Pilta taxlagichlar
Pilta taxlagich zichlovchi valiklar, ularni yuklovchi moslama, ustki va pastki tarelka hamda tarelkalarni harakatlantiruvchi moslamadan iborat. Ustki tarelkada maxsus qiya naycha bo‘lib, u markazga nisbatan ekssentrik holda o‘rnatiladi. Pilta taxlanganda quyidagilarga e’tibor berilishi shart:
Taz ko‘proq to‘lg‘azilishi kerak.
Keyingi bosqichda pilta tazdan erkin chiqishi ta’minlanishi kerak.
Katta hajmdagi tazlarda pilta siyrak taxlanishi istiqbolli hisoblanadi, chunki piltaning tazdan chiqishi engillashib sifati pasaymaydi.
31-rasm. Pilta taxlagichlar
Do'stlaringiz bilan baham: |