Tayyorlov guruhidagi bolalarga har bir o’simlik alohida parvarishni (biriga suv ko’proq kerak, boshqasiga kamroq, biriquyoshni sevadi, boshqasi soyani) talab qilishini ongli xolda tushunib parvarish qilishlariga o’rgatib boriladi.
Shuningdek bargini changlardan artib turadigan yoki suvni purkagich bilan sepib barglari tozalanadigan gullarni ham parvarish qilishini va yuqoridagi usullar bilan tozalash malakasini egallab olishlari kerak.
Bu yoshdagi bolalar 10-12 xona o’simliklarining nomini (binafsha, pechak gul, kaktus, yorongul va b.), ularning tuproq usti va tuproq osti qismlarini, har birining yashash joyi va jarayonini, parvarish qilishning o’ziga hos tomonlarini, o’simliklarni ko’paytirish usullarini (shoxidan, urug’idan o’sib chiqqan bolachasidan), har birini yashash sharoitiga qarab joyini o’zgartirib turish kerakligini (ko’proq yorug’lik sevuvchini yorug’roq joyga ko’chirish va h. k. ) bilishlari kerak.
Tarbiyachi bu yoshdagi bolalarda o’simliklarga nisbatan qiziqish va muxabbatni, o’simliklarni uzoq vaqt kuzatib borish va parvarish qilish, o’simlikni yanada yaxshi rivojlanishi uchun zarur sharoitni yaratish xohishini tarbiyalash kerak.
Bu yoshdagi bolalar o’simliklarni parvarish qilish bo’yicha quyidagi mehnat turlarini bajarishlari lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |