"AYG’OQCHI" mashqi.
Mashq diqqat va xotirani rivojlantiradi. Bitta ishtirokchi "Ayg’oqchi" bo’ladi va unga xonadan chiqib turish taklif etiladi.
Bu vaqtda xonada qolganlar oralaridan bir bolani tanlashadi. SHundan so’ng "Ayg’oqchi" xonaga kiradi va barcha ishtirokchilarga teskari turadi va tanlangan bolaning tashqi qiyofasi bo’yicha savollar beradi.
Savollar soni 1-3 tagacha bo’lishi mumkin. Savollarga javob olgandan so’ng "Ayg’oqchi" bolalar kimni tanlashganini aytib berishi kerak.
Har bir bola "Ayg’oqchi" rolida bo’lib chiqishi tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |