7-mavzu: Kartoshka ekinlari zararkunandalarining entomofaglari Kerakli jihozlar:
Rasmli jadval
Hasharotlarning ko’rgazmali namunalari
Tarqatma materiallar
Keyingi 38 yil davomida respublikamiz ko’pchilik hududlarida kartoshkaning kolorado qo’ng’izi keng tarqalganligi tufayli uning mahalliy hammaxo’r tabiiy kushandalaridan yirtqich qandalalar, vizildoq va koksinellid qo’ng’izlari, oltinko’z singari yirtqichlarning ahamiyati oshib bormoqda. Tabiiy kushandalar orasida turlar soni va kolorado qo’ng’izi miqdorini kamaytirish samaradorligi bo’yicha etakchi o„rinni vizildoq qo’ng’izlar egallaydi. Ayniqsa yirik turlardan dasht gulbadani (Calosoma denticolle ), yirik boshli vizildoq (Broscus cephalotes ), qiziloyoq (Carabus cancellatus) zararkunanda qo’ng’iz va lichinkalari bilan; kumushsimon (Pterostichus cupreus ) va ipaksimon (P. sericeus) pterostixlar katta yoshdagi lichinka va G’umbaklar bilan; to’rt dog’li (Bembidion quadrimaculatum ) va yaltiroq (B. lampros) chopqirlar va boshqa mayda turlar kolorado qo’ng’izi tuxumi va birinchi yoshdagi lichinkalari bilan oziqlanadi.
Xonqizi qo’ng’izi va lichinkalari (Coccinellidae) asosan kolorado qo’ng’izi tuxumlari bilan oziqlanib, ular orasida kartoshka dalalarida ettinuqtali (Coccinella septempunctata), O’zgaruvchan (Adonia variegata), o„nuchnuqtali (Hippodamia tredecimpunctata) hamda o’nto’rtnuqtali propileya (Propylaea quatuordesimpunctata) turlari tez-tez va ko’plab uchrab turadi.
Oltinko’zning birinchi va ikkinchi yoshdagi lichinkalari zararkunanda tuxumlari bilan oziqlansa, uning katta yoshdagi lichinkalari zararkunandaning birinchi va o’rta yoshdagi lichinkalarini yo’qotadi.
Yirtqich qandalalar, jumladan ovchi qandalalar oilasidan kulrang ovchi (Nabis palifer ), antokoridlar oilasidan qora orius (Orius neger ), so’qir qandalalar oilasidan dala qandalasi (Lygus pratensis) va boshqalar ham kolorado qo’ng’izi tuxumlari bilan oziqlanadi.
Parazit nematodalar ham ma’lum darajada qiziqish uyg„otadi.
O’zbekistonda kolorado qo’ng’izida aniqlangan nematodalarning ko’pchiligi
Steinemematidae oilasiga mansub Neoapiectana bothynoidera (Kirjanova et Putschkova, 1955) turiga tegishlidir. Bu tur uchun O’zbekistonda qulay sharoit hisoblangan aprel-may oylarida havo nisbiy namligi yuqori bo’lib, harorat +20-
250S atrofida bo’ladi . N. bothynoidera laboratoriya sharoitida kolorado qo’ng’iziga qarshi sinalganda, uning eng yuqori samaradorligi – 96,4% – zararkunandaning 34-yoshdagi lichinkalarida 6-kuni kuzatilgan (Gulyamova, Muminov, Khamraev,
Rustamov, 2001). O’zbekiston Respublikasi FA zoologiya institutining tadqiqotlari (Rustamov va b.) ko’rsatishicha, zararkunandaning tabiiy kushandalari mavsum davomida asta-sekin muntazam ravishda kartoshka dalasiga yig’ila borib, may oyining uchinchi o’n kunligi oxirida zararkunanda populyasiyasini sezilarli darajada kamaytira olishi kuzatildi. Sobiq SSSR da, jumladan, O’zbekistonda kolorado qo’ng’izi vatani hisoblangan AQSH da samarali hisoblangan 3 turdagi tabiiy kushandalar, jumladan, yirtqich qandalalar (perillus va podizuslar) va dorifora pashshasi zararkunandaga qarshi biologik kurashda sinovdan o’tkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |