Oshirish instituti


Yirik motorikani rivojlantirich bo’limi qaysi talablarni o’z ichiga oladi?



Download 0,77 Mb.
bet4/95
Sana11.02.2022
Hajmi0,77 Mb.
#442510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Oshirish instituti

4. Yirik motorikani rivojlantirich bo’limi qaysi talablarni o’z ichiga oladi?
A. Bola o’z tanasini boshqara oladi.
B. Bola o’zining tana a’zolarini boshqara oladi.
C. Bola bir yo’nalishda maqsadli harakatlana oladi.
D. Yurish,yugurish,emaklash,tirmashib chiqish,dumalatish,irg’itish va ilib olish
5. 2 – 3 yoshli bola balandligi qanday bo’lgan taxtalar ustidan yurib o’tadi?
A. 10 – 15 sm
B. 15 – 20 sm
C. 20 – 25 sm
D. 5 – 10 sm

1

2

3

4

5

A

B

A

D

C

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI :



  1. “Bolajon” dasturi. T., 2010 yil.

  2. Usmonxujaev T. “Sog’lom bola – el boyligi”. T., “Yangi asr avlodi” nashriyoti-2005 yil.

  3. Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablari T., 2013 yil.

4.D.Sharipova, M.Toirova, S.Muxamedova “Agar bolam sog’lom bo’lsin desangiz” Toshkent “Ilm Ziyo” -2006 yil
5.K.Maxkamjonov “Farzanding sog’lom bo’lishini istasang ” T: O’zDAVJTI 1995 yil

3.3.1 Mavzu:Harakatli o’yinlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi


(4 amaliy soat)

Reja:




  1. Harakatli o’yinlarning kompleks ta’lim-tarbiya jarayoni.

2.Harakatli o’yinlar nazariyasi va metodikasining yaratilishi
3. Bolalarning kuch va qobiliyatlarini o’stirishda milliy o’yinlar.



Mavzu:

Harakatli o’yinlarni tashkil etish va otkazish metodikasi



Maqsad, vazifalar:

Harakatli o’yinlar muhim ahamiyatga ega bo’lgan kompleks ta’lim-tarbiya jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishga, harakat ko’nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuyg’ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari va metodlaridan biri sifatida yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni samarali hal etishga yordam beradi.



O‘quv jarayon mazmuni:

1.Harakatli o’yinlarning kompleks ta’lim-tarbiya jarayoni.
2.Harakatli o’yinlar nazariyasi va metodikasining yaratilishi
3. Bolalarning kuch va qobiliyatlarini o’stirishda milliy o’yinlar.



O‘quv jarayondan kutiladigan natija:

Harakatli o’yinlarni o’tkazishda erishiladigan sog’lomlashtirish samarasi bolalarning o’yin faoliyati jarayonida yuzaga keladigan va bola psixikasiga yaxshi ta’sir etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bog’liqdir. Emotsional ko’tarinkilik bolalarda barcha uchun umumiy bo’lgan maqsadga erishishga intilish uyg’otadi va u vazifalarni aniq tushunishda, harakatlarning o’zaro mosligida, fazoda va o’yin sharoitlarida aniq mo’ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan sur’atda bajarilishida ifodalanadi. Bolalarning maqsadga erishishga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida turli to’siqlarni yengib o’tishga yordam beruvchi irodaning roli oshadi.



O‘quv jarayon turi:

Amaliy mashg‘ulot

O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi:

Shakl: guruhlarda ishlash
Metod: guruhlarda ishlash metodi
Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma.
Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot.
Nazorat: Savollar va javoblar.
Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh ishini baholash.

O‘quv jarayon bosqichlari va taqsimoti:

I. Tashkiliy qism – 5 minut.
II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut.
III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut.
Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa
IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster va Venn diagrammasi” - 30 daqiqa
V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut.
IV. Darsga yakun yasash – 5 minut.

Kutiladigan natijalar:

O‘qituvchi

Tinglovchi

Yangi nazariy bilimlar beradi.
Dars jarayonini maqsadli va oqilona boshqaradi.
Tinlovchilarga dars maqsadi, o‘qitishning kutilayotgan natijalari, darsni rejalashtirishda tizimli yondashuv, o‘qitishning kutilayotgan natijalari tavsifi haqida tushuntiradi..
Tingnlovchilarni kichik guruhlarga bo‘ladi va topshiriq bilan tanishtiradi.
Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumot to‘plashga yo‘naltiradi.
Tinglovchilarga samarali maqsad mezonlari asosida tuzilgan maqsadlarni tahlil qilishni kichik guruhlarda ishlash metodi orqali bajarishadi.
Bolalar jismoniy tarbiyaning asosiy mazmunini muntazam ravishda bajarishlari uchun turli usuldagi mashqlar mavjudligi tushuntiriladi.

Yangi nazariy bilimlar olishadi.
Axborot izlash, to‘plash va foydalanish ko‘nikmalari shakllanadi.
Tinglovchilar dars maqsadi, o‘qitishning kutilayotgan natijalari, darsni rejalashtirishda tizimli yondashuv, o‘qitishning kutilayotgan natijalari tavsifi haqida bilib oladilar.
Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini baholaydi hamda o‘zgalar faoliyatini tahlil qiladi.
Yakka tartibda va kichik guruhda ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.
Olingan bilimlarni tizimli bayon etadi.
Ular asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib olish, emaklash, sirpanish); oyoq va tana uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar (turli buyumlar yordamida va ularsiz) raqs mashqlari, saflanish va qayta saflanish, harakatli o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining muhim xususiyatlarini egallash, sport mashqlari, rolikli konkida sayr qilish, velosipedda yurish, suzish va boshqalardan tashkil etishi haqida tushunchalar oladi.

Kelgusi rejalar(tahlil, o‘zgarishlar):

O‘quv jarayonini tahlil qiladi;
Mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ladi;
Pedagogik mahoratini oshirib boradi.

O‘quv jarayoni yuzasidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradilar.
Harakatli o‘yin usullaridan o‘rganib kelish;
O‘quv jarayoni yuzasidan qo‘shimcha takliflar bildiradi

I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa
A) Salomlashish.
B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish do‘stona kelishuv o‘rnatish.
II-bosqich: Mavzuga doir tinglovchilarning bilimini aniqlash- 15 minut.
Mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi , maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish
III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash uchun savollar:


Bola oddiygina narsalardan turli xil o’yinlar o’ylab topib, hammadan ko’ra yaxshiroq o’ynaydi. Uning hayolida yog’och bo’lagi yoki choynakning singan qopqog’i ertakdagi uy yoki mo’jazgina qo’lcha qiyofasida aks etishi mumkin.
Masaru Ibuka

Harakatli o’yinlar muhim ahamiyatga ega bo’lgan kompleks ta’lim-tarbiya jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishga, harakat ko’nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuyg’ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari va metodlaridan biri sifatida yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni samarali hal etishga yordam beradi.


Harakatli o’yinlarni o’tkazishda erishiladigan sog’lomlashtirish samarasi bolalarning o’yin faoliyati jarayonida yuzaga keladigan va bola psixikasiga yaxshi ta’sir etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bog’liqdir. Emotsional ko’tarinkilik bolalarda barcha uchun umumiy bo’lgan maqsadga erishishga intilish uyg’otada va u vazifalarni aniq tushunishda, harakatlarning o’zaro mosligida, fazoda va o’yin sharoitlarida aniq mo’ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan sur’atda bajarilishida ifodalanadi. Bolalarning maqsadga erishishga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida turli to’siqlarni yengib o’tishga yordam beruvchi irodaning roli oshadi.
Harakatli o’yinlar bolalar tomonidan avval egallangan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodi bo’lib xizmat qiladi. O’yin jarayonida bola o’z e’tiborini harakatni bajarish usuliga emas, balki maqsadga erishishga qaratadi. U o’yin shartlariga muvofiq harakat qiladi, bunda chaqqonlik ko’rsatadi va shu asnoda harakatlarni takomillashtiradi. Shuning uchun, masalan, «Bo’ri jarlikda» o’yini bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrashni bilib olganlaridan keyin beriladi.
Harakat faoliyati sifatida harakatli o’yin muayyan maxsus xususiyatlarga ega: u boladan signal va o’yinda to’satdan bo’ladigan o’zgarishlarga tezda javob berishni talab qiladi. O’yinda yuz beradigan turli vaziyatlar, harakatlar muskul tarangligi darajasining o’zgarishi zaruratini keltirib chiqaradi. Masalan «Tuzoq» o’yinida har bir bola boshlovchi harakatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim: boshlovchi unga yaqinlashganda qarama-qarshi tomonga shitob bilan qochib o’tadi; o’zini xavfsiz sezgach, sekin harakat qilib, to’xtab turadi; boshlovchi yaqinlashganda yana harakatini tezlashtiradi.
Deyarli har bir harakatli o’yinda harakatlar va bolalar harakatiga oid signallar mavjud. Bunday aktiv harakat faoliyati boladagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarini takomillashtirgan va muvozanatlashtirgan holda nerv tizimini mashq qildiradi, shuningdek kuzatuvchanlik, topqirlik, o’zgaruvchan atrof-muhitda mo’ljal olish qobiliyati, yuz bergan mushkul holatdan qutilish yo’lini topish, tezda qaror qabul qilish va uni amalga oshirish, botirlik, chaqqonlik, tashabbus ko’rsatish, maqsadga erishishning mustaqil usulini tanlashni tarbiyalaydi.
Harakatli o’yinlar nazariyasi va metodikasining yaratilishi. Harakatli o’yinlarning kelib chiqishi qadim xalq pedagogikasiga borib taqaladi. Ilk yoshli bolalar oilalarda bolaning dastlabki harakati bilan bog’liq ovunmachoqlar, ermak o’yinlar yordamida tarbiyalanganlar. Undan kattaroq yoshdagi bolalar hayotida rang-barang harakat mazmuniga ega bo’lgan (o’z ichiga bolalarni rom qiluvchi o’yin boshlanmalari, xirgoyilari, sanashmachoqlarni oluvchi) xalq o’yinlari katta o’rin olgan. Bularning hammasi hozirga qadar badiiy jozibadorligini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda va qimmatli o’yin folklorini tashkil etadi.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishida o’yin asosiy faoliyat turi bo’lib hisoblanadi. Bola yoshligida qanchalik ko’p o’ynasa, bu uning maktabda yaxshi o’qishiga va keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’yin bu - bola faoliyatining yorqin turi, o’yin jarayonida uning irodasi, hissiyoti, ehtiyoji, qiziqishlari, ta’sirchanligi, ya’ni butun shaxsiyati shakllanadi.
O’yin – buyumli va ijtimoiy voqelikdagi harakat qilish va uni anglashga qaratilgan jarayondir. Kichik yoshdagi bolalarga asosiy buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar bo’lsa, bola katta bo’lgan sari o’yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirishga xizmat qiladi. Qadimdan o’zbek xalqi bolalariga turli xalq o’yinlarni o’ynatib, o’rgatib kelganlar va o’yinlar orqali uddaburonlik, chaqqonlik, topqirlik, mehr-shafqatlilik kabi fazilatlarni tarkib toptirib, mehnatga o’rgatib borganlar. O’yin nazariyasi ijtimoiy faoliyat hisoblanib, mehnatning tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo’ladi. O’yin doimo hayotni aks ettiradi, shuning uchun uning mazmuni ijtimoiy voqelikda o’zgarib turadi. O’yin maqsadga qaratilgan, o’ylangan ijodga yo’naltirilgan jarayondir. Shunga ko’ra ham ko’p o’ynagan bolalar keyingi faoliyatlarga o’tishga va mehnatga tayyorlanib turadilar.
Harakatli o’yinlar mazmunida bola dunyoqarashini kengaytiruvchi va tasavvurini aniqlashtiruvchi ko’plab bilish materiali mavjud. Syujetli o’yinlar tematikasini odamlar hayoti, tabiat hodisalari, hayvonlar odatlariga oid ayrim epizodlar tashkil etadi. Bularning hammasi bolalar tomonidan o’ziga xos shartli o’yin tarzida aks ettiriladi («Sayohatchilar», «Uchuvchilar», «G’ozlar-oqqushlar», «Lochin va tovuq» va boshqalar).
Biroq bola tashqi dunyoni to’g’ri idrok qilishi uchun (o’yinning barcha shartlariga rioya qilgan holda) obrazning to’g’ri xarakteristikasi va haqqoniy o’yin vaziyati zarur. Bu pedagog tomonidan o’yinni tushuntirishda emotsional tarzda bayon etiladi. Xalq o’yinlari buning ajoyib namunasi hisoblanadi. Ulardagi o’yin vaziyati bolani qiziqtiradi va tarbiyalaydi, ba’zi o’yinlarda uchraydigan dialoglar, personajlar va ular harakatlarini bevosita xarakterlaydi («Lochin va kurk tovuq», «G’ozlar-oqqushlar» va boshqalar). Syujetga ega bo’lmagan va faqat muayyan o’yin topshiriqlar shu tariqa tuzilgan o’yinlarda ham bolaning sensor qobiliyatini, tafakkurini, mo’ljal olishini rivojlantirishga yordam beruvchi ko’plab bilish materiallari mavjud («Kim o’zar», «To’p otish» va hokazo).
Qoidalar katta tarbiyaviy ahamiyatga molik. Ular o’yinning borishini belgilaydi, bolalar harakat faoliyatini, ularning hatti-harakati, o’zaro munosabatlarini yo’lga soladi, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Qoida o’yinda muayyan sharoit yaratadi. Bunday o’yinda bola o’zida hosil qilingan sifatlarni namoyon qilmasdan turolmaydi. Masalan, bolalar «Ayyor tulki» o’yinida faqat tulki: «Men shu erdaman,»- deganidan so’nggina doiradan chiqib, turli tomonlarga qochishlari mumkin. Bu qoida bolalarda diqqatni, o’zini tuta bilishni, chidamlilikni, berilgan signalga tezkor reaksiyani, fazoda mo’ljal olish ko’nikmalarini hosil qiladi.
Qoidalarni og’ishmay bajarishni talab qilish maqsadga erishishdagi egoistik emotsiyalar va kayfiyatni ko’tarishga yordam beradi. «Qoida bola xatti-harakatini boshqaradigan va yo’naltiradigan birinchi talab hisoblanadi. O’yinlarda teran hissiyot, o’rtoqlik va mehr-muhabbatning dastlabki nishonalari paydo bo’ladi».
Dastlab bolalar o’yin vazifalarini tezroq bajarish payida bo’lib, qoidalarni unutib qo’yadilar, bundan tashqari yutuqqa eng oson yo’l bilan erishishga intilish ham qoidani buzishga sabab bo’ladi. Bu o’z navbatida o’yinchilarda norozilik uyg’otadi, ziddiyat tug’diradi va bolalar o’rtasidagi munosabatni yomonlashtiradi.
Har bir bolaning o’yin qoidasini anglashi va unga rioya qilishida kattalarning talabi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Asta-sekin tarbiyaviy ta’sir qilish tufayli bolalarning o’yin jarayoniga munosabati o’zgara boshlaydi, o’yin harakatlari va qoidalarini birmuncha aniq bajarishga qiziqish va intilish paydo bo’ladi. O’yin qoidalarini bajarmaslik sabablari ham o’zgaradi. Endi bolalar ularni atayin emas, tasodifan buzadilar. Biroq shu zahoti yo’l qo’yilgan xatoni tuzatishga harakat qiladigan bo’ladilar.
Bolalarni qoidalarning ijtimoiy ahamiyatini anglashga chidam bilan tayyorlaydigan tarbiyachi rahbarligida ular halollik, adolatlilik, do’stlik, botirlik, o’zini tuta bilish, qat’iyatlilik, irodalilik kabi yaxshi sifatlarni shakllantirishning samarali vositasiga aylanadi. «Bola tomonidan asta-sekin o’zlashtiriladigan bunday hayotiy, muhim axloqiy sifatlar bola shaxsining ichki ma’naviy mulkiga aylanadi». Bularning hammasi qoidali, harakatli o’yinlarni bolalarni axloqiy tarbiyalashning ta’sirchan vositalaridan biri sifatida belgilashga asos bo’lib xizmat qiladi.
O’yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, mavjud tafakkur, tushuncha va mo’ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi; o’yinlar ijodiy xayol, xotira, topqirlik, fikr yuritish aktivligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib, harakatli o’yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi.
Bolalarning psixik jarayonlarini takomillashtirishda obrazli, emotsional holatlar katta ahamiyat kasb etadi, u bolalarda qiziqish uyg’otadi, xayolni jalb etadi, o’yin harakatlarini ijodiy bajarishga undaydi.
O’yinda fazoni idrok etish o’zining asosiy formalarida namoyon bo’ladi: bevosita; hissiy bilish — sensor (hissiy-obrazli) va bilvosita (mantiqiy tafakkur, tushuncha). Masalan, bola tomonidan harakat yo’nalishini mustaqil tanlash va harakatni o’yin qoidasida qat’iy belgilangan yo’nalishda bajarish bir tomondan o’yin vaziyatini (bevosita idrok qilinadigan) va ko’rish-motor reaksiyasini (o’yin harakatlarini) darhol baholashni, ikkinchi tomondan o’z harakatlarini fazo o’yin muhitida anglash va tasavvur qilish hamda o’sha ko’rish-motor reaksiyasini namoyon etishni talab qiladi. Harakatli o’yinda bu ikki komponent o’zaro harakatda bo’ladi. Pedagog tomonidan ishlab chiqilgan o’yin qoidalari bola harakati uchun fazoda oldindan mo’ljal olishning zarur imkoniyatini yaratadi; ayni paytda o’yin vaziyatidagi to’satdan bo’ladigan o’zgarishlar (boshlovchi harakati yoki signallar bilan bog’liq ravishda) harakatlanishni buzadi va juda murakkab — bolalarning tezkor reaksiyasi hamda fazoda mo’ljal olishini talab qiladi («Ikki ayoz», «Sehrli tayoqcha», «Jasur bolalar», «Maymunlar va ovchilar» va hokazo o’yinlar). Bunday reaksiya boladagi o’z faoliyati va harakatlarini muayyan muhitga moslash qobiliyatining rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Bunda bolaga tarbiyachi yordam berishi lozim. Bunda tarbiyachi bolani asta-sekin o’yin vaziyati va qo’yilgan vazifaga erishish zaruratini hisobga olgan holda birmuncha muvaffaqiyatli harakat usulini topishga o’rgatadi. Masalan, aynan bir o’yinni katta va cheklangan fazoda o’tkazganda bola boshlovchidan tez va uzoqqa qochish usulidan foydalanadi yoki unga yaqin joyda turib chaqqonlik va abjirlik ko’rsatadi («Tuzoq», «Ayyor tulki» va hokazo).
Atrof-muhitda mo’ljal olishga o’yin vazifasini bajarish yo’lida atayin yaratilgan to’siqlar ham yordam beradi («Chambarakdan o’tib bayroqcha tomon yugurish», «Bo’ri jarlikda», «Jasur bolalar» va hokazo). Bu bolalarda ma’qul harakat usulini masofani yetarlicha rivojlangan ko’z bilan baholash va harakatlarni bajarish vaqtini hisobga olishga tayangan holda mustaqil tanlash qobiliyatini hosil qiladi.
Harakatli o’yinlar bolalarda oddiy vaqt mo’ljalini shakllantiradi.Ular quyidagilarda ifodalanadi: o’yin harakatlarining izchilligini tushunib olishda — avval, so’ng, bundan keyin, bundan oldin, barini bir vaqtda va hokazo kabi o’yin topshiriqlarini signalga ko’ra, bolalar uchun belgilangan muddat doirasida tez bajarishda, masalan, «Men beshgacha sanagunimcha siz bayroqchalardan birorta naqsh yasashingiz kerak», «Kim bubenga uch marta urguncha saflana oladi?» va boshqalar. Bu o’yinlarda bola fazoda mo’ljal olishni, harakatlar izchilligiga va ularga vaqt davomida amal qilishni mashq qiladi.
O’yinlar mazmunini, butun o’yin vaziyatini, uning qoidalarini, personajlar harakati mustaqil tushuntirish; bolalarning joylashish o’rnini, o’yin atributlarini va harakat yo’nalishlarini fazoviy terminlarni ishlatgan holda ko’rsatish; o’tkazilgan o’yinga baxo berish bolalarning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Musiqa bolaga juda katta estetik ta’sir ko’rsatadi: u bolalarni ruhlantiradi, ularni umumiy bir kayfiyatga birlashtiradi, chiroyliroq harakat qilishga undaydi. Musiqani harakatli o’yinlarda qo’llash, avvalo, uning estetik tarbiyaviy rolini oqlashi lozim. Bunda bolalarning musiqa asarlari xarakteri va formasiga muvofiq harakat qilishlari muhimdir. Shuni hisobga olib, musiqani o’yinning faqat ayrim qismlariga joriy etish lozim. Masalan, «Quvlashmachoq» o’yinida barcha bolalar dastlab o’z harakatlarini musiqaga moslagan holda osongina tarqab chopib ketishlari mumkin. Musiqa asarining oxiri va shu bilan bog’liq ravishda uning tinishi quvlash harakatining boshlanishi uchun o’ziga xos signal bo’lib xizmat qiladi (buni maqsadga muvofiq hol deb hisoblash kerak, chunki bolalar ushlab olish vaqtida musiqani idrok qilmaydilar). Agar o’yin chog’ida «Ushla» degan og’zaki signal berilsa, bunday paytda harakat musiqaning tinishiga aniq mos kelishi lozim.
Harakatli o’yinlarni o’tkazishda harakatlar go’zalligi va madaniyatini unutmaslik: diqqatni harakatlari birmuncha ifodali bolalarga qaratish, obrazni muvaffaqiyatli bera olganlarni rag’batlantirish kerak.
Shunday qilib, harakatli o’yinlarda mujassamlashgan emotsional sog’lomlashtirish, bilish va tarbiyaviy komponentlarning butun kompleksidan foydalanish bolalarni har tomonlama tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish