doimiy, yarim o’zgaruvchan, yarim doimiy xarajatlar kabi atamalardan
foydalaniladi.
O’zgaruvchan xarajatlar deb mahsulot hajmi o’zgarishiga proportsional
ravishda o’zgaradigan xarajatlarga aytiladi. Ularga misol tariqasida asosiy materiallar,
asosiy ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi kabi xarajatlarni keltirish mumkin.
Masalan, bir birlik mahsulot uchun 2 kg material sarflanishi kerak bo’lsa, 1000 birlik
uchun 2000 kg, 2000 birlik mahsulot uchun esa 4000 kg va h.k. material xarajatlari
bo’ladi.
Doimiy xarajatlar esa ishlab chiqarishning turli hajmlari uchun o’z-garishsiz
qoladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga misol tariqasida bino bo’yicha
amortizatsiya ajratmalarini, rahbar xodimlar ish haqi, bino ijarasi kabilarni keltirish
mumkin.
Ba’zi xarajatlar esa ma’lum bir ishlab chiqarish hajmida doimiy bo’lgani holda
ishlab chiqarish hajmi sezilarli o’zgarsa, ular ham o’zgaradi. Masalan, bitta tsex
uchun bir xona ijaraga olingan, deb faraz qilaylik. Ikkita tsex uchun esa ikkita xona
ijaraga olinishi kerak bo’lsa, xarajatlar keskin ikki barobarga o’sadi, ya’ni bunda
xarajatlar sakrab – pog’onasimon o’zgaradi. Bunday ma’lumotlar ishlab chiqarish
hajmi va unga bog’liq xarajatlar haqida qarorlar qabul qilish uchun muhimdir.
Ba’zan qaror qabul qilishda qaysi xarajatlar bu qaror bilan bog’lig’u, qaysilari
bog’liq emas, degan savolga javob berishga to’g’ri keladi. Masalan, omborda bir
necha yillar oldin harid qilingan 100000 so’mlik material mavjud, deb faraz qilaylik.
Ana shu materialdan mahsulot tayyorlashga buyurtma berish-moqchi, lekin
buyurtmani tayyorlash uchun 200000 so’m sarflash kerak. Materialning narxini
inobatga olsak, jami xarajatlar 300000 so’mni tashkil qilmoqda. Buyurtmachi esa
mahsulotga 250000 so’m to’lamoqchi bo’lyapti. Xo’sh, buyurtmani qabul qilish
kerakmi yoki yo’qmi? Bu savolga javob berish uchun qaysi xarajatni ushbu holda
hisobga olish kerak, qaysinisini hisobga olmaslik kerakligini aniqlash talab etiladi.
Agar materialning eski ekanligini va uni material holida sotish imkoni yo’qligini,
buning ustiga unday foydalanish uchun boshqa buyurtma yo’qligini inobatga olsak,
ushbu buyurtma eng foydali buyurtma deyish mumkin. Bu qarorni asoslash uchun esa
xarajatlarni qaror qabul qilishda inobatga olinadigan va inobatga olinmaydiganlarga
bo’lish eng ma’qulidir. quyida shu turkumlash asosidagi hisob-kitoblar keltiriladi va
u yuqoridagi qarorning to’g’riligini isbotlaydi:
210
Do'stlaringiz bilan baham: |