O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan



Download 6,48 Mb.
bet88/379
Sana06.01.2022
Hajmi6,48 Mb.
#324048
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   379
Bog'liq
2020-2021 FALSAFA MAJMUA

O’rta Osiyodagi yahudiylar. Ma’lumki, yahudiylar O’rta Osiyoga qadim zamonlardan ko’chib kelganlar. Ularning bu kelishlari haqida turli xil rivoyatlar mavjud. Ularning ichida umum e’tirof etilganlaridan biri shuki, yahudiylar bu mintaqaga Eron orqali kirib kelganlar. Bu xalqning O’rta Osiyoga hijrati ko’p asrlar mobaynida davom etdi. Taxminlarga ko’ra, ular Assuriya quvg’inlari paytida – mil. av. VII-VI asrlarda Eronga ko’chib kela boshlaganlar. Hatto mil. av. VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o’lkalarda boshpana topganliklari haqida ham xabarlar bor. Fors davlati ma’lum muddat O’rta Osiyoni o’z hukmi ostida tutib turgan va xuddi shu davrda yahudiylarning ko’chib kelishi amalga oshgan. Yahudiylar O’rta Osiyoda So’g’diyona davlati davrida, ya’ni milodning II asrida paydo bo’ldilar. Ular Eron orqali Marvga kelib, so’ng u yerdan Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarga tarqaldilar. Bu fikrni mahalliy yahudiylarning fors lahjalarining birida gaplashishlari ham quvvatlaydi.

Yahudiylarning turmush tarzlari, urf-odatlari qadimiy yahudiy, fors va mahalliy madaniyatlarning qorishmasidan iborat. Tarixning turli jarayonlarida bu uch madaniyatdan ba’zilarining ta’siri kuchayishi yoki aksincha, susayishi kuzatilgan. XVIII asrning boshlarida O’rta Osiyoda yuz bergan siyosiy jarayonlar tufayli yahudiylar Eron, Afg’oniston, Xiva, Qo’qon va Buxoro jamoalariga bo’linib ketdi. Yahudiylarning asosiy qismi Buxoro shahri va uning atroflarida yashaganligi tufayli O’rta Osiyo yahudiylari «Buxoro yahudiylari» nomi bilan tanildilar.

Yahudiylik yagona millatga xos din bo’lganligi sababli ular qaerda bo’lmasin, biri ikkinchisidan qancha uzoq bo’lmasin, muqaddas kitobi va e’tiqodi yagona bo’lib qolaverdi. XVIII asrda O’rta Osiyo yahudiylari tushkunlik davrini boshdan kechirdilar. 1793 yili asli G’arbiy Afrikadan bo’lib, Falastinning Tsfat shahrida yashovchi Iosif Mamon Mag’ribiy o’z shahri yahudiylari uchun moddiy yordam to’plash maqsadida Buxoroga keladi. U mahalliy yahudiylarning o’z dinlaridan uzoqlasha boshlaganliklarini ko’rib, shu yerda qolishga va millatdoshlariga diniy ta’lim berishga ahd qiladi. Yahudiylar doimo tinch, kam aholili joylarda yashashni afzal ko’rganlar. Garchand o’rta osiyolik yahudiylarni Buxoro yahudiylari deyilsa-da, ular ko’proq Samarqandda yashaganlar. XVIII asrning o’rtalarida Nodirshoh (1736-1747) Samarqandni bosib olganda uning lashkarlari orasida turklar, lezginlar, afg’onlar, ironiylar, shuningdek, yahudiylar bo’lganlar. Ular Samarqandning Shoh-Kash, Chor-Raga, Novadon, Qo’shhovuz kabi guzarlarida yashab qolganlar. Buxoro hukumati Nodirshoh davrida yahudiylarga nisbatan yumshoq muomalada bo’lgan.

Son jihatdan ko’paygan yahudiylar barchalari bir mavzega jam bo’lib yashashni xohlardilar. Biroq, Buxoroda ham, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on, Karmana kabi viloyatlarida ham yahudiylar musulmonlardan ajralgan holda yashar edilar. 1843 yilning bahorida mahalliy yahudiylarga Samarqandning sharqiy qismidan 2,5 gektar joyni 10 ming kumush tangaga sotish haqidagi shartnoma tuzildi. Bu shartnomani yahudiylardan 32 kishi imzoladi, davlat uning haqiqiyligini to’rt muhr bilan tasdiqladi. Shunday qilib, yahudiylar o’zlarining birinchi mahallalariga ega bo’ldilar.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng yahudiylarning milliy, diniy erkinliklariga yo’l ochib berildi. Hozirda Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida buxorolik hamda ashkenazi (yevropalik) yahudiylarining milliy madaniy markazlari, shuningdek, sinagogalari faoliyat ko’rsatib kelmokda.

Yahudiy jamoalari mamlakatning uchta ma’muriy hududida o’zining ibodatxonalariga ega bo’lib, jami sakkizta sinagoga ro’yxatdan o’tgan.




Download 6,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish