunchalar  izohli  lug‗ati  va  boshqa  mustaqillik 

davridan so‗ng yaratilgan lug‗atlarga tayandik. 

  Mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.Karimov  ma‘naviyat  tushunchasiga 

shunday  ta‘rif  beradi:  ―ma‘naviyat  shunday  qimmatbaho  mevaki,  u  bizning 

qadimiy  va  navqiron  xalqimiz  qalbida  butun  insoniyatning  ulkan  oilasida  o‗z 

mustaqilligini  tushunib  yetish  va  ozodlikni  sevish  bilan  birgalikda  yetilgan. 



65 

 

Ma‘naviyat  insonga  ona  suti,  ota  namunasi,  ajdodlar  o‗giti  bilan  birga  singadi, 



ma‘naviyat o‗z xalqining tarixini uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish 

va  tushunib  yetishga  suyangandagina  qudratli  kuchga  aylanadi.  Tarixga 

murojaat  qilar  ekanmiz,  bu  xalq  xotirasi  ekanligini  nazarda  tutishimiz  kerak. 

Xotirasiz barkamol kishi bo‗lmaganidek, o‗z tarixini bilmagan xalqning kelajagi 

ham bo‗lmaydi.‖ 

         Tarixga  mehr-ehtirom  ko‗zi  ila  qarash,  ulug‗  ajdodlar  yaratgan  adabiy 

meroslarni  asrab  avaylash  o‗z  vatanini,  xalqini  sevish  yuksak  ma‘naviyatli 

odamning amali sanaladi.  

        Atoqli  o‗zbek  pedagog  olimi  Abdulla  Avloniy  vatanga  mehr  qo‗yishni  

quyidagicha  tushuntiradi:  ―Vatan.  Har  bir  kishining  tug‗ilib  o‗sgan  shahar  va 

mamlakatini  shul  kishining  vatani  deyilur.  Har  kim  tug‗ilgan,  o‗sgan  yerini 

jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi tuyg‗usi hayvonlarda ham bor. Agar bir 

hayvon  o‗z  vatanidan,  uyuridan  ayrilsa,  o‗z  yeridagi  kabi  rohat-farog‗atda 

yashamas,maishati  talx  bo‗lib  har  vaqt  dilining  bir  go‗shasida  o‗z  vatanining 

muhabbati  turar.‖

     


Abdulla  Avloniy  ma‘naviyatli  insonning  bir  ko‗rinishi 

sifatida vatanga mehr-muhabbatli insonlarni misol tariqasida keltirib o‗tadi. 

Insonni  inson  qilgan  fazilati  uning  yeb-ichishi,  oila,  bola-chaqali  bo‗lib 

zurriyot  qoldirishida  emas,  balki  shu  bilan  birga  uning  ongli  faoliyati,  mehnat 

qilishi,  moddiy  ne‘matlarni  ishlab  chiqarish,  har  bir  ishni  o‗ylab,  fiktlab,  rejali 

amalga oshirishi, madaniyat va ma‘naviyat sohibi bo‗lganligidir. 

 

Ma‘naviyat  insonning  butun  hayoti  davomid  faoliyatidagi  tajribalari 



asosida shakllanib, rivojlanib, takomillashib boradi. Inson faoliyatining maqsad 

va  yo‗nalishini  aniqlashda  ma‘naviyat  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Inson 

ma‘naviyatsiz  yashay  olmaydi.  Ma‘naviyat  alohida  bir  inson  uchun  emas, 

barcha odamlar, el-xalq, millat va jamiyatning taraqqiyoti uchun ham kerak.  




66 

 

 



Ma‘naviyatimizning  ildizi  ming-minglab  yillar  avvalgi  davrlarga  borib 

taqaladi.  Eramizdan  avvalgi  uch  ming  yilliklarda  dunyoga  kelgan 

zardushtiylarning  muqaddas  kitobi  ―Avesto‖  davrida  ham  inson  ma‘naviyati 

kamolotiga alohida e‘tibor berilgan. ―Avesto‖da odamiylikxislatlari, axloq, odob 

qoidalari  har  bir  inson  uchun  munosib  tarzda  bayon  etilgan.  ―Avesto‖  kitobi 

uzoq  yillar  mobaynida  ma‘naviyat  chashmasi  vazifasini  ado  etib  keldi. 

Zardushtra  ta‘limoti  nafaqat  Sharqda,  balki  G‗arb  davlatlarida  ham  keng 

yoyilgan. 

 

Sharq  faylasuflari  azal-azaldan  ma‘naviyat  sohasiga  alohida  e‘tibor 



qaratganlar.  Jumladan,  Alisher  Navoiy  ma‘naviyatni  ―elning  adabi‖  qabilida 

ta‘riflaydi.  Navoiyning  fikricha,  haqiqiy  boylik  –  ma‘naviy  boylik.  Oltin-

kumush jamlagan odam hali ranj-u mashaqqatdan butunlay forig‗ bo‗la olmaydi. 

Agarda  u  adabli,  ya‘ni  ma‘naviyatli  bo‗lsa  hayotda  unchalik  qoqilmaydi, 

saodatli kunlarga erishadi.  

 

O‗TILda  va  Falsafa  qomusiy  lug‗atida,  Prezidentimiz  I.A.Karimov  



tomonidan  berilgan  bu  izohlardan  va  ma‘naviyat  tushunchasi  yoritilgan 

darsliklardan  shunisi  ma‘lum  bo‗ldiki,  bu  so‗zlar  zamirida  quyidagi  ma‘nolar 

mujassamdir:  insoniyatning  axloqi,  odobi,  qadriyatlari,  qarashlari,  urf-odatlari, 

ma‘rifati,tafakkuri,  aqlan,  jismonan,  qalban,    ruhan,  vijdonan  pok  va  sog‗lom 

bo‗lishi;  insoniy  aqlan,  jismonan,  qalban,    ruhan,  vijdonan  pok  va  sog‗lom 

bo‗lishi;  insoniy  fazilatlarga  ega  bo‗lishi:  mehnatkash,  samimiy,  mehribon, 

diyonatli,  xushmuomila,  vafodor,  iymonli,  e‘tiqodli,  sharm-hayoli,  or-nomusli, 

andishali,

nafsini  jilovlay  oladigan,  halol,  fidoyi,  uquvli,  bilimdon,  xushyor,  irodali, 

adolatli,  dono,  farosatli,  irodali,  didli,  ozoda,  vatanparvar,  rahmdil  va  shu  kabi 

ma‘nolarni  anglatadi.  Bundan  ko‗rinib  turibdiki,  yuqorida  keltirilgan 

ma‘nolarning barchasi ―ma‘naviyat‖ semasini tashkil qiladi. 




67 

 

―Ma‘naviyat‖  semasi  esa  ―inson‖,  ―  ong‖,  ―o‗zbekona‖  ,  ―qadriyat‖, 



―milliylik‖,  ―ruhiyat‖,  ―poklik‖,  ―vijdon‖,  ―qalb‖,  ―mehr‖,  ―iroda‖,  ―kuch‖, 

―g‗urur‖  ,  ―komillik‖,  ―e‘tiqod‖  kabi  sememalardan  iborat  va  bu  sememalar 

inson  ma‘naviyatining  kamoloti  jarayonida  yanada  ortib  borishi  mumkinligi 

diqqatga  sazovordir.  Bunga    esa  tilning  inson  konsepti  nazariyasiga  asoslanib 

tahlil  qilinishi,  qolaversa  o‗zbek  xalqining  milliy  ma‘naviyati yuqori  ekanligini 

o‗z ona tilida aks etganiga bir isbot sifatida qarashimiz mumkin. 




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish