Meyoriy xarajatlar – bular maqsadli xarajatlar bo’lib, hisobot davri boshida
rejalashtiriladi va samarali ish olib borishda ularning kelgusi qiymati qancha
bo’lishini ko’rsatadi. Bu usul asosan «standart-kost» deb nom olgan xarajatlarni
hisobga olish tizimida ishlatiladi, va bu usul bir xil turdagi mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi korxonalarda qo’l keladi. Bu usulda ishlab chiqarishga sarf qilingan
materiallar normativ qiymatda baholanadi. Xaqiqiy baho bilan normativ qiymatda
o’rtasidagi farq hisobot davri oxirida aniqlanib, ularga tegishli tartibda tuzatishlar
kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |