O`quv materiallari



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

Toʻrtinchi  bosqichda  zarurhujjatlar  bankka  taqdim  etilgandan  soʻng  qarz 

oluvchini  baholash  jarayoni  boshlanadi  va  asosiy  e’tibor  kreditga  layoqatlilikni 

aniqlashga yoʻnaltiriladi. 

Odatda  banklar  qarz  oluvchi  va  kredit  arizasi  boʻyicha  koʻp  tomonlama 

ekspertiza oʻtkazadi. Bu jarayonda asosiy uchta omillar guruhi baholanadi: huquqiy, 

moliyaviy va boshqa ijtimoiy omillar. 

Huquqiy omillar tahlili jarayonida yuridik xizmat ta’sis hujatlarini, bank bilan 

shartnoma imzolash vakolatiga ega mansabdor shaxslar vakolat doiralarini, ta’minot 

boʻyicha  hujjatlarni  tekshirib  chiqadi.  Agarda  kredit  investitsion  loyihalarni 

moliyalashtirish uchun, aniq shartnoma va kelishuvlar boʻyicha hisob-kitoblar uchun 

moʻljallangan boʻlsa bank majburiy tartibda bu hujjatlar boʻyicha yuridik ekspertiza 

oʻtkazadi. 

Moliyaviy baholash biznes-reja ma’lumotlari va korxona moliyaviy hisobotlari 

asosida  oʻtkaziladi.  Har  bir  bank  oʻz  uslubi  boʻyicha  baholashni  amalga  oshiradi, 

lekin aniqlanadigan koʻrsatkichlar barcha banklar uchun amalda bir xil  – likvidlilik, 

rentabellik,  toʻlovga  layoqatlilik  koeffitsientlari.  Amaliyotda  koʻplab  banklar  tovar 

realizatsiyasi  boʻyicha  tushum,  bozorda  egallagan  ulushi  va  boshqa  baholash 

mezonlari  asosida  korxonaning  faoliyat  koʻlamiga  ham  jiddiy  e’tibor  qaratadi. 

Shuningdek,  qarz  oluvchi  korxonaning  asosiy  hamkorlari,  ta’sischilari,  shoʻ’ba 

korxonalari ham oʻrganib chiqiladi. 




132 

 

Boshqa ijtimoiy omillarga korxonaning nufuzi, kredit tarixi va boshqaruv sifati 



kabilarni kiritish mumkin.  

Umuman,  mamlakatimiz  va  xalqaro  bank  amaliyotida  qarz  oluvchining 

kreditga layoqatliligini baholash mezonlari sifatida quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 

- qarz oluvchi korxona faoliyatining qonuniyligi

- qarz oluvchi korxonada boshqaruv sifat darajasi; 

- kredit amal qilish muddatidagi shart-sharoitlar; 

- kreditning ta’minlanganligi; 

-  korxonaning  xususiy  kapitali  holati  va  moliyalashtirilayotgan  operatsiyaga 

oʻz kapitalini yoʻnaltirish darajasi; 

-  kredit  olgach  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyati  davomida  qarzni  uzish  uchun  pul 

oqimi harakatining tashkil etilish sifati. 

Barcha  banklarda  kredit  taqdim  etish  jarayoni  deyarli  bir  xil.  Bank 

xizmatchilari  taqdim  etilgan  hujjatlarni  koʻrib  chiqadi  va  oʻz  xulosalarini  beradi. 

Agar  xulosalar  ijobiy  boʻlsa,  kredit  taqdim  etish  toʻgʻrisidagi  masala  bank  kredit 

qoʻmitasiga  koʻrib  chiqish  uchun  taqdim  etiladi.  Kredit  qoʻmitasi  tasdiqlagach, 

korxona  bilan  kredit  shartnomasi  tuziladi.  Shu  oʻrinda  ta’kidlash  kerakki,  mahalliy 

korxonalarda loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit resurslariga boʻlgan talab juda 

yuqori. 


Tijorat 

banklarining 

investitsiya 

faoliyati 

kengaytirilishini 

yanada 


ragʻbatlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 

qayta  jihozlashga  yoʻnaltirilgan  uzoq  muddatli  investitsiya  loyihalarini  moliyalash 

hajmlarini  oshirish  uchun  ularning  resurs  bazasini  mustahkamlash  maqsadida  2009 

yil  28  iyulda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Tijorat  banklarining 

investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlari 

ulushini  koʻpaytirishni  ragʻbatlantirish  borasidagi  qoʻshimcha  chora-tadbirlar 

toʻgʻrisida” gi PQ-1166 sonli Qarori qabul qilingan edi va unga koʻra: 

-  zamonaviy  sharoitda  yangi  ishlab  chiqarishlarni  tashkil  etish,  korxonalarni 

modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha bankning kredit 

hamda  investitsiya  siyosatini  va  investitsiya  loyihalarini  uzoq  muddatli  kreditlash 

mexanizmlarini yanada takomillashtirish

-  investitsiya  loyihalarini  moliyalashga  oʻz  moliya  mablagʻlarini  sarflash  va 

ulardan  samarali  foydalanish,  loyihalarning  amalga  oshirib  borilishini  doimiy 

monitoring  qilish,  qoʻyilgan  mablagʻlarning  oʻz  vaqtida  va  toʻliq  qaytarilishini 

ta’minlash; 

- tavakkalchilik, garovlar va ta’minlashning boshqa turlari bozor qiymatini puxta 

baholashni  hisobga  olgan  holda,  berilgan  kreditlarning  oʻz  vaqtida  hamda  toʻliq 

qaytarilishini ta’minlaydigan ishonchli mexanizmlardan keng foydalanish; 

-  investitsiya  faoliyatini  amalga  oshirayotgan  banklar  boʻlinmalarini 

professional  tayyorlangan  yuqori  malakali  kadrlar  bilan  mustahkamlash, investitsiya 

loyihalarini  tanlab  olish,  ekspertiza  qilish  va  amalga  oshirish  masalalari  boʻyicha 

bank  mutaxassislarini  qayta  tayyorlash  hamda  malakasini  oshirish  sifatini  tubdan 

yaxshilash  kabi  vazifalar  investitsiya  faoliyatini  kengaytirish  sohasida  tijorat 

banklarining  eng  muhim  vazifalari  hisoblanishi  belgilangan  edi.  Shuningdek,  2015 




133 

 

yilning  1  yanvarigacha  tijorat  banklari  kredit  portfeli  tarkibida  quyidagi  jadvalga 



muvofiq 

uzoq 


muddatli 

investitsiyaviy 

moliyalashning 

ulushiga 

qarab 

tabaqalashtirilgan  stavkalar  boʻyicha  foyda  soligʻi  toʻlashlari  belgilab  qoʻyilgan  edi 



(9-jadval). 

9-jadval 




Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish