O’simliklarni himoya qilish kafedrasi o’simliklarni biologik himoya qilish



Download 9,16 Mb.
bet40/73
Sana26.03.2022
Hajmi9,16 Mb.
#511220
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
Biologik Darslik UMK

Misol uchun: Tr. pintoi ni uzoq muddatli saqlash uchun eksikatorga 86-104 gr kaliy yoki natriy ishqor tuzidan (KON, NAON) solib, ustidan 171-183 ml suv quyiladi. Bunday idishda trixogramma qog’oz paketchalarda saqlanishi mumkin.
Trixogrammani urchitish ishlarining muvaffaqiyatli kechishi texnologik jarayoniga rioya qilish va mehnatni to’g’ri tashkil etishga bog’liqdir. Biofabrikaning liniyalarida bir yil davomida sakkiztagacha sikl o’tkazish mumkin. Biofabrikaning bir liniyasi 3 ming gektar maydondagi g’o’zani mavsum mobaynida himoya qilish uchun mahsulot etkazib berishi mumkin.
Biolaboratoriya va biofabrikalarda entomofaglarni ko’paytirishda bu hasharotlarning laboratoriyadagi xo’jayinlariga yirtqich kanalar katta zarar etkazadi. Trixogramma xo’jayini-sitotrogaga, asosan baqoloq kana, brakon xo’jayini-mum parvonasini baqaloq kanadan tashqari kanalarning oddiy, yirtqich, uzun oyoqli, tukchali oddiy va bir talay boshqa turlari ham zararlab, ular sonini kamaytirishi mumkin.
Trixogrammani diopauzaga otkazish. Biolaboratoriyada ko’paytirilayotgan trixogramma hayotiy jarayonlarini ta‟minlash va samarali mahsulot etishtirish maqsadida parazit kuz va qish oylarida diapauza xolatiga kiritiladi. Buning uchun 1 ta parazitga 5 ta don kuyasi tuxumi xisobida yopishtirilgan shisha balonlarga trixogramma qo’yib yuboriladi. Zararlanish 1-2 sutka davom ettiriladi. Bunda havo harorati 25°S, namligi 70%, yorug’lik 16 soat bo’lishi kerak. 1-2 sutka o’tganidan so’ng, entomofag don kuyasining tuxumi ichida tuxum shaklida, yoki 1-yoshdagi lichinka shaklida bo’lgan davrda shisha balonlar harorati 10°S bo’lgan qorong’u xonaga qo’yiladi. Bunday sharoitda trixogramma 25-30 kun ichida g’umbak oldi shakliga kiradi. Sitotroganing tuxumi qoraya boshlaydi. Shisha bankalardan trixogramma sidirib olinib 3°S haroratda, 80% namlikda uzoq muddat saqlashga qo’yiladi. Trixogramma 2 oydan erta diapauzadan chiqarilmaydi. Agarda chiqarilsa, u to’liq rivojlana olmay nobud bo’lishi mumkin.
Trixogrammani diapauzadan chiqarish uchun sovuqxonadan olib 25°S li xonaga qo’yiladi. Diapauzadan normal holatda chiqqan trixogramma xo’jayinni topib olishda faol bo’lib, uning pushtdorligi yuqori bo’ladi .
Bahorda biolaboratoriyada trixogrammani ommaviy ko’paytirish maqsadida sovutgichda saqlanayotgan trixogramma tuxumlari 2-3 grammdan olinib, parazitni qayta jonlantirish uchun shisha bankalarga joylanadi. Bu bankalar 25-26°S haroratli 75-80% nisbiy namligi bo’lgan xonalarda saqlanadi. Oradan 3-6 kun o’tgach, zararlangan tuxumlardan trixogramma uchib chiqa boshlaydi. Parazitni qo’shimcha oziqlantirish uchun 20% li qand sharbatidan foydalaniladi.

Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish