orgtexnika
;
2)
hisoblash texnikasi
.
Orgtexnika
— bu boshqaruvchi
xodimlar ishlatadigan oddiy meh-
nat qurollari va idora jihozlari.
Hisoblash texnikasi
— bu EHMlar
(5.3-rasm).
Menejmentda
kommunikatsiya
(
ingl.
communication) texnikasi
qo‘llaniladi, bu axborot almashish texnikasidir. Kommunikatsiya
texnikasiga telefonlar, faks, kompyuterlar vositasidagi elektron poch-
talar, parabell antenna, banklardagi SVIF kiradi.
Boshqarish ishida texnika qanchalik mukammal bo‘lsa, shun-
chalik boshqarish xarajatlari tejaladi; menejmentning samaradorligi oshadi.
I. ÒAYANCH TUSHUNCHALAR
1. Menejment.
2. Menejment vazifalari.
3. Boshqaruv obyekti va subyekti.
4. Individual (yakka) va korporativ (guruhiy) boshqaruv.
5. Menejerlar toifasi.
6. Menejment tizimi.
7. Boshqarish usullari.
8. Prognozlash.
9. Rejalashtirish.
10. Koordinatsiya.
11. Boshqaruv qarorlari.
12. Kommunikatsiya.
II. ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Menejment nima uchun kerak?
2. Boshqarish obyekti va subyekti nima bilan farqlanadi?
3. Korporativ (guruhiy) boshqaruvning qanday xususiyati bor?
4. Menejmentning qanday turlari bor?
5.3-rasm.
Hisoblash texnikasi.
5 4
5. Mehnat motivatsiyasi nima degani?
6. Boshqarishda qaysi usul asosiy va uning asosiylik sababi nimada?
7. Boshqarishdagi ijtimoiy-ruhiy usulning qanday xususiyatlari bor?
8. Korxona ishining ssenariysi nima degani?
9. Korxona rejasining qanday asosiy turlari mavjud?
10. Boshqaruv qarorlarining qanday asosiy turlari bo‘ladi?
11. Boshqarishda axborot qanday rol o‘ynaydi?
III. MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
1. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan so‘zning to‘g‘risini topib
o‘rniga qo‘ying:
a) Menejmentning uch pog‘onasi bor:.........va........;
b) Menejmentda......... tamoyili amal qiladi;
d) Menejment ishining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1)..............; 2)...............; 3).............; 4)............;
e) Korxonadagi nizolarning asosiy sababi..............mos kelmay qolishi
bo‘ladi.
2. Quyidagi savollarga javob topishga urinib ko‘ring:
a) Firmada ish haqi boshqa yerdagidan yomon bo‘lmasa-da, xodimlari
ishdan keta boshladi. Nega shunday bo‘ldi?
b) Ichki audit xizmati korxonada mahsulot tannarxi oshgani uchun
foyda kamayib ketganligi haqida xulosa chiqardi. Bunga javoban korxona
rahbari nima qiladi?
d) Siz korxona rahbarisiz, korxonangiz ishini prognozlash shuni
ko‘rsatdiki, uning bozori kelajakda torayadi. Shunga javoban siz nima
qilgan bo‘lar edingiz?
e) Siz 1000 dona zotli baliqchalarni baliq zavodidan sotib olib,
hovuzda boqa boshladingiz. Oradan 6 oy o‘tgach qancha baliq qolganini
bilishingiz kerak. Hovuzdan suvni chiqarmagan holda baliqlarni qanday
qilib eng oson va arzon usulda sanab chiqish mumkin?
f) Korxona ta’mirlash uchun vaqtincha yopilgan edi. U ishga
tushganda 20 foiz odam ishga kelmagan edi. Ishga kelganlardan yana
10 kishi javob so‘rab ketdi, natijada ishda yo‘qlar soni 30 kishiga ortib
ketdi. Korxonada necha kishi ishlar edi?
5 5
Do'stlaringiz bilan baham: |