O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

Ijtimoiy-ruhiy
usul o‘z nomiga ko‘ra ikkiyoqlama bo‘ladi: birinchisi,
kishilarning ijtimoiy holatini hisobga olib boshqarish, ikkinchisi,
kishilarning ruhiyatini hisobga olib boshqarish. Korxona ishchi va
xizmatchilarining ijtimoiy ehtiyoji o‘rganilib, ular korxona hisobidan
iloji boricha qondiriladi, natijada ular faol ishlaydilar. Intizomli va
yaxshi ishlaganlarga ish o‘rni saqlanishi kafolatlanadi, ish o‘rni tugatilgan
taqdirda yangi ishga joylashish uchun yordam beriladi. Firma xodimlariga
qimmatbaho tovarlar (uy, kvartira, mebel, avtomashina) olishlari uchun
ularga o‘z hisobidan foizsiz kredit (qarz) beradi, ular bankdan qarz
olishi uchun firma kafil turadi, shuningdek, ularning bepul o‘qishi va
malaka oshirishlarini tashkil etadi, bepul sayohat, dam olishni
uyushtiradi, to‘y, ma’rakalar o‘tkazishda pul bilan yordam beradi,
sovg‘alar ulashadi va h.k. Ishchi va xizmatchilarga e’tibor berish, ular
mehnatini e’zozlash ularda firmaga nisbatan sadoqat uyg‘otadi, ular
o‘z firmalarini ikkinchi oila sifatida qadrlaydilar.
Boshqarishda xodimlarning fe’l-atvori, odatlari va ruhiyati ham
e’tiborga olinadi. Jamoada sog‘lom ruhiy vaziyat yaratish choralari
ko‘riladi. Xodimlarga topshiriq berishda ularning xarakteri, ish
qobiliyati, irodasi, hissiyoti va hatto kayfiyati hisobga olinadi. Shu
sababli boshqarish ishiga ruhshunos mutaxassislar ham jalb etiladi.


5 0
Ba’zi firmalarda ruhshunoslar ishga kelgan ishchi va xizmatchilarni
diqqat bilan kuzatib, kayfiyati yo‘qlarini ajratib oladilar, ularga javob
berib, kayfiyatini tiklash imkonini yaratadilar. Ular yonma-yon ish
o‘rinlariga fe’l-atvori bir-biriga mos keladigan kishilarni joylashtiradilar,
chunki ruhiy holat mehnat unumi va mahsulot sifatiga ta’sir etadi.
5.3. Menejment ishining bosqichlari
Menejment 4 bosqichli faoliyat bo‘lib, prognozlash, rejalashtirish,
ishni tashkil etish va ish natijasini baholashni o‘z ichiga oladi.
Prognozlash
(
ingl
. forecasting) — korxona faoliyati natijalarini
tahlil etish asosida uning rivojlanish istiqbollarini belgilash. Prognoz-
lashda korxonaning rivojlanish ssenariyalari yaratiladi. Ssenariylar
korxonaning ishlash sharoiti o‘zgarmay qolganda, yaxshi tomonga
yoki yomon tomonga o‘zgarganda uning rivoji qanday bo‘lishi taxmin
etiladi, ya’ni gipoteza qilinadi. Odatda optimistik (ish yaxshi
ketganda) va pessimistik (ish yomonlashganda) korxona ahvoli qanday
bo‘lishi aniqlanadi. Prognozlar qisqa muddatli (1—1,5 yilgacha), o‘rta
muddatli (3—5 yilgi) va uzoq muddatli (7, 10, 15 yillik) bo‘ladi.
Rejalashtirish
(
ingl
. planning — reja) — firma faoliyatini bozor
talabiga moslashtirish uchun kerakli chora-tadbirlarni oldindan
belgilash va sharoitga qarab ularga o‘zgartirishlar kiritib borishdir.
Ishlab chiqilgan rejada korxonaning maqsadi, unga erishish vositalari,
bajariladigan ustuvor vazifalar, ularni bajarish muddatlari aniqlanadi.
Rejalashtirish bir qator talablarga javob berishi kerak: rejalashtirishning
uzluksizligi, turli rejalar o‘zaro muvofiqlashtirilishi, rejada albatta bozordagi
real sharoit va raqobatchilar imkoniyatlarini nazarda tutish zarur.
Korxona rejalarida prognozlardan farqliroq gipoteza yoki taxmin
emas, balki amalga oshirilishi zarur bo‘lgan aniq ishlar belgilanadi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish