1 4 0
4. Òaqqosiy afzallik nimani bildiradi?
5. Aktiv va passiv tashqi savdo balansi nima bilan farqlanadi?
6. Valuta kursi nima asosida belgilanadi?
7. Kapitalni ko‘pincha qaysi mamlakatlar chetga chiqaradi?
8. Òo‘lov balansi deganda nimani tushunamiz?
9. Ish kuchi migratsiyasi qanday shakllarda bo‘ladi?
10. Integratsiya va globalizatsiya deganda nimani tushunamiz?
III. MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
1. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan so‘zlarni to‘g‘ri topib
o‘rniga qo‘ying:
a) Jahon xo‘jaligi — bu o‘zaro bog‘langan ............... xo‘jaliklar
yaxlitligidir;
b) Jahon bozori mamlakatlararo ............. bildiradi;
d) Jahon savdosini .............. taqsimoti zarur qiladi;
e) Savdo balansi ikki xil bo‘ladi; ............ va .............;
f) Kapital qayerda ........... ko‘p bo‘lsa, shu yerga oshiqadi;
g) Òo‘lov balansi .............. va .............. bo‘ladi;
h) Integratsiya— bu yagona ............. xo‘jalikning yuzaga kelishidir.
2. Quyidagi savollarga javob topishga urinib ko‘ring:
a) Nima uchun jahon bozoriga chiqarilgan tovarlar turi cheklangan
bo‘ladi?
b) Qachon mamlakatning tashqi savdo balansi aktiv va passiv bo‘ladi?
d) Nima uchun iqtisodi rivojlangan mamlakat kapitalni ko‘proq chiqaradi
va ish kuchini ko‘proq kiritadi?
e) Nima uchun Markaziy Osiyoda integratsiya zaruriyatga aylanadi?
3. Quyidagi masalalarni yechib ko‘ring:
a) «Oqtosh» firmasi birinchi marta meva konservasidan 5000 banka
chetga chiqarib, har birini 3 dollardan sotgan edi. Bir banka konserva
sotishdan 0,5 dollar foyda ko‘rilgan edi.
Ikkinchi marta u konserva
chiqarganda chet el hukumati konservaga uning narxining 20 foiziga teng
boj to‘lovi kiritgan ekan. Agar firma yana 5000
banka konserva sotsa
qancha foyda ko‘rishini toping;
b) Firma televizor chiqaradi, bitta televizorni mamlakat ichida 150
ming so‘mga sotadi, chet elda esa televizorni 150 dollarga oladi. Mamlakatda
so‘mning dollardagi kursi 10 foiz pasaydi, firma 1000 ta televizor sotsa,
necha dollar yutadi, bordi-yu kurs 15 foiz oshsa 1000 ta televizor sotishdan
necha dollar yutqizadi? Shuni hisoblab chiqing;
d) «A» mamlakat chet elga 5 mlrd dollarlik eksport qildi, 0,5 mlrd
dollar qarz oldi. Ayni paytda u 4,2 mlrd dollarlik import qildi. Chet elga
0,3 mlrd dollar qarz berdi, o‘zining qarzidan 0,3 mlrd dollar to‘ladi va
0,1 mlrd qarz foizini ham to‘ladi. Mamlakatda to‘lov balansi saldosini
hisoblab chiqing.
1 4 1
MUNDARIJA
KIRISH ................................................................................................. 3
Do'stlaringiz bilan baham: