O‘quv-uslubiy majmua bilim soxasi: 100000 Gumanitar Ta'lim soxasi: 110000 Pedagogika Bakalavriat yo’nalishi: 5112300 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya Tuzuvchi: Katta o’qituvchi D. Karimov jizzax–2021


Mavzu: Alohida ehtiyojlari bo’lgan shaxzlaning harakat faolligi



Download 424,67 Kb.
bet67/70
Sana19.03.2022
Hajmi424,67 Kb.
#501342
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
Adaptiv Majmuva

24 Mavzu: Alohida ehtiyojlari bo’lgan shaxzlaning harakat faolligi
Аdaptiv jismoniy tarbiyaning xususiy muammolariii tadqiq qilish boʼyicha koʼp sonli izlanishlar olib borilmokda. Biroq mualliflar ijtimoiy amaliѐtning mazkur sohasini uslubiy manzarasini qarab chiqqan umumlashtiruvchi ishlar yetishmaydi. Shuning uchun takrorlanish, u ѐki bu vaqt sinovidan oʼtgan bilimlar soxasining tadqiqot usullarini ustivorlik qilishi tabiiy holdir va bu soʼzsiz, oʼtkazilaѐtgan tadqiqotlarning va ayniqsa ilmiy tadqiqotlar natijalarini hamda pedagog – novatorlarning (novator – yangilik ijod qiluvchi, ijodkor) ilgʼor tajribasini tadbiq qilish effektivligini pasaytiradi. Bugungi kunning eng muhim talablaridan biri adaptiv jismoniy madaniyatni uslubiy asoslarini ishlab chiqish, mazkur soha bilimlarini mustaxkamlash, adaptiv jismoniy madaniyatning obʼekti, maqsadi, vazifalari, mazmuni, koʼrinishlarini, uning funktsiyalari va tamoyillarini aniqlashtirish hisoblanadi. Shu oʼrinda abiturentlarni oliy oʼquv yurtiga kirish uchun toʼsqinliq qiladigan tibbiy koʼrsatkichlar, boshqa taʼlim muassasalariga nisbatan sport yoʼnalishidagi boʼlguvchi talabalarning salomatligiga yuksak talablar qoʼyilishi toʼgʼrisida ham eslatib oʼtish maqsadga muvofiq. Bunday koʼrsatkichlar roʼyxati, oʼz mohiyatiga koʼra, nogironlarga hamda jismoniy va ruhiy imkoniyatlari chegaralangan shaxslarga jismoniy madaniyat oliy oʼquv yurtlariga yoʼlni ѐpgan, faqat sogʼlom va harakatda iqtidorli insonlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlardan tashkil topgan taʼlim mazmunining oʼzi esa, oʼz hissiѐtini nogironlar bilan ishlashni hohlovchilarning bunday bilim olish uchun motivatsiyasini sezilarli darajada pasaytirgan. Аytib oʼtilganlar, jismoniy madaniyat sohasida oliy kasbiy taʼlimni faqat sogʼ-salomat insonlar, odatda, sobiq va amaldagi sportchilar olganlar, 10 mazkur taʼlim esa mutaxassislarning sogʼ-salomat va harakatda iqtidorli bolalar va kattalar bilan ishlashiga yoʼnaltirilgan degan xulosaga kelish imkoniny beradi. Nogironlarning muammolariga bunday eʼtiborsizlik toʼligʼicha jismoniy madaniyat sohasi vakillarining aybi sababli deb hisoblab boʼlmaydi. Biroq, aynan ular jamiyatda jismoniy madaniyat sohasini kengaytirishning, uning haqiqiy ijtimoiy ahamiyatini asoslash va isbotlashning asosiy tashabbuskorlari boʼlishlari kerak edi. Biroq, bu yerdagi ahvol ancha murakkab. Vujudga kelgan vaziyatda nogironlarni jismoniy madaniyatiring nazariy va kontseptual muammolariii yetarlicha, u ishlab chiqilmaganligi ham katta ahamiyat kasb etadi. А.V.Saxnoshg (1993) tomonidan mamlakatdagi va xorijdagi adabiѐtlarda chop etilgan hamda salomatlik, uning miqdoriy va sifat parametrlarini aniqlashga bagʼishlangan tahlili, unga «Inson salomatligi» va «Inson nogironligi» tushunchalari oʼrtasida oʼtib boʼlmas devor paydo boʼlganligini va bu ikki tushunchalar oʼzaro bir-birini inkor etuvchi sifatida tavsif qilinqanligini taʼkidlash imkonini berdi. Xususan, Butun jahon Sogʼlikni saqlash tashkilotining nizomida «faqatgina kasallik va jismoniy defektlarni yoʼqligi emas, balki toʼlaqonli jismoniy, maʼnaviy va ijtimoiy farovonlik holati» sifatida ifodalangan «Salomatlik» tushunchasi «Аbsolyut salomatlik» tushunchasi bilan deyarli tenglashtiriladi va tabiiyki, nogironda ham sogʼliq-salomatlik mavjudligi imkoniyati toʼgʼrisida oʼylab ham qoʼymaydi, chunki u ѐki bu (jismoniy ѐki ruxiy) defektga ega. Masalaning bunday qoʼyilishi, oʼz mohiyati jihatidan, insonlarning juda katta guruhiga - nogironlarga - sihat-salomatligini va insonning ratsional harakatlanish faolligi ѐki ancha umumlashgan holda aytsak, jismoniy madaniyat tashkil etgan sogʼlom turmush tarixiga ega boʼlish imkoniyatidan mahrum qilmokda. Bunga ishonch hosil qilish uchun maktabda, kollejda, oliy oʼquv yurtida, 11 u ѐki bu sport toʼgaragiga va ayniqsa, musobakalarda qatnashish uchun shifokor jismoniy tarbiya – sport faoliyatida ishtirok etish istagida boʼlganlarning salomatligi keraklicha yukori darajada ekanligini tasdiqlagani zarurligini eslash yetarli. Shunday qilib, bir qator obʼektiv shart-sharoitlar va subʼektiv faktorlar tufayli nogironlar tibbiѐt faoliyagining yaqinginada vujudga kelgan reabilitatsiya yoʼnalishi sohasiga tushib qolganlar. Tibbiy iboralar entsiklopedik lugʼatida u «organizmning buzilgan funktsiyalarini, shuningdek kasal va nogironlarniig ijtimoiy funktsiyalarini va mehnat qobiliyatini tiklashga (ѐki kompensatsiyalashga) yoʼnaltarilgan tibbiy, pedagogik va ijtimoiy tadbirlar kompleksi» sifatida taʼriflangan. Taʼrifdan «reabilitatsiya» tushunchasiga funktsional tiklanish ѐki tiklab boʼlmaydigan narsani reabilitatsiya qilish, bemor ѐki nogiron kundalik haѐtga moslashishi va mehnat jaraѐniga koʼnikishi koʼrinib turibdi. Mos ravishda, reabilitatsiyaning uchta asosiy turlarini: tibbiy, ijtimoiy (maishiy) va kasbiy (mehnat) reabilitatsiyasini ajratadilar. Tibbiy reabilitatsiya tarkibiga bemor salomatligini tiklashga yoʼnaltarilgan davolash tadbirlari va shikastlangan zarur adaptatsiyaga, readaptatsiyaga ѐki qayta kasbiy tayѐrlanishga ruhiy va maʼnaviy tayѐrlash kiradi (Osipova S.S.). Shu bilan birga shu paytgacha, u ѐki bu mutaxassis – tibbiѐtchilar oʼrtasida reabilitatsiyaning mohiyatini tushunishda turli, oʼzaro farqli fikrlar mavjud. Masalan, nevrologiyada, terapiyada, kardiologiyada reabilitatsiya deganda, eng avvalo, turli xildagi protseduralar (massaj, psixoterapiya, davolash gimnastikasi va boshqalar); travmotologiyada va ortopediyada - protezlash; fizioterapiyada - jismonan davolash, psixiatriyada – ruhiy va mehnat terapiyasi nazarda tutiladi. U ѐki bu tibbiy mutaxassislikni inobatga olgan holda bu tartib- 12 qoidalar, bir tomondan, reabilitatsiyaning maqsadi, masalalari, vositalari, usullari, tashkil etish koʼrinishlari koʼlamini kichraytiradi, ularni kasallik ѐki nogironlik turiga qarab, rasmiy tibbiѐtda umum kabul qilingan vosita va usullarga orientir beradi hamda harakatning va umuman mazkur jaraѐnda ishtirok etaѐtgan shaxsning jismoniy madaniyatini ochiq, yetarlicha baholay olmaydi; boshqa tomondan esa tibbiy reabilitatsiya davolash - kasalxona paradigmasi doirasidan chiqish yoʼlining boshida turganligini yana bir marta tasdiqlamokda. Bir necha marta tanqid ostiga (Brexman I.I., Uglov F.G., Streltsova E.V., va boshqalar) olingan davolash - kasalxona paradigmasiga koʼra, tibbiѐtning bosh maqsadi - (salomat, bemor, nogiron) insonni haѐtiy qobiliyatlarini, unig tabiat inʼom etgan va haѐt jaraѐnida mavjud boʼlgan (qolgan) gavda harakatlanish va psixik imkoniyatlarini imkon kadar maksimal rivojlantirish emas, balki aniq kasallikni kasalxonalarda, klinikalarda, oromgohlarda, reabilitatsion markazlarda mutaxassisshifokorlarni rahbarligi va kuzatuvi ostida dori-darmonlardan va tibbiy texnikadan foydalanib davolash. Bu yerdagi asosiy muammo jismoniy madaniyat, tibbiѐt, korrektsion pedagogika hamda yuqorida zikr etilgan koʼp sonli oʼquv va ilmiy fanlar boʼyicha bilimlarni jamlash va ularni birlashtirish emas, balki mohiyatiga koʼra aytib oʼtilgan soha va fanlarning har biridagi bilimlarni oʼzaro birbirini ichiga kirib borishi natijasidan iborat boʼlgan yangi bilimlarni yaratishdir. Bu oʼta murakkab masala, biroq aynan uni hal qilinishi salomatligi holatida ogʼishi boʼlgan insonni (shu jumladan u ѐki bu darajadagi nogironni ham) yaxlit qarash; uning mohiyatini oʼrganishda dixotomik deb ataladigan ѐndashuvni yengib oʼtish imkoniyatini beradi. Dixotomik ѐndashuvda inson aniq fanlarning tadqiqot usullari bilan aniqlanadigan alohida-alohida substantsiyalarga boʼlinadi. 13 Mazkur oʼquv qoʼllanmada mualliflarning ushbu yoʼnalishdagi tadqiqot natijalari keltirilgan. Obʼektning – salomatligi holatida ogʼishi boʼlgan insonning harakatlanishi faoliyati jaraѐnida oʼta murakkabligi bilan bogʼliq boʼlgan, bunday tadqiqotlarning qiyinligini yaxshi tushungan holda mualliflar qoʼllanmada keltirilgan materiallarni takomillashtirish boʼyicha tanqid, fikr, mulohaza va takliflarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. Har bir bob, baʼzan xatto boʼlim ham, oʼzlashtirilgan bilimni tekshirish uchun nazorat savollari bilan tugallanadi. Аdaptiv jismoniy tarbiya (taʼlim) mazmuni nogironlarda va salomatlik holatida ogʼishi boʼlgan shaxslarda, maxsus bilimlar, haѐtiy va kasbiy zarur boʼladigan harakatlanish malaka va koʼnikmalari kompleksini shakllantirishga, koʼp sonli asosiy jismoniy va maxsus sifatlarni rivojlantirishga, insonning turli organlari va tizimlarining funktsional imkoniyatlarini oshirish; uning genetik davrini yanada toʼlaroq amalga oshirishga va nihoyat, nogironda qolgan gavda – harakatlanish sifatlarini tiklash, saqlash va ulardan foydalanishga yoʼnaltirilgan.
25Mavzu: Adaptiv jismoniy tarbiya va sportda rejalashtrish va kompleks nazorat
Reja:
maishiy va oilaviy sharoitlarda;
oʼqish va mexnat faoliyati sharoitlarida;
dam olish va faol xordiq chiqarish sharoitlarida.

Аdaptiv sportning ( ham bazaviy, ham yuqori yutuqlar sportida) mazmuni, eng avvalo, nogironlarda (ayniqsa iqtidorli ѐshlarda) yuqori sport mahoratini shakllantirishga va ularning salomatlik holatida xuddi shunday muammosi boʼlgan insonlar bilan musobaqalarda eng yuksak natijalarga erishishga yoʼnaltirilgan. Hozirgi kunda adaptiv sport, asosan, eng katta xalqaro Paralimpiya va Maxsus Olimpiya harakatlari doirasida rivojlanmoqda. Ijtimoiy-madaniy oʼlchamlarda inson muammolarini tadqiq qilgan I. M. Bixovskayaning kontseptsiyasidan kelib chiqib aynan oʼquv–trenirovka jaraѐnida va turli musobaqalar (xalqaro musobakalarni xam inobatga olib) tizimida nogironlar majburan ishtirok etadigan adaptiv sport ularning gavdasini madaniy takomillashishi uchun eng muhim vositasi, muloqot va dialogda ikkita «MEN»ning qatnashishi xisoblangan eng kulay shartsharoitlar yaratadi (Kagan M. S.). Аdaptiv sportning asosiy masalasi, nogironning jismoniy madaniyatini shakllantirishdan, uni mazkur sohadagi ijtimoiy – tarixiy tajribaga oshno qilishdan, jismoniy madaniyatning safarbarlik (mobilizatsion), texnologik, intellektual va boshqa qadriyatlarini oʼzlashtirishdan iborat. Davlat Standartida bu fan «Аdaptiv jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiѐti» deb atalar edi) fani dasturiga kiradi. Shuning uchun taklif etilaѐtgan oʼquv-qoʼllanmaning tuzilishi ushbu akademiyaning taʼlim faoliyati tajribasini inobatga olib aniqlashtirilgan. Mualliflar «Аdaptiv jismoniy madaniyat nazariyasi va uni tashkil etish» fanini davlat standartidagi: «Jismoniy reabilitatsiya», «Аdaptiv jismoniy madaniyatning xususiy uslublari», «Аdaptiv jismoniy madaniyatni moddiy texnik taʼminoti», shuningdek oltita ixtisoslashgan fanlarning hammasi uchun bazaviy hisoblanadi. 15 1.3. Аdaptiv jismoniy tarbiya uslubiyotining tayanch kontseptsiyasi Nogironlarlarning huquqlari toʼgʼrisidagi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti deklaratsiyasida «Nogironlar ularning kelib chiqishidan, xarakteridan va mayibligining jiddiyligi darajasidan qatʼiy nazar, hurmat qilinish kabi daxlsiz huquqqa egalar: fuqarolik va siѐsiy huquqlarga, iqtisodiy va ijtimoiy taʼminot, tibbiy, ruhiy ѐki funktsional davolanish, hunarmandchilik kasbiy tayѐrgarligi va mehnat qobiliyatini tiklanishi huquqiga ega; oʼz imkoniyatlari va qobiliyatlarini maksimal namoѐn qilish imkonini beradigan hamda ularning ijtimoiy integratsiyasi va reintegratsiyasi jaraѐnini tezlashtiradigan ѐrdam va maslahatlar olish, ishga joylashish boʼyicha va boshqa turdagi xizmatlardan foydalanish huquqiga ega» deb taʼkidlangan. Faqat oxirgi oʼn yilliklardagina bizning mamlakatimizda jamiyatimiz nogironlar va salomatligi holatida aniq koʼrinib turgan, buzilishlari boʼlgan shaxslarning ulkan ijtimoiy qatlamini qayd etgan. Ekologik falokatlar, ulrushlar, kriminogen (jinoiy) vaziyat, oʼta ogʼirlashgan meros, kasalliklar, jarohatlar, ishlab chiqarishda, maishiy haѐtda, transport vositalarida va shu singarilarda mayib boʼlganlar, har yili nogironlar sonini taxminan 200000 kishiga ortishiga olib kelmoqda. Patologik (Patologiya – organizmdagi normadan chetga chiqish va kasallanish jaraѐnlarini oʼrganuvchi fan) jaraѐnlar, ularning natijasida rivojlanaѐtgan kasalliklar, bir tomondan, organizmning funktsiyalanishining yaxlitligini va tabiiyligini izdan chiqaradi, boshqa tomondan esa, nogironlarda xavotirlik, oʼziga ishonchni yoʼqotish, passivlik, oʼzini chetga olish (izolyatsiyalanganlik) ѐki aksincha, egotsentrizmga, agressivlikka, hattoki antiijtimoiy yoʼriqnomalar (Dobrovolskaya T. А., Shabalina N. B., 1992; Nechaeva N. V., Siromolotov Yu. S., 1988; PonomarEv N. I., 1996) bilan xarakterlanadigan ruhiy kamchiliklar kompleksini vujudga keltiradi. 16 Haѐtiy faoliyat, atrof muhit bilan yoʼqotilgan kontaktning tiklanishi, muvaffaqiyatli davolanish va undan keyingi korrektsiya, psixologpedagogik reabilitatsiya, bu odamlarning jamiyatga ijtimoiy-mehnat adaptatsiyasi va integratsiyasi uchun optimal sharoitlarni yaratish, bugungi kundagi birinchi darajali davlat ahamiyatiga molik masalalar qatoriga kiradi. «Nogiron», «nogironlik», «nogironni reabilitatsiyasi», «nogironning salomatligi», «nogironlarning sogʼlom turmush tarzi» tushunchalari bilan belgilangan muammolar maydoni turli bilim sohalari, faylasuflar va sotsiologlar, psixolog va pedagoglar, iqtisodchi va huquqshunos mutaxassislarning oʼrganish obʼektlariga aylandi. Biroq, nogironshunoslikning integral nazariyasi hozircha yaratilmagan (Saxno А. V., 1993). Jismoniy tarbiya sohasida keyingi yillarda Davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan nogironlarni jismoniy, ruhiy, ijtimoiy adaptatsiyasining effektiv universal vositasi sifatida muntazam jismoniy mashqlar bilan muntazam shugʼullanishlariga jalb etish uchun juda katta harakatlar amalga oshirilmoqda. Nogironlarning federatsiyalari, qoʼmitalari hayʼatlari, assotsiatsiyalari ishlab turibdi. Yangi kafedralar tuziladigan, mutaxassis-pedagoglarni tayѐrlash uchun birinchi oʼquv dasturlari ishlab chiqilgan, Diagnostik va reabilitatsion markazlar, korrektsion muassasalar, maslahat punktlari, maxsus maktabinternatlar ishlab turibdi. Klublar, toʼgaraklar, sport turlari boʼyicha terma jamoalar faoliyat koʼrsatmoqda, nogironlar uchun bayramlar, festivallar, musobaqalar oʼtkazilmoqda.

Download 424,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish