O`quv materiallari



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


222 

 

13-MAVZU: “KORPORATIV TUZILMALARDA SOLIQ MENEJMENTINI 



TASHKIL ETISH” 

Reja:  

1. Soliq menejmentining iqtisodiy mohiyati, vazifalari va tasniflanishi  

2. Korporativ soliq menejmentining tashkiliy yoʻnalishlari 

3. Korporativ soliq menejmentida soliqlarni optimallashtirish usullari 

 

Tayanch so`z va iboralar: soliq majburiyatlari, soliq toʻlovchilar, soliq menejmenti, 

soliqlarni  rejalashtirish,  soliq  nazorati,  soliq  risklari,  ichki  soliq  nazorati,  soliqlarni 

optimallashtirish 

 

1. Soliq menejmentining iqtisodiy mohiyati, vazifalari va tasniflanishi  

Bozor  iqtisodiyotiga  oʻtish  jarayonida  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi 

qisqarib  boradi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  hozirgi  vaqtda  davlat  tomonidan 

iqtisodiyotni  tartibga  solishning  muhim  vositasi  sifatida  soliqlar  koʻzga  tashlanadi. 

Bunda soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotga aralashishning muhim dastagi sifatida 

namoyon  boʻlmoqda  hamda  respublikamiz  konstitutsiyasiga  asosan  «Oʻzbekiston 

Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal»

44

 qilib kelmoqda. 



Davlat  soliq  tizimi  orqali  byudjet  daromadlarini  shakllantiradi.  Boshqa 

tomondan  soliq  tushumlaridan  foydalanish  ishlab  chiqarish  bazalarini  yangilashga, 

ijtimoiy  xarajatlarini  qoplashga  yoʻnaltiriladi.  Erkin  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

soliqlar  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvining  asosiy  vositasi  sifatida  yuzaga 

chiqadi.  Bunda  soliqlar  davlat  tomonidan  joriy  etiladi  va  boshqarib  boriladi.  Davlat 

soliqlar  orqali  iqtisodiyotga  bevosita  aralashishdan  tashqari  oʻz  funksiyalarini 

bajarishi  uchun  zarur  boʻlgan  moliyaviy  resurslarga  ham  ega  boʻladi.  Davlat 

tomonidan  soliqlarning  joriy  etilishi  va  ularning  undirilish  jarayonini  boshqarib 

borish davlat soliq menejmentini anglatadi. 

Umuman,  soliqlarni  boshqarishga  moliyaviy  boshqaruvning  bir  qismi  sifatida 

qaraladi. Bunda davlat hamda soliq toʻlovchilar soliqlar bilan bogʻliq munosabatlarni 

boshqarishdagi asosiy sub’ektlar hisoblanadi. Bundan oʻz-oʻzidan soliqlar va soliqqa 

tortishning  amal  qilishida  davlatdan  boshqa  manfaatdor  tomonlar  ham  mavjudligi 

namoyon  boʻladi.  Ya’ni,  davlat  tomonidan  soliqlarning  amal  qilishini  boshqarib 

borishiga  parallel  ravishda  soliq  toʻlovchilar  tomonidan  soliqlarni  imkon  qadar 

kamroq  toʻlashga  boʻlgan  intilish  ham  manfaatdorlik  nuqtai  nazaridan  kuchayib 

boradi.  Bunda  soliqlar  ikkinchi  tomondan,  soliq  toʻlovchilar  tomonidan  ham 

boshqarilib  borilishini  koʻrish  mumkin.  Bu  jarayon  amaliyotda  soliq  toʻlovchilar 

nuqtai nazaridan soliq majburiyatlarini boshqarish sifatida baholanadi.  

Yuqorida  ta’kidlab  oʻtganimizdek,  soliqlarning  amal  qilish  jarayonida  davlat 

va  soliq  toʻlovchilar  soliqlarni  boshqarish  orqali  oʻz  faoliyat  samaradorligini 

oshirishga  intilishini  anglashimiz  mumkin.  Yana  shu  oʻrinda  soliqlar  boʻyicha 

manfaatdor  tomonlar  sifatida  investorlar,  iste’molchilar,  soliq  organlari,  davlat 

moliya xizmati organlari va boshqalarni ham keltirishimiz mumkin.  

                                                           

44

 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. 123-модда. – Т.: «Ўзбекистон», 2015. 




223 

 

Investorlar  uchun,  avvalambor,  soliq  qonunchiligining  barqarorligi,  oʻzgarish 



ehtimoli,  soliq  risklari  boʻyicha  yondashuvning  aniqligi  asosiy  e’tibor  qaratiladigan 

jihatlar  hisoblanadi.  Iste’molchilar  esa  narx  ustiga  bevosita  qoʻshiladigan  soliqlar, 

xususan qoʻshilgan qiymat soligʻining qisqarishidan manfaatdor boʻladi.  

Davlat  soliq  xizmati  organlarining  faoliyati  soliqlarni  oʻz  vaqtida  va  toʻliq 

undirishni  ta’minlash  orqali  soliq  qonunchiligining  ijrosini  ta’minlashga 

qaratilganligi  uchun  soliq  organlari  ham  oʻz  navbatida  bu  jarayondan  manfaatdor 

tomon  hisoblanadi.  Soliqqa  tortish  jarayonida  soliq  toʻlovchilar  va  soliq  organlari 

oʻrtasida  ishonchli  munosabatlarni  yuzaga  keltirish  soliq  toʻlovchi  uchun  turli  xil 

kutilmagan  soliq  tekshiruvlarining  oldini  olsa,  soliq  organlari  uchun  esa  soliqlar  va 

ularga  tenglashtirilgan  toʻlovlarning belgilangan  vaqtda hamda  toʻliq  hajmda  davlat 

byudjetiga kelib tushishini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Davlat  moliya  xizmati organlari esa soliqlarni  undirish  jarayonida  xarajatlarni 

imkon qadar kamaytirishga harakat qiladilar. Bu holat soliqlarning arzonlilik tamoyili 

bilan  birga  soliq  organlari  faoliyatini  moliyalashtirishni  tartibga  solishni  anglatadi. 

Soliqlar  boʻyicha  manfaatdor  tomonlarning  amal  qilish  natijasida  hukumat  soliq 

tushumlarini  oshirib  borishga  intilishdan  tashqari,  investitsiyalarni  jalb  qilish  va 

mavjudlarini  ushlab  turishga  harakat  qiladi.  Bu  holatda  investitsiyalar  harakati 

mamalakat  miqyosida  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  bilan  birga  qoʻshimcha  soliq 

tushumlari uchun xizmat qilishi bilan izohlanadi.  

Soliq  toʻlovchilarning  soliqlarni  boshqarish  orqali  soliqlarni  kamaytirishga 

qaratilgan  chora-tadbirlari  bilan  bir  vaqtda  davlat  soliqlardan  qochish  holatlarini 

bartaraf  etishga,  kapitallarning  koʻchishiga  qarshi  kurashga,  kompaniyalarning 

boshqa  davlatlarda  olgan  foydalarini  ham  soliqqa  tortish  boʻyicha  chora-tadbirlar 

belgilashga intiladi. 

Bizga  ma’lumki,  soliqlar  va  soliqqa  tortish  sohasida  boshqarish  tushunchasi 

davlat va korxonalar miqyosida oʻxshash, ham bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar 

sifatida namoyon boʻlishini koʻrishimiz mumkin. Ya’ni, davlat tomonidan soliqlarni 

boshqarish soliq tizimini tartibga solish hamda soliqlarni belgilangan muddatlarda va 

toʻliq tegishli byudjetlarga tushishini ta’minlashga qaratilsa, soliq toʻlovchilar bunga 

qarama-qarshi  ravishda  soliq  majburiyatlarini  boshqarish  orqali  soliqlarni  imkon 

qadar  (qonunchilikdan  chiqmagan  holda)  kechroq  hamda  kamroq  toʻlashga 

intiladilar. Bu holatga bozor iqtisodiyoti qonuniyati sifatida yondashishimiz lozim.  

Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  soliq  menejmenti  tushunchasiga 

soliqlarni va soliqqa tortish jarayonini boshqarish sifatida qarash lozim va bu jarayon 

davlat hamda korxonalar miqyosida tashkil etilishiga e’tiborni qaratishimiz maqsadga 

muvofiq.  Bunda  soliqlarni  boshqarishning  xususiyatlari  sifatida  quyidagilarni  qayd 

etib oʻtish mumkin:  

-  birinchidan,  soliqlarni  boshqarish  –  zamon  va  makonda  uzluksiz  amalga 

oshirib  boriladigan  jarayon  boʻlib,  “soliq  makoni”  tushunchasi  barcha  soliq 

munosabatlarini oʻzida aks ettiradi

-  ikkinchidan,  soliqlarni  boshqarish  bu  aniq  iqtisodiy,  moliyaviy,  ijtimoiy 

natijalarga erishish uchun soliqlar va soliqqa tortishga ta’sir etadigan aniq maqsadga 

yoʻnaltirilgan jarayondir; 



224 

 

-  uchinchidan,  bu  natijalarga  erishish  uchun  aniq  maqsad  va  vazifalar 



qoʻyilishi,  rejalashtirish,  tashkil  etish,  muvofiqlashtirish,  soliq  majburiyatlarining 

belgilangan  tartibda  bajarilishini  ta’minlash  maqsadida  ta’sir  choralarini  koʻrish  va 

nazorat kabilar amalga oshiriladi. 

Soliqlar va soliqqa tortish doimiy harakatdagi, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy 

va  boshqa  jarayonlar  ta’siriga  duch  keladigan,  davlat  tomonidan  doimiy  boshqarib 

boriladigan rivojlanishdagi tizim hisoblanadi.  

Soliqlarning koʻproq davlat miqyosidagi huquqiy tushuncha ekanligidan kelib 

chiqqan  holda  dastlab  davlat  tomonidan  soliqlarni  boshqarish  haqida  toʻxtalib 

oʻtamiz. 

Xoʻjalik  yuritishning  bozor  sharoitida  davlat  tomonidan  soliqlarni  boshqarish 

davlat  ahamiyatiga  ega  ilmiy-amaliy,  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarni  hal  qilishda 

alohida  dolzarblik  kasb  etadi.  Bundan  davlat  miqyosida  soliqlarni  boshqarishning 

toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi makroiqtisodiy darajada iqtisodiyotga oʻzining ijobiy ta’sirini 

koʻrsatishini  koʻrish  mumkin.  E.N.Evstigneev  asoslaganidek,  «Davlat  soliq 

menejmenti – davlatning bevosita funksiyalaridan biri va uning iqtisodiy siyosatining 

muhim  elementidir»

45

.  Korxonalar  miqyosida  soliqlar  boʻyicha  pul  oqimlarini 



boshqarishning  ahamiyatini  soliqlar  va  majburiy  ajratmalar  boʻyicha  toʻlovlarni 

tejash orqali xoʻjalik sub’ektlari moliyaviy barqarorligini oshirishida koʻrish mumkin. 

Bu  borada  ham  E.N.Evstigneev  ta’kidlaganidek,  «Korporativ  soliq  menejmenti  – 

korxona  va  tashkilotlar  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyatining  ajralmas  qismi  boʻlib,  soliq 

toʻlovchi tomonidan soliq yukini kamaytirishning qonuniy vositasidir»

46

.  



Davlat  tomonidan  soliqlarni  boshqarishning  ahamiyatini  oʻz  boshqaruv 

funksiyalarini  moliyaviy  ta’minlash  orqali  mamlakat  taraqqiyotiga  zamin  yaratishi 

bilan izohlash mumkin.  

Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  davlat  soliq  menejmenti  mohiyatini 

davlatning  soliqlar  amal  qilishi  boʻyicha  umumiy  prinsiplar,  metodologik  qoidalar 

ishlab chiqish orqali soliq munosabatlarini tartibga solish borasidagi faoliyat sifatida 

koʻrish mumkin.  

Davlat  tomonidan  soliqlarni  boshqarishning  muhimligini  soliqlar  jamiyatdagi 

iqtisodiy  munosabatlar  vositasi,  davlatning  daromadlarini  ta’minlaydigan,  iqtisodiy 

va ijtimoiy jarayonlardagi takror ishlab chiqarishni tartibga soladigan manba ekanligi 

bilan  ham  bogʻlashimiz  mumkin.  Bundan  soliqlarni  davlat  tomonidan  boshqarib 

borish zarurati kelib chiqadi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.  

Davlat soliq tizimini, soliqqa tortish sohasini tartibga solib turadi va shu orqali 

davlat  jamiyatdagi  boshqa  koʻplab  oʻzaro  bogʻliq  sohalarni  moliyaviy  jihatdan 

ta’minlaydi va bundan oʻz-oʻzidan soliqlar va soliqqa tortish sohasini boshqa sohalar 

taraqqiyotiga  hisssa  qoʻshuvchi  markaziy  boʻgʻin  sifatida  koʻrishimiz  mumkin. 

Davlat  soliqlarni  boshqarib  borish  orqali  soliqlar  va  soliqqa  tortish  sohasining  fan, 

iqtisodiyot, moliya, siyosat, huquq, ta’lim, ijtimoiy jarayonlar, madaniyat, etika yoki 

boshqa  sohalar  bilan  toʻgʻridan-toʻgʻri  bogʻliqligidagi  ahamiyatini  yanada  oshiradi. 

Ya’ni bunda aynan davlat tomonidan soliqlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini 

                                                           

45

Евстигнеев Е.Н. Налоги и налогообложение. 2-е изд. – СПб.: «Питер», 2006. – С. 223. 



46

Евстигнеев Е.Н. Налоги и налогообложение. 2-е изд. – СПб.: «Питер», 2006. – С. 224. 




225 

 

tashkil etish jamiyat miqyosidagi boshqa koʻplab sohalarning moliyalashtirilishiga va 



shu orqali ularning rivojlanishiga erishiladi. 

Umuman  olganda,  davlat  soliq  menejmenti  soliq  toʻlovlarini  undirishni 

samarali tashkil etish jarayonlariga yoʻnaltiriladi. Respublikamizda davlat tomonidan 

soliqlarni  boshqarishni  boshqaruv  ta’siri  koʻlamiga  koʻra  respublika  va  mahalliy 

darajalarga  boʻlishimiz  mumkin.  Bunday  tasniflanishni  soliqlarning  tegishli 

byudjetlarga biriktirilganligidan  kelib chiqqan holda izohlash mumkin.  

Soliq  toʻlovlari  korxona  pul  oqimlarida  salmoqli  ulushga  ega  hisoblanadi.   

Soliqlarning   xoʻjalik   sub’ektlari   moliyaviy   holatiga ta’sirini hisobga olgan holda 

qabul  qilingan  qarorlar  biznes  taqdirini  belgilab  berish  bilan  birga  uning  oʻsish  va 

rivojlanish  imkoniyatlarini  ham  belgilab  beradi.  Soliqlar  va  ularga  tenglashtirilgan 

toʻlovlar  boʻyicha  davlat  byudjeti  bilan  hisob-kitoblardagi  har  qanday  xato  yoki 

kamchilik  korxona  uchun  qoʻshimcha  moliyaviy  hisoblashishlarni  yuzaga  keltirishi 

va jiddiy moliyaviy yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin.  

Korporativ  tuzilmalar  tomonidan  soliqlar  boʻyicha  jiddiy  xatolar  yoki  soliq 

huquqbuzarliklariga yoʻl qoʻyilishining oldini olish, soliqlar boʻyicha majburiyatlarni 

qonuniy  yoʻllar  va  usullardan  foydalangan  holda  maksimal  darajada  kamaytirishni 

yoʻlga  qoʻyish  moliyaviy  barqarorlik  va  iqtisodiy  xavfsizlikni  ta’minlashda  muhim 

ahamiyat kasb etadi.  

Bunga erishish uchun korxona oʻz faoliyatini yuritish davomida soliqqa tortish 

jarayoni  bilan  bevosita  bogʻliq  hamda  ob’ektiv  zaruriyat  boʻlgan  korxonalar 

miqyosida soliq menejmentini samarali tashkil etish lozim boʻladi.  

Koʻplab rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari faoliyatida soliq menejeri oʻz 

vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda  soliqlarni  rejalashtirish  va  optimallashtirish  bilan 

shugʻullanishini  koʻrish  mumkin.  Natijada  korxona  rahbariyati  tomonidan  qarorlar 

qabul  qilishda  soliq  menejerlarining  soliq  toʻlovlarini  amalga  oshirish  borasidagi 

qarorlariga  alohida  e’tibor  qaratiladi  va  yil  yakunida  bu  qarorlarning  samaradorligi 

baholanadi.   

Shu  oʻrinda  alohida  ta’kidlab  oʻtishimiz  kerakki,  davlat  soliq  menejmenti  va 

korporativ  soliq  menejmenti  soliqlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  kategoriya  sifatida 

majburiyat koʻrinishida amal qilishiga qaramasdan oʻzaro yaqin tushunchalar emas. 

Buni  davlat  soliq  menejmenti  va  korporativ  soliq  menejmentining  maqsadlaridagi 

ob’ektiv  qarama-qarshilikda  koʻrishimiz  mumkin.  Yana  shuni  ham  alohida 

ta’kidlashimiz  lozimki,  ularning  yagona  maqsadi  –  jamiyatda  soliqlar  va  soliqqa 

tortishni umumiy boshqarish boʻlib, ular oʻzaro qarama-qarshi yoʻnalishda aks etadi. 

Ya’ni  davlat  soliq  menejmenti  davlat  manfaatlarini  koʻzlaydi,  korporativ  soliq 

menejmenti esa konkret tashkilot, konkret jamoa manfaatlaridan kelib chiqadi.  

Soliqlarni  boshqarish  jarayonida  korporativ  soliq  menejmenti  davlat  soliq 

menejmentiga nisbatan tobelik, boʻysunuvchanlik xarakteriga ega. Chunki korxonalar 

davlat  tomonidan  oʻrnatilgan  soliq  qonunchiligi  doirasida  oʻzlarining  soliq 

majburiyatlarini boshqarib boradi.  

Korxonalar  miqyosida  soliqlarni  boshqarish  va  davlat  tomonidan  soliqlarni 

boshqarishning  oʻzaro  bogʻliq  sohalari  sifatida  soliqlarni  prognozlash  (davlat 




226 

 

miqyosida) yoki rejalashtirish (korxona miqyosida), soliqlarni tartibga solish va soliq 



nazorati keltirib oʻtiladi. 

Korxonaning  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyati  davomida  davlat  byudjeti  bilan 

soliqlar  boʻyicha  hisob-kitoblarda  xatolarga  yoʻl  qoʻyish  korxona  uchun  jiddiy 

moliyaviy  yoʻqotishlarga  aylanishi  haqida  yuqorida  ham  ta’kidlab  oʻtdik. 

Oʻzbekistondagi  haqiqiy  holat  tadbirkorlik  faoliyatini  soliqqa  tortishning  va  soliq 

qonunchiligining  oʻzgaruvchanligi  va  shu  kabi  boshqa  holatlardan  kelib  chiqqan 

holda korporativ soliq menejmenti keng doirada yoʻlga qoʻyilmagan. Bugungi kunda 

biznes  faoliyatining  borishi  davomida  ba’zi  bir  shartnomalarning  qancha  foyda 

keltirishi va bu boʻyicha qancha soliq toʻlanishi talab qilinishini hisobga olmaganda 

korxonalar  miqyosida  soliqlarni  boshqarish  deyarli  koʻzga  tashlanmaydi.  Soliq 

toʻlovlari  korxonaning  barcha  ishlab  chiqarish  va  xoʻjalik  faoliyatini  qamrab  olib, 

narx  shakllanishidagi  barcha  elementlarga,  ishlab  chiqarish  samaradorligiga  ta’sir 

koʻrsatadi,  shuningdek  biznes  qarorlarini  qabul  qilish  boʻyicha  oʻz  ta’sirini 

koʻrsatadi. 

Amaliyotda  soliqlar  iqtisodiy  tartibga  solishning  muhim  vositasi  sifatida 

koʻzga  tashlanadi.  Jiddiy  moliyaviy  qarorlar  hech  qachon  soliqlarni  hisobga 

olmasdan  qabul  qilinmaydi.  Korxonada  doimiy  ravishda  asosiy  funksiyasi  mazkur 

korxona  faoliyatini  soliq  nuqtai  nazaridan  kuzatish  va  tahlil  qilish  boʻlgan  ichki  va 

tashqi  mutaxassislar  boʻlishi  lozim.  Agar  soliqlar  korxona  asosiy  strategiyasida 

e’tiborga olinmasa, kimdir ularni oʻz vaqtida va toʻgʻri hisoblashi, shuningdek ularni 

optimallashtirish  boʻyicha  chora-tadbirlar  qabul  qilishi  kerak.  Soliq  toʻlovchilarda 

«Agarda  soliqlarni  toʻlamaslik  mumkin  emas  ekan,  unda  mumkin  qadar  kamroq 

toʻlash kerak»  degan  yondashuvni  shakllantirish  barcha  xoʻjalik  sub’ektlarining  oʻz 

soliq  majburiyatlarini  taqiqlanmagan    qonuniy    usullar    yordamida  kamaytirishini 

bozor iqtisodiyoti talab etadi va bu ularning huquqi sifatida asoslanadi.  

Umuman,  korxonalarda  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilishda  amaldagi  soliq 

qonunchiligi,  shuningdek  soliq  toʻlovchilar  faoliyatini  nazorat  qiluvchi  va  turli  xil 

sanksiyalarni  qoʻllash  huquqiga  ega  soliq  organlari  faoliyati  hisobga  olinishi 

maqsadga muvofiq.  

Xulosa  sifatida  shuni  ta’kidlash  mumkinki,  korporativ  soliq  menejmenti 

moliyaviy  menejmentning  muhim  tarkibiy  qismi  sifatida  hamda  amaliyotga 

moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining muhim boʻgʻini sifatida kirib borishi kerak. Xoʻjalik 

yurituvchi  sub’ektlarda  soliq  majburiyatlarini,  umuman  soliqlarni  boshqarish 

boʻyicha  mutaxassislar  (soliq  menejeri,  soliq  maslahatchisi)  eng  ahamiyatli  figura 

sifatida yuzaga chiqishi lozim.  


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish