EGGning – maqsadi: organizmning barcha inpluslarini jonlantirish, tinchlik inertsiyasini engib o`tish, umumiy tonusni me’yorlantirish.
EGG – organizmni uyqu xolatidan ish faoliyatiga tayyorlashning eng qulay jismoniy mashg’ulot shakllaridan biri xisoblanadi.
EGG –mashqlar majmuasiga quydagi mashqlarni kiritish maqsadga muvofiq:
O`rinda cho`zilish mashqlari;
Nafas mashqlari;
Umurtqa pog’onasi uchun maxsus mashqlar;
O`z-o`zini uqalash va markazdan chetka yo`naltirilgan jismoniy mashqlar bilan qon almashinishini jonlantirish;
Bo`g’imlarni cho`zish uchun mashqlar;
TSiklik (aerob) mashqlar;
Nafas olish va pulsni bir me’yorga keltirish uchun yakunlovchi mashqlar.
EGG – mashqlariga osonlik bilan bajariladigan, yaxshi o`rganilgan, bajarilishi uchun kam kuch sarflanadigan mashqlar kiradi. Bu mashqlar samaradorlik me’zoni bo`lib, shug’ullanuvchilarga yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi.
Dars – o`quv mashg’ulot jarayonida mashg’ulotlarni tashkillashtirishning asosiy shakli bo`lib, u belgilangan aniq vaqt va xajm oralig’idagi ta’lim-tarbiya ishlarini ifodalaydi.
berish.
Jismoniy tarbiya daqiqasi.
Jismoniy tarbiya pauzalari charchashning rivojlanishiga yo`l qo`ymaslik, organizmning funktsional holatini yaxshilash, ishchi ritm, sur’at, diqqat-e’tibor kontsentratsiyasini yuksak darajada saqlab turish, gavdaning ishchi vaziyati va kasbiy faoliyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish, harakat tanqisligini ma’lum darajada bartaraf etish maqsadida o`tkaziladi.
Gigienik gimnastika bilan shug’ullanish organizmning salomatligini mustahkamlaydi. U kishida bardamlik, ish qobiliyatini yuqori darajada bo`lishini taominlaydi. Gigienik gimnastika ertalab, kunduz kuni, oqshom yoki uyqudan so`ng o`tkaziladi. Nogironlarda ertalabki gimnastika yakkama-yakka yoki guruh bo`lib o`tkazilishi ahamiyatli. Ular organizmning harakat apparati, yurak tomirlari, nafas olish sistemasi va boshqa organlarning ishini normallashtiradi.
Turizm – reja asosida oldindan mo`ljallangan sayohat, ekskursiya, poxod, tog’ga chiqish va sayrlardan iboratki, bunda biror neomat yaratilmay, jismoniy qobiliyat va jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aktiv dam olishga yo`naltirilgan omil deb qaraladi. Geologlar, gidrogeograflarning sayohatla-ridan ma’lumki, ular o`z sayohatlarini moddiy qiymat yaratishga maqsadida rejalashtiradilar. Jismoniy tarbiya jarayonida esa uning xususiy tomonlaridan foydalaniladi.
G'arb davlatlarida olimpiya sport turlarini rivojlantirishda bir qator asosiy yo'nalishlar vujudga kelgan. Birinchidan, olimpiya sportini rivojlantirishda davlatlarning roli o'sib bordi. Ikkinchidan, olimpiya sportiga ta'sir etuvchi monopoliyalar, korporatsiyalar, firmalarning moliyaviy ta'minoti davlat bilan birgalikda amalga oshirildi. Uchinchidan, katta sportda ilmiy-texnik taraqqiyot natijalari keng qo'llanila boshladi. To'rtinchidan, sportchilarni tayyorlash maqsadida maxsus markazlar, bir necha davlatlar birlashib mashg'ulotlar o'tkazish joylari amalda qo'llanildi. Bunda Oliy o'quv yurtlariaro Milliy assotsiatsiya, Havaskorlik atletika jamiyati, Milliy Olimpiya qo'mitasi faol ishtirok etgan. Uzoq vaqtlar bu uch tashkilot o'rtasida mustahkam aloqa bo'lmagan, chunki o'zaro kelishmovchiliklar kuchli bo'lgan edi. Moliyaviy ta'minot, milliy jamoani tarkib toptirish, Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish, boshqa xalqaro musobaqalarda qatnashish kabi masalalarda o'zaro kelisha olmaganlar. Bunday holatlarni tugatishga AQSHda «Havaskorlik sporti haqida»gi qonunning qabul qilinishi (1978) sabab bo'lgan. Shu qonun asosida AQSH MOQ mamlakatdagi barcha havaskorlik sport uyushmalarini o'ziga birlashtirib olgan. Shu sababdan, barcha masalalarni MOQ hal etadi. AQSHda Olimpiya va Panamerika o'yinlarida jamoalarning qatnashish-qatnashmasligini ham MOQ hal etadi.
1984 yil Los-Anjelesda (AQSH) o'tkazilgan XXIII Olimpiya o'yinlarida sovet sportchilari ishtirok etmagan, chunki yuqorida qayd etilgan siyosiy tahdidlar, AQSH sportchilarining Moskvadagi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmaganligiga javob tariqasida shunday xulosalarga kelingan edi. 1988 y. yozgi XXIV Olimpiya o'yinlari Seulda (Janubiy Koreya) tashkil etilgan. Sovet va AQSH sportchilari jahondagi eng kuchli sportchilarning raqobati yana davom etdi. 1992 y. Barselona (Ispaniya) shahrida XXV Olimpiya o'yinlari o'tkazilgan. Bunda sobiq sovet sportchilari so'nggi bor uyushgan terma jamoa sifatida o'yinlarda ishtirok etgan. Keyingi davrlardagi Olimpiya o'yinlarida Rossiya va sobiq respublikalar mustaqil ravishda ishtirok etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |