O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet6/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

HUJAYRANING TUZILISH I
Hujayra (1-rasm) odam, hayvon va o'sim liklar organizmining tuzili­
shi negizi bo'lib, hujayra qobig'i, sitoplazma va yadrodan iborat. Hujayralar 
tuzilishi va bajaradigan funksiyasi xilma-xil bo'lib, ulardan eng muhimi
— moddalar almashinuvi vazifasini bajarishidir. Hujayra bo'linish yo'li 
bilan k o 'p a y a d i. O dam
o r g a n i z m i d a s h a k l
j i h a t i d a n k u b s i m o n ,
silin d rsim o n , d u m alo q
(sharsimon), uzunchoq va 
boshqa turdagi hujayralar 
b o 'lad i. H ujayralam ing 
14~
hujayra qobig'i (pardasi) 
unga shakl berib, boshqa 
hujayralardan ajratib tu-
1-rasm. Hujayraning tuzilishi
sxemasi.
I - h u jayra q o b ig ' i;
2 -
g ia lo p la z m a ; 3 -  h u ja y ra
ichidagi iplar; 4 -  y o g ‘simon
tanachalar; 5, 6 - ergastoplaz-
ma va uning q o b ig 'i; 7 -
ribosomalar; 8 -  yadro; 9 -
yadro qobig'idagi teshikchalar;
10
- yad ro q o b ig ' i;
I I -
yadrochalar; 12 to'r parda;
13 -  mitoxondriy; 14 -  hujayra
markazi.


radi. Hujayra qobig'i uch qavat (tashqi va ichki oqsil qavat hamda o'rta 
qavat - lipid) dan tashkil topgan. Yadro sitoplazmadan yadro pardasi 
bilan ajralib turadi. Sitoplazma yarim tiniq kolloid suyuqlikdan iborat.
Sitoplazmadagi organoidlar (hujayra qismlari) ga mitoxondriylar yoki 
xondrisomalar, hujayra 
ichidagi endoplazmatik (donador va donasiz) 
to 'r parda, hujayra markazi, ergastoplazma, ribosoma, lizosoma, Golji 
to 'r apparati va vakuolalar kiradi. Bulardan tashqari, hujayrada turli hujayra 
ichki kiritmalari (yog', pigment, glikogen) ham bo'lishi mumkin.
Donali endoplazmatik to 'r devorida ribosoma (polisoma)lar joylash­
gan bo'lib, oqsil biosintezi amalga oshsa, donasiz to'rda uglevod va 
yog'lar harakat qiladi.
Hujayra yadrosi — hujayra markazida shar yoki ellips shaklida joyla- 
shib, sitoplazmadan yadro pardasi bilan ajralib turadi.
Yadro tarkibida yadro pardasining ichki yuzasiga yopishib joylashgan 
yadro to'ri bo'lib, bo'yoqlar bilan yomon bo'yaladi. Shuning uchun ular 
axromatin moddalar deb ataladi. Yadro to'rining oraliqlarida turli hajm­
dagi zarrachalar bo'lib, yadro bo'yalganda tiniq ko'ringani uchun xroma- 
tin donalari deyiladi. Yadro ichida bir-ikkita yadrochalar ham bo'ladi.
Hujayra sitoplazmasida uning doimiy qismlari — organoidlar bo'lib, 
shular orqali hujayra o 'z vazifasini bajaradi. Bulardan tashqari, hujayra 
sitoplazmasida maxsus va umumiy organoidlar ham bo'ladi.
Umumiy organoidlarga mitoxondriylar, hujayra ichi Golji apparati, 
hujayra markazi kiradi.
Mitoxondriylar ko'pincha qo'shaloq, zich joylashgan, pardali tayoq- 
chasimon shaklda, ba’zan alohida zarrachalar yoki zanjir shaklida b o 'la­
di. Mitoxondriy pardasining ichki yuzasidagi to'siqlar (krista) mitoxond- 
riylarni bo'shliq (matriks) larga ajratadi. Mitoxondriylarda, asosan, uch 
xil jarayon bajariladi: elektronlar hosil bo'ladi, ATF sinlezlanadi va 
oqsillarning qaytarilish reaksiyasi ro 'y beradi.
Hujayra ichi to 'r apparati, y a’ni G o l j i a p p a r a t i maxsus bo'yoq 
bilan bo'yalgan preparatlarda nozik iplardan to'qilgan xaltachalarga yoki 
to'rg a o'xshab ko'rinadi, xaltachadan naychalar boshlanib, pufakchalar 
holida tugaydi. Golji apparatining turli shakldagi ko'rinishi organizmning 
barcha hujayralarida uchraydi va u m oddalar almashinuvida, ayniqsa 
hujayraning ajratish funksiyasida muhim rol o'ynaydi.
Hujayra markazi yoki s e n t r o s o m a ancha yirik sharsimon tanadan 
iborat bo'lib, ko'pincha yadro yaqinida joylashadi. Hujayralaming bo'linib 
ko'payishida asosiy rol o'ynaydi.
Maxsus o r g a n o i d l a r — hujayralaming o'ziga xos maxsus vazifa­
lariga tegishli organoidlar. Ular nerv hujayrasida impulslami o'tkazish 
uchun xizmat qiladigan neyrofibrillar bo'lsa, silliq muskul hujayralaridan 
miofibrillar tayanch vazifasini bajaradi, epiteliy hujayrasidagi tonofibril-


lar va ko‘ndalang-targ‘il muskul hujayradagi qisqaruvchanlik vazifasini 
bajaradigan tolalar ham hujayralaming maxsus organoididir.
Hujayra ichida ikki xil kiritmalar bo‘ladi:
1) 
trofik kiritmalar oqsil moddalar, yog‘, glikogen, vitaminlardan iborat 
bo'lib, hujayralaming sitoplazma qismida to'planadi va ularni oziqlanti- 
rish uchun xizmat qiladi; 2) ekskretor va pigment kiritmalar yoki tanadan 
chiqib ketadigan kiritmalar.
H ujayralam ing m itoz 
usulida bo'linishidan hosil bo'ladigan qiz 
hujayralarda xromosomalar soni doimo bir xil turadi. Mitoz usulida bo'linish 
qonuniyatlari barcha hujayralar uchun umumiydir. Jumladan, odamning 
somatik hujayralarida xromosomalar 46 ta bo'lsa, jinsiy hujayralarda ular 
soni ikki baravar kam. Ammo ikki jinsiy hujayra bir-biri bilan qo'shilganda 
odamning umumiy xromosom alar soni 46 ta bo'ladi. Shunday qilib, 
urug'langan jinsiy hujayraning organizmning shakllanishi bilan tugaydi- 
gan to'xtovsiz ko'payishi boshlanadi. Xromosomalar DNK (dezoksiribo- 
nuklein kislota) va giston oqsilidan tuzilgan. Irsiy xususiyatlar DNK dan 
hosil bo'lgan xromosoma bo'lakchalari (genlar) orqali o'tadi. Genlarda 
qoliplardagi kabi informatsion RNK (ribonuklein kislota) sintez qilinadi. 
RNK yadrodan hujayra sitoplazmasiga o'tib, oqsil sintezi uchun kerak 
bo'lgan genlar strukturasining xususiyatlarini yetkazadi. Hujayralarda oqsilli 
strukturaga ega bo'lgan fermentlar bo'ladi. Har bir gen informatsion 
RNK orqali bitta ferment sintezini boshqaradi va shu ferment orqali 
hujayra funksiyasiga ta’sir ko'rsatadi. Shunday qilib, hujayra funksiyasi, 
oqsil sintezi va irsiy belgilarni o'tkazish DNK — RNK ferment sistemasi 
ishtirokida bo'ladi. Hozircha qaysi gen qanday belgilarni o'tkazishi aniq 
emas.
T o ' q i m a l a r — tarixan shakllangan hujayra va hujayrasiz modda­
lar b o 'lib, tuzilishi, shakli, vazifasi va rivojlanishi jihatidan bir xil 
sistemalardan iborat. To'qim alar nerv sistemasi vositasida tashqi va ichki 
muhit bilan bog'langan holda faoliyat ko'rsatadi. Shunday qilib, evolutsion 
taraqqiyot davomida organizm da tashqi va ichki muhitga moslangan 
to'qim alar paydo bo'ladi. Bu xildagi to'qim alar organizmda moddalar 
almashinuvi va uni muhofaza qilish vazifalarini bajarishga moslashadi. 
Maxsus to'qim alar (muskul va nerv to'qim alari) ham mavjud. Muskul 
to'qimalari organizmni harakatga keltirishga xizmat qilsa, nerv to'qim alari 
ularni o 'z a ro funksional birlashtiradi, tashqi m uhit bilan aloqasini 
ta’minlaydi.
Shunday qilib, odam organizmi to 'rt xil to'qim adan tashkil topgan: 1) 
sirtqi (qoplovchi) yoki epiteliy to'qimasi; 2) ichki yoki biriktiruvchi to 'q im a ^ -
3) muskul to'qim asi; 4) nerv to'qim asi. 
;

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish