Shom - suriyaning qadimiy nomi.
Shopur 243-273 yillarda hukmronlik qilgan sosoniylar sulolasi hukmdori, avestoning bizgacha yetib kelgan nusxasini tartibga soldirgan.
Evolyutsionizm – dinshunoslikda din ham dunyoning shakllanishi kabi bosqichma-bosqich soddadan murakkabga qarab rivojlangan, degan g’oyani ilgari suruvchi ta’limot.
Ekstremizm o’z maqsadi yo’lida turli haddan ortiq keskin tadbir-choralar ko’rishga tarafdorlik.
Eran-Vej avestoda zikr qilingan zardushtning vatani.
Esxatologiya – dunyoning oxiri, narigi dunyo, jannat, do’zax haqidagi tasavvurlar majmui.
E`tiqod dunyoqarash. biror dinga e’tiqod qilish uni haq deb bilib, uning ta’limotini tan olish.
Yasna avestodan bizgacha yetib kelgan to’rt kitobning ikkinchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |