FORMALLASHGAN TIL - formal mantiqda ishlatiladigan sun’iy tildir. Sun’iy til - belgilari sistemasidan iborat bo’lib, bu sistemalar ma’noni aniq va to’liq ifodalash uchun ishlatiladi. Gap tilda mustaqil semantik ma’noga ega va tugal fikrni anglatadi, to’liq til belgisini ifodalaydi.
Predikatlar mantig’i tilining simvolik ifodasi quyidagicha:
1) A, V, S, ... – yakka, atoqli yoki tavsifiy predmetlarning nomi ifodalangan simvollar – predmetli o’zgarmas (konstant) deb ataladi.
2) X, U, Z, ... – predmetlarning umumiy nomini ifodalovchi simvollar, predmetli o’zgaruvchanlik deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |