284
Fond birjasining ta’sischilari bo‘lib qimmatli qog‘ozlar bilan
ishlash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar
bo‘lishi mumkin. Davlat organlari xodimlari, sud, prokuratura
xodimlari, birja ta’sischilari va a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Hozirgi vaqtda dunyoda 200 dan ortiq fond birjasi faoliyat ko‘rsat-
moqda. O‘zbekistonda yagona «Òoshkent» fond birjasi mavjud.
Fond birjasi ustav fondlarida cheklashlar bor, ya’ni fond birjasi
bajarayotgan operatsiya hajmi ustav
fondidan ortib ketmasligi
kerak. Fond birjasi savdoni o‘tkazish qoidalarini o‘zi ishlab
chiqadi.
Fond birjasining moliyaviy faoliyati quyidagicha:
aksiyalar sotuvidan foiz daromadlari;
brokerlik joylarini sotishdan tushgan daromad;
a’zolik badallaridan tushgan daromad;
birja savdosini rasmiylashtirishdan tushgan daromad;
birja yig‘imlari va ma’lumotlarni sotishdan tushgan daro-
mad;
birja ustavida ko‘rsatilgan har xil ishlarni qilishdan keladigan
daromad.
Mablag‘larni joylashtirishning samarali yo‘llarini qidirish va
qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga
oshirishda korxonalar
vositachilarga murojaat qiladilar. Fond birjalari tovar birjalarining
fond bo‘limlari, investitsion institutlar, banklar vositachi bo‘lib
maydonga chiqishlari mumkin.
Zamonaviy birjalarda dallollar kamdan kam hollarda yolg‘iz
ish olib boradilar. Ular brokerlik, dilerlik ishlarini amalga oshira-
digan kuchli firmalarga birlashadilar. Hozir jahonda 60 dan ortiq
mamlakatlarda 200 ga yaqin fond birjalari bor. Shulardan 15 tasi,
jumladan, 5 tasi Kanada birjasi, 100 dan ortig‘i Yevropada, 20 tasi
Janubiy Amerikadadir. Afrika, Osiyo, Avstraliyada ham birjalar
bor. 30 dan ortiqroq birja Parijda joylashgan va qimmatli qog‘ozlar
strukturasini muvofiqlashtirib, aksiyadorlarning teng huquqlarini
ta’minlash bilan shug‘ullanadigan Fond birjalari xalqaro fede-
ratsiyasi (FBXF)ga kiradi. FBXF qo‘mitalarining yillik kengash-
larida qonunchilik va qimmatli qog‘ozlar savdosini tartibga
solish, iqtisodiy siyosatning fondlar bozoriga ta’siri, birja ish
texnikasi va texnologiyasini rivojlantirish singari masalalar ko‘rib
chiqiladi.
285
Fond birjasi faoliyatining ayni muddaosi qimmatli qog‘ozlar
bilan bo‘ladigan ishlarni bitkazishdir.
Fond birjalarida savdo
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
birjada qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdini faqat vositachilar
bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar yoki bankning yuridik shaxslari,
investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalari kiradi;
fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar olib kelinmaydi. Uning
mavjudligi soni va sifatini sotuvchining qo‘lidagi hujjat—sertifikat
tasdiqlaydi;
fond birjasida qimmatli qog‘ozlar istalgan miqdorda sotil-
maydi. Savdo bu yerda lot (to‘p)lar, ya’ni birjadagi bir kontrakt
yoki miqdor va sifat jihatdan standart tipi bo‘yicha amalga oshiri-
ladi. Fond birjasi bu ulgurji savdo shaklidir;
fond birjasida faqatgina kotirovka ro‘yxatida qayd qilingan
qimmatli qog‘ozlargina sotiladi. Qimmatli qog‘ozlarni mazkur
ro‘yxatga kiritish, ya’ni birjaga qo‘yish listing deb ataladi;
fond birjasida baho ochiqdan ochiq o‘rnatiladi. Ular to‘g‘risi-
dagi axborot zallardagi tablolarda e’lon qilib turiladi.
Shunday qilib,
birjada uch tomon qatnashadi, bir tomonda
birjada o‘zining qimmatli qog‘ozlari
bilan savdo qilishga vaqti
yo‘q yoki umuman bu ish bilan shug‘ullanish istagi bo‘lmaganlar
(emitent va tadbirkorlar), ikkinchi tomonda esa muayyan haq
evaziga shu qimmatli qog‘ozlarni sotishni o‘z zimmasiga oluvchi
brokerlar. Uchinchi tomonda qimmatli qog‘ozlarga xaridor kompa-
niyalar va xususiy shaxslar. Har
uchala tomonning manfaatini
birlashtiruvchi joy — fond birjasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: