O'quv ishlari bo’yicha prorektor



Download 0,7 Mb.
bet44/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

birinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining muhim davlat qarorlarini qabul qilishdagi о‘rni va ta’sirini kuchaytirish;

  • ikkinchidan, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning farovonligini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishini yuksaltirish;

  • uchinchidan, NNT larning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga yо‘naltirilgan kompleks choralarni amalga oshirish, NNT lar va boshqa fuqarolik institutlarini institusional rivojlantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga yо‘naltirilganligini ta’kidlash mumkin.




    1. Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyatining konstitusiyaviy negizlari.

    Mahalla instituti bir necha asrlik qadimiy tarixga ega bо‘lsada, uning huquqiy asoslari yaratilgan va jamiyat boshqaruvida о‘ziga xos vakolatlarga ega bо‘lgan davri - mamlakatimizning mustaqillikka erishgan davri hisoblanadi.
    Dunyoning aksariyat rivojlangan davlatlarida mahalliy doirada barcha ishlar saylov asosida shakllantiriladigan yoxud mahalliy boshqaruv organi sifatida markazdan maxsus tayinlanadigan mahalliy о‘zini о‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Yevropa Kengashi tomonidan 1985 yilning 15-oktabrida tasdiqlangan “Mahalliy о‘zini о‘zi boshqarish bо‘yicha Yevropa xartiyasi”da deyarli barcha demokratik davlatlarda yalpi ravishda qabul qilingan mahalliy о‘zini о‘zi boshqarish tizimi tо‘g‘risida umumiy tushuncha berilgan. “Xartiya”da qayd etilganidek, mahalliy о‘zini о‘zi boshqarish - jamoat ishlaridan muayyan qismini qonun doirasida va о‘z mas’uliyati ostida hamda aholi manfaatlari yо‘lida boshqarish, nazorat qilish borasida mahalliy hamjamiyatlarning huquq va layoqati demakdir.



    Mahalla – (arabcha “mahalla” – о‘rin, joy, makon) – О‘zbekistonning muayyan tarixiy sharoitida, asrlar davomida shakllanib faoliyat kо‘rsatayotgan aholi yashayotgan ma’muriy-hududiy birlik, uyushma.

    Mustaqillik yillaridan boshlab mamlakatimizda ham mahalliy о‘zini о‘zi boshqarish tizimi shakllanishi va izchil ravnaq topishiga jiddiy e’tibor qaratib kelinmokda. Bunda, avvalo, О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov kо‘p bora ta’kidlaganidek, fuqarolarning о‘z turmush va butun jamiyat hayotini boshqarish va tashkil etish borasidagi fuqarolik jamiyati tamoyillariga tо‘liq mos keluvchi faol ishtiroki uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, g‘arbdagilar uchun notanish, ammo milliy tabiatimizga mos bо‘lgan о‘zini о‘zi boshqaruv usuli - mahallani rivojlantirish hamda uning mavqeini oshirish mamlakatimiz siyosiy va davlat qurilishining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida belgilanganligi alohida e’tiborga sazovordir.


    Mahallalar 1917 yilgacha bо‘lgan davrda juda keng ish olib borib, mahalliy aholini birlashtiruvchi, uyushtiruvchi tashkiliy tuzilma bо‘lgan. Mahalla о‘zbek xalqining kundalik ijtimoiy hayotini va turmushini tashkil qilishda izlab topgan va shakllari bilan sharqona fikrlash, ish kо‘rish tarzi kabi xalqimizning о‘ziga xos fazilatlarini aks ettiradi. Mahallalar aholini ahl-totuv yashashga, sitqidildan mehnat qilishga, kasb о‘rganishga, shular orqali hayot kechirishni yengillashtirishga chaqiradi.


    Mustaqillik sharofati о‘laroq, mahalla о‘zining real huquqiy maqomini oldi. Endiliqda milliy davlatchiligimiz tarixida birinchi marotaba mahalla konstitusiyaviy institut maqomiga ega bо‘ldi. Bu maqom О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 105-moddasida mustahkamlab qо‘yildi.
    Konstitusiyada belgilab berilgan ushbu qoidalar asosida 1993 yil 2- sentyarbda “Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan fuqarolarning о‘zini-о‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish tartiblari, vakolat doirasi hamda faoliyati sohasidagi munosabatlar tartibga solindi.
    Bu jarayonda bevosita fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari zimmasiga ham kо‘plab vakolatlar о‘tkazib borildi. Bu esa amaldagi Qonunni yanada takomillashtirish, fuqarolar yig‘inlariga berilgan vakolatlarni amalga oshirish mexanizmlarini qonun bilan tartibga solish zaruratini keltirib chiqardi. Shu bois “Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari tо‘g‘risida”gi Qonun 1999 yil 14-aprelda yangi tahrirda qabul qilindi.
    Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ni saylash jarayoni ham fuqarolar yig‘ini faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy omillaridan biri hisoblanib, ushbu jarayonni yanada tartibli о‘tkazish, uning aniq meyorlarini joriy qilish maqsadida 2004 yil 29-aprelda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tо‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining asosiy prinsiplari, saylovga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish tartib qoidalari hamda nomzodlarga qо‘yiladigan talablar kо‘rsatib о‘tildi.
    Xususan, Konsepsiyaning 5-yо‘nalishida fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari kо‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan о‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi qayd etilib, bu vazifani hal qilishda uchta asosiy masala kо‘rsatib berildi. Bular:

    1. Aholini manzilli ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashni amalga oshirishda fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari rolini oshirish.

    2. Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazorati sohasidagi funksiyalarini yanada kengaytirish.

    3. Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlarini xususiy tadbirkorlik, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga aylantirish kabilarni о‘z ichiga oladi.

    Konsepsiya ijrosi yuzasidan 2013 yil 22-aprelda “Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari tо‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tо‘g‘risida”gi Qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.
    Yangi tahrirdagi “Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari tо‘g‘risida”gi Qonunda fuqarolar yig‘inlariga tegishli hududdagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfatlariga rioya etilishi hamda kommunal xizmat kо‘rsatish korxonalari tomonidan kommunal xizmatlar kо‘rsatish sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bо‘yicha qо‘shimcha vakolatlar berish nazarda tutildi.
    Shuningdek, yangi tahrirdagi Qonunda fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlarining aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalari yanada chuqurlashtirilib, bandlikka kо‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashga muhtoj kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni aniqlash, fuqarolarning bandligiga kо‘maklashishi haqidagi normalar kiritildi.
    Mazkur Qonunning 18-moddasida fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yо‘nalishlari bо‘yicha 8 ta komissiyalar tuzilishi belgilab qо‘yildi.
    Bundan tashqari, tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yо‘nalishlari bо‘yicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
    Ushbu komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish orqali mahallannig jamiyat hayotidagi о‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7- oktabrdagi 274-sonli qarori bilan yuqoridagi komissiyalarning namunaviy Nizomlari tasdiqlab berildi.
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 12 fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida о‘tkazgan yig‘ilishda Mahalla va oila masalalari vazirligini tashkil etish taklifini bildirib, - “Oila – muqaddas” degan azaliy va ezgu g‘oya qadrsizlanib, ming yillik milliy qadriyatlarimiz zavol topar ekan, bu kabi og‘riqli holatlarni kamaytirib bо‘lmaydi. Buning uchun mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqishi kerak. Chunki faollar, kо‘pni kо‘rgan oqsoqollar, tajribali nuroniylarimiz, agar istasa, jamoatchilik bilan birgalikda har qanday muammoni hal qilishga, xato qilgan yoshlarni tо‘g‘ri yо‘lga solishga qodir, – degan fikrni bildirib о‘tdi.
    Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda qadimiy va noyob boshqaruv shakli bо‘lgan mahalla institutini har tomonlama rivojlantirishga, uning vakolatlarini yanada kengaytirishga hamda qonunchilik tizimida belgilab berilgan vakolatlardan yanada samarali foydalanishga kо‘maklashish borasida olib borilayotgan amaliy tadbirlar natijasida fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi о‘rni yanada mustahkamlanib bormoqda.

    Download 0,7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish