Sufiy islomdagi mistik-asketik oqim vakili.
Tabu – totemistik tasavvurlar mavjud bo’lgan jamiyatdagi diniy taqiq. bu tasavvurlarga ko’ra, tabuni buzgan odam ruhlar va xudolar tomonidan unga og’ir kasallik yoki o’lim yuborish bilan jazolanadi. tabu ma’lum bir buyumga tegmaslik, ma’lum so’zni aytmaslik, ma’lum hayvonlarning go’shtini yemaslik kabilardan iborat bo’lishi mumkin.
Tavakkul tasavvuf ta’limotiga ko’ra, o’z irodasini allohga ishonib topshirish.
Talmud (ivrit. «lameyd» «o’rganish» so’zidan) tavrotga yozilgan sharhlar to’plami.
Tafsir (arab. «bayon qilish») qur’on oyatlariga o’ziga xos ravishda ma’no berish.
Terrorizm (fr. – «qo’rqitish») o’z fikrini zo’ravonlik yo’li bilan boshqalarga o’tkazish. bu yo’lda suiqasd, qo’poruvchilik kabi usullardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |