Oshirish instituti


Turli guruhlarda o’ynaladigan o’yinlar



Download 0,77 Mb.
bet5/95
Sana11.02.2022
Hajmi0,77 Mb.
#442510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Oshirish instituti

Turli guruhlarda o’ynaladigan o’yinlar




Voqeaband o’yinlar

Harakatli o’yinlar

Qurish- yasash o’yinlari

Teatrlashtirilgan o’yinlar

Stol bosma o’yinlar

Ta’limiy o’yinlar

Ilk yosh guruhi






“O’rmondagi yig’ilish”

“Pufak”

“Sehrli quticha”

“Uychada kim yashaydi?”

“Sholg’om”

“nima yo’q bo’ldi”

Kichik guruh




“Shifokor va bemor”

“Chumchuqlar va avtomobil”

“Mashinalar uchun yo’l quramiz„

“Qo’g’irchoqlar mehmonda”

“Mevalar lotosi”

“Ajoyib xaltacha”

O’rta guruh




“Ona echki va bolalari”

“Uchdi-uchdi”
“Ko’zboylag’ich„

“Mashinalar uchun garajlar quramiz„

“Multiklaster ”

“Domino”

“Ovozidan top”

Katta guruh




“Mehmon va mezbon”

“Oq terakmi, ko’k terak”

“Qurilishda”

“ Bu harakatlar kimniki”

“Pazllar yig’amiz”

“Joyiga qo’y”

Maktabga tayyorlov guruhi




“Shifokor va bemor”

“Tez ol, tez sol”

“Uy quramiz”

“Eshit va bajar”

“Joy-joyiga qo’y”

“Bargidan top”


Turli guruhda o’ynaladigan milliy o’yinlar

“Quvlashmachoq”

“Kun va tun”

“Qirq tosh”

“Quvib yet”

“Sapalak”

“Xo’roz jangi”







“Nishonga ol”

“To’p uchun kurash”

“Lafta─lafta”

“Ko’prik va mushuk”

“Kurash”

“G’ozlar─g’ozlar”







“Tortishmachoq”

“Besh tosh”

“Supur- supur”

“Oq terakmi,ko’k terak”

“Cho’loq qarg’a”

“Bekinmachoq”







“Chir aylanma ”

“Yong’oq o’yini”

“Kim oladi”

“Chillak”

“Yomg’ir yog’oloq”

“Danak yashirish”







”Arqon tortish”

”Ko’z boylash”

“Suv to’kilmasin”

“Oshkadi momo”

”Qo’lingni ber”

“Boshdan do’ppini olish”

Yosh avlodni har tomonlama kamol topgan, yetuk, jismoniy sog’lom, baquvvat qilib tarbiyalash hozirgi davrimizning eng muhim vazifalaridan biridir. Shunday ekan, kelajagimiz bo’lmish bolaning ilk yoshlik chog’idan boshlab ularning o’sishi va tarbiyasi bilan jiddiy shug’unlanish ta’lim –tarbiya usuli va vositalaridan unumli foydalanish joizdir.


Tarbiya vositalari haqida gapirar ekanmiz, bolalar uchun eng sevimli va quvonchli vosita bo’lgan o’yinning o’rni beqiyosdir.
Milliy o’yinlar bolalarning kuch va qobiliyatlarini o’stiradi, ularni hayotga tayyorlaydi. Xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari kabi milliy harakatli o’yinlar ham uzoq tarix osha bizgacha yetib kelgan. Milliy o’yinlar orqali bolaning nutqi o’sadi, aqliy qobiliyati rivojlanadi, jismonan epchil va baquvvat bo’lib o’sishi ta’minladi. O’zbek milliy o’yinlari bolalarni iymonli, e’tiqodli, aqliy barkamol, sog’lom qilib tarbiyalashda yordam beradi.
Xalq o’yinlari bolalarning estetik didini oshiradi, odobli, ahloqli qilib tarbiyalaydi. Ularning til boyligini, eslash qobiliyatini, ongini rivojlantiradi. Bolalar chek tanlash, sanash, qo’shiq, she’r aytish orqali chaqqon va ziyrak bo’lib o’sadi. O’zbekistonda tiklangan azaliy o’yinlar nafaqat mamlakat, balki boshqa davlatdan kelgan mutaxassislarni ham o’ziga maftun qilgan. 1996-yil Tayland poytaxti Bonkokda bo’lib o’tgan butun dunyo xalq o’yinlari festivalida O’zbekiston delegatsiyasining qatnashishi, o’zbek xalq o’yinlarining “Jahon milliy o’yinlari” guldastasida o’zining munosib o’rin olishida imkon yaratdi.
O’zbek xalqi hayotida “Kurash”, “Uloq” kabi xalqaro darajaga chiqadigan o’yinlar kam emas. Ularni chuqurroq o’rganishimiz va kichkintoylar orasida targ’ib qilishimiz zurur. Bu borada xalq o’yinlarini (ko’plab turlariga bag’ishlangan olimpiyada, festival, bayramlar) o’tkazish bilan bir qatorda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga milliy qadriyatlarimizni o’rgatib borishimiz lozim.
Xalq o’yinlarini sport amaliyotida qo’llash imkoniyatlari. Ma’lumki, yosh bolalarning sport bilan muntazam shug’unlantirishga jalb qilish tanlov asosida olib boriladi. Tanlov dasturining talablari bolaning bo’yi, og’irligi, gavdasini tuzilishi – qomati kabi belgilarni aniqlash va ularga baho berishdan iborat. Bundan tashqari tanlov psixologik va jismoniy qobliyatlarni sinash vositalari yordamida qilinadi. Mazkur sport natijalari u yoki bu sport turiga mos kelsa, bolani shu sport to’garagiga qabul qilish maqsadga muvofiq deb topiladi. Bu masalaga to’g’ri yondashish demakdir.
Milliy harakatli o’yinlarni mashg’ulotlar davomida qo’llash bolalarda katta qiziqish uyg’otadi, ularni kayfiyati va boshqa ruhiy sifatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Milliy o’yinlarning mazmuni, mohiyati va maqsadga oid tasnifi. Tarixmizdan meros bo’lib qolgan o’zbek xalq milliy o’yinlari hayotga tadbiq etishga kengroq yo’l ochib berilishi, uni ommaviy tus oldirlishi, oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, dam olish joylarida, har xil marosim va bayramlarda uni tashkillashtirish o’sib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etish muqarrardir. Milliy xalq o’yinlari qadim-qadim zamonlardan boshlab xalq marosimlarida, urf-odatlarda, mustaqil bir soha sifatida musobaqalarda, baxslarda keng qo’llangan bo’lib,ming yillar davomida rivojlanib, takomillashib kelgan. Milliy xalq o’yinlari ming yillar davomida bizgacha yetib kelgan. O’zbek milliy xalq o’yinlari “Otda chopish”, “Qiz quvlash”, “Uloq”, “Kamonda otish”, “Xo’roz jangi”, “Besh tosh”, “Sapalak”, “Jambalak xola”, “Kurash”, “Kim tez o’raydi”, “Chillak” kabi va boshqa o’yinlar orqali botirlik, epchillik, muvozanatni saqlash sifatlarini rivojlantirishda, hamda qaddi qomatni shakllantirish, ahloq-odob, ong, xotira, diqqat kabi xislatlarni sayqal toptirishda va albatta, sog’liqni mustahkamlashda eng samarali vosita bo’lib kelgan.
Xalq milliy o’yinlari, jumladan, o’zbek milliy o’yinlari barcha xalq elatlari kashfiyotlari kabi (musiqa, kulolchilik, gilam to’qish asboblari, ashula va raqs va boshqalar) insoniyat tarixining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida taraqqiy etgan o’ziga xos etno va filoontogenetik xususiyatlari asosida ixtiro qilingan va shakllanib kelgan.
O’zbek xalq o’yinlari o’ziga xos urf-odatlardan, turmush sharaotlaridan, yashash iqlimi, tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo’lib, shularga yarasha jinsiga, yoshiga, salomatligiga ko’ra qo’llangan, lekin shu vaqtgacha aksariyat mutaxassislar o’zbek xalq o’yinlariga alohida tasnif (klassifikatsiya) va tavsif (xarakteristika) berishni ko’zda tutmaganlar yoki yetarli darajada ahamiyat bermaganlar.
Ta’kidlash joizki, agar shunday tasnif va tavsif berilsa, o’zbek xalq o’yinlari va umuman xarakatli o’yinlar ancha yutiqqa ega bo’lgan bo’lar edi. Chunki har bir o’yinni tasnifini va tavsifini bilgan holdagina undan foydalanish zaruriyati ham, joyi ham to’g’ri belgilanadi.
Ma’lumki, o’zbek xalq o’yinlari o’z ichiga harakat jihatidan har xil jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarni qamrab olgan. Shu bois ularni yo’nallishlari bo’yicha ajrata bilish zarur deb topiladi. Demak, ularni tasniflash (klassifikasiyalash) katta ahamiyatga ega.
O’zbek xalq o’yinlari klassifikatsiyasi.

Hayotiy zarur harakat malakalarini shakllantiruvchi o’yinlar: osilish va osilib chiqish: “Maymunchalar”, “Oq ayiqlar”; yurish, yugirish: “Quvlashmachoq”, “Mokki”; “O’tirish-turish”, “Baqa”, “Tovuq va tulkilar”, “To’xtash-sakrash”, “Qarmoqcha”.


Jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi o’yinlar: kuch:“Tortishmachoq”; tezkorlik: “Kun va tun”; epchillik: “To’p uchun kurash”, “Lapta”, “Qirq tosh”, “Besh tosh”; chidamkorlik: “Quvib yet”; egiluvchanlik: “Ko’prik va mushuk”, “Kurash”, “Sapalak”, “Xo’roz jangi”.
Aqliy–ruhiy qobiliyatlari rivojlantiruvchi o’yinlar: diqqat: “Ta’qiqlangan harakat”; xotira “Daqiqa”; hissiyot: “To’xta”; tafakkur: “Shaxmat”; ayyorlik “Mandan zo’r”; jasurlik “Cho’nqa shuvoq ”.
Uy-ro’zg’or ishlariga xos harakat malakalarini shakllantiruvchi o’yinlar: “Supur- supur”, “Qovun uzatish”.
Kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi o’yinlar: “Burgut va burgutchalar”, “Otishma”.
Nutq va talaffuzni shakllantiruvchi o’yinlar: “Kim oladi”, “Oq terakmi, ko’k terak”, “Paxmoq kuchuk”, “Jamalak sochli xola”.
Hisob-kitob va tadbirkorlik qobiliyatlarini shakllantiruvchi o’yinlar: “Besh tosh”, “Lyanka”, “Qirq tosh”.
Yilning turli fasllarida qo’llanadigan o’yinlar: “Varrak”, “Yomg’ir yog’aloq”, “Chillak”, “Topishmoq top”, “Lyanka”, “Tez ayt”, “Yong’oq”.
Kunduz va tunda o’tkaziladigan o’yinlar : “Oq suyak”, “Cho’loq qarg’a”.
Suvda o’tkaziladigan o’yinlar: “Suvda quvlashmachoq ” , “Tez suzish”, “Suv ostida suzish”.
Turli yoshda va kattalar o’rtasida o’tkaziladigan o’yinlar: “Quvlashmachoq”, “Bekinmachoq”, “Bayroqcha uchun kurash”, “Kun va tun”, “Oq terakmi, ko’k terak”, “Yong’oq o’yini”.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish