orqali ko'z kosasiga kirib tepa va pastki shoxchalarga bo'linadi. Nervning
harakatlantiruvchi tolalari ustki qovoqni ko'taruvchi muskuliga, ko'z
soqqasining ustki, pastki, ichki to'g'ri muskullari va pastki qiyshiq mus
kullarga borib tarqaladi. Nerv tarkibidagi parasimpatik tolalaming bir
qismi ko'z qorachig'ini qisuvchi (sfmkter va kiprik) muskullariga borsa,
ikkinchi qismi ko'z kosasining orqa qismida joylashgan kiprik nerv tugu-
niga borib tugaydi.
IV. G ' a l t a k n e r v i . Uzunchoq miya chodirining orqa tomonidan
chiqib, miya oyoqchalarining tashqi tomonidan ko'z kosasining ustki yorig'i
orqali ko'z
kosasiga kirib, ko'z soqqasining ustki qiyshiq muskuliga boradi.
V. U c h s h o x l i n e r v . Aralash nerv bo'lib, uning harakatlanti
ruvchi tolalari miya ko'prigidan alohida chiqib, chakka suyagining pira-
midasi sohasida I va II shoxlar bilan qo'shilib, uch shoxli nervni hosil
qiladi.
Nervning sezuvchi tolalari miya ko'prigidan (harakatlantiruvchi tolalari
orqarog'idan) va uzunchoq miyaning yon tomonidan boshlanib, chakka
suyagining piramidasidagi chuqurchada harakatlantiruvchi tolalar bilan
qo'shilib, yarim oysimon tugunni hosil qiladi.
Tugundan uch shoxli
nervning quyidagi tolalari chiqadi.
1. Ko'z nervi sezuvchi nerv bo'lib, yarim oy tugundan ajralib, miya
qattiq pardasiga tolalar beradi. Ko'z kosasining ustki yorig'idan ko'z
kosasiga kirib, peshona, ko'z yoshi va burun, kiprik nervlariga bo'linadi.
Ular tepa, qovoq, peshona terilariga, ko'z soqqasiga, konyunktiva
(qovoqlarning ichkariga qaragan shilliq qavatlari)ni, peshona, g'alvirsi
mon va ponasimon suyak kovaklarining shilliq qavatlariga borib tarqala
di. Nervning ko'z yoshi bezi tarmog'i ko'z yoshi beziga boradi.
2. Ustki jag ' nervi uch shoxli nervning ikkinchi (sezuvchi) shoxi
bo'lib, kalla suyagi bo'shlig'idan ponasimon suyakning yumaloq teshigi
orqali qanot-tanglay chuquriga chiqib to'rtta shoxchaga bo'linadi: I. Ko'z
kosasi pastidagi nerv qanot-tanglay chuqurchasidan ko'z
kosasining pastki
yorig'i orqali ko'z kosasiga, undan shu nomli kanal orqali yuzga chiqib,
pastki qovoq, ustki lab va burun yon tomonidagi terilarga tarqaladi. II.
Qanot-tanglay tolalari shu nomli nerv tuguniga qo'shiladi. III. Ustki
kataklarga, ularda joylashgan tishlarga va milkka tarqaladi. IV. Yonoq
nervi lunj va chakka terilarini innervatsiya qiladi.
3. Pastki jag ' nervi. Tarkibida harakatlantiruvchi va sezuvchi tolalar
bo'lib, kalla suyagi bo'shlig'idan ponasimon suyakning oval teshigi orqali
chiqadi. Uning harakatlantiruvchi tolalari chaynov muskullariga tarqalsa,
sezuvchi tolalari
lunj shilliq pardasini, tilning shilliq qavatini innervatsiya
qiladi. Nerv tarkibidagi sezuvchi tolalar quloq oldi, til va jag' osti so'lak
bezlariga boradi. Pastki kataklar shoxi esa pastki jag' tishlariga, milkka
tarqaladi. Bu nervning tolalari dahan sohasidagi terilami innervatsiya qiladi.
VI. U z o q l a s h t i r u v c h i n e r v miya ko'prigining orqa chegara
sohasidan chiqib, ko'z kosasining ustki yorig'idan ko'z kosasiga kirib,
ko'z soqqasining tashqi to'g'ri muskulini innervatsiya qiladi.
VII. Y u z n e r v i harakatchan nerv bo'lib, miya ko'prigi bilan
uzunchoq
miya orasidan chiqib, ichki eshitish teshigi orqali yuz nervi
kanaliga kirib qayriladi. Nog'ora bo'shlig'ining ichki devori bo'ylab oldin
orqaga, so'ngra pastga yo'nalib, chakka suyagining so'rg'ichsimon - bi
gizsimon o'siqlari o'rtasida joylashgan shu nomli teshikdan tashqariga
chiqadi. Kanal ichida yuz nervidan katta toshsimon nerv bilan eshitish
tori nervi ajraladi. Katta toshsimon nerv (tarkibida parasimpatik tolalar
bor) chiqib, quloq oldi beziga boradi. Eshitish tori nervi esa yuz nervidan
ajralgach, o'rta quloq bo'shlig'idan tashqariga chiqib,
uch shoxli nervning
til nervi shoxi bilan qo'shiladi va tilning so'rg'ichlariga (ta’m bilish) va
til osti hamda pastki jag' osti bezlariga tolalar beradi (193-rasm).
Yuz nervi so'rg'ichsimon-bigizsimon teshikdan tashqariga chiqqach,
quloq oldi bezining ichiga kirib, bir qancha tarmoqlarga ajraladi. Nervning
harakatlantiruvchi tolalari yuzdagi mimika muskullarini va bo'yindagi
teri osti muskuli bilan ikki qorinchali muskulning orqa qorinchasini
innervatsiya qiladi.
VIII. D a h 1 i z - c h i g ‘ a n o q n e r v i (sezish nervi) miya ko'prigi-
ning orqasidan yuz nervi bilan yonma-yon chiqib, ichki eshitish teshigi
orqali piramida (chakka suyagida) ichiga kiradi. Bu nerv ikkita nervdan
tashkil topgan,
biri ichki
quloqning dahlizi bilan yarim
to'garak kanallarga boruvchi
dahliz nervi bo'lsa, ikkinchisi
eshitish nervidan iborat.
Dahliz nervi muvozanatni
saqlash vazifasini bajaradi,
uni ng p e rife rik to la la ri
ta’sirotni ichki quloq (labi
rint) dahlizida joylashgan
yadroning labirint dahlizi va
yarim to'garak kanallariga
tarqalgan tolalardan oladi.
Chig'anoq nervi esa ta’sirot
ni labirint chig'anog'i
ichida
joylashgan nerv tugunidan
oladi. Tugunning periferik
nervlari Korti a ’zosidan
i mpul s ni qabul qi l adi
(quloqning tuzilishi va eshi
tish yo'liga qaralsin).
Download
Do'stlaringiz bilan baham: