O'quv ishlari bo’yicha prorektor


Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yо‘nalishi



Download 0,7 Mb.
bet52/115
Sana08.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#536212
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115
Bog'liq
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yо‘nalishi kam ta’minlanganlarni ijtimoiy himoya qilish va qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilishdan iborat bо‘ldi. Shu munosabat bilan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning qatlamlarini himoya qilish turli yо‘llar bilan amalga oshirildi, xususan, manzili ijtimoiy himoya maqsadida nafaqaxо‘rlar, nogironlar, kо‘p va kam ta’minlangan oilalar, ishsizlar, talabalar va doimiy daromadga ega fuqarolar tarkibi aniqlandi.
1992–2017 yillarda universitet talabalari, aspirantlar va doktorantlar uchun ish haqi, pensiya, stipendiyalar miqdori bir necha bor oshdi. Pensiya oluvchilarning ijtimoiy ahvolini hisobga olgan holda, doimiy ravishda eng kam pensiyaning absolyut miqdori eng kam ish haqidan yuqori bо‘lishi ta’minlandi. Ushbu yо‘l ijtimoiy adolat tamoyillariga mos edi. 1994 yilga kelib, О‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi tubdan о‘zgardi. Ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashning mutlaqo yangi rivojlangan tizimi shakllandi. Uning mohiyati shundaki, bunday yordamning asosiy oluvchilari kam ta’minlangan bolalar va oilalardir. 1994 yil sentabrdan boshlab, barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Shunga о‘xshash yordam oilalarning yashash joyiga eng yaqin fuqarolarning mahalla yig‘ilishlarida ham kо‘rsatila boshlandi.
1996 yil dekabrda bolali oilalarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda fuqarolarning о‘zini-о‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida «Farzandli oilalarni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish tо‘g‘risida»gi Farmon qabul qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq 1997 yildan boshlab, muhtoj bolali oilalarga bolalar soniga qarab nafaqalar tо‘lash eng kam ish haqining 50 dan 175 foizigacha miqdorida belgilandi. Nogiron bolalarning sog‘lig‘ini yaxshilash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi ishtirokida xorijiy sheriklarni jalb qilgan holda tug‘ma nuqsonli bolalarga murakkab jarrohlik aralashuvlar olib borildi.
Mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qatlamlari, jumladan, yolg‘iz keksalar, nafaqaxо‘rlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2005 yil “Sog‘liqni saqlash yili” deb e’lon qilinib, qariyb 2 ming nafar yolg‘iz keksalarning uylarida sifatli ta’mirlash ishlari olib borildi, kam ta’minlangan oilalar va keksa yoshdagi fuqarolarga moddiy yordam kо‘rsatildi. 2006 yildagi «2007-2010 yillarda yolg‘iz keksalar, nafaqaxо‘rlar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni va ijtimoiy xizmatlar kо‘rsatishni yanada kuchaytirish bо‘yicha chora-tadbirlar dasturi tо‘g‘risida» gi qaroriga muvofiq, dori-darmonlar taqsimoti “Saxovat” va “Muruvvat” uylari ixtiyoriga о‘tkazildi.
О‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda keksa yoshdagi fuqarolarni tо‘liq dispanser-tibbiy kо‘rigidan о‘tkazildi. Toshkentda barcha qulayliklarga ega 150 о‘rinli «Nuroniy» shifoxonasi tomonidan faxriylarga sifatli xizmat kо‘rsatilmoqda. Viloyat klinikalaridagi kasalxonalarda yolg‘iz keksalar va nogironlarni bepul davolash uchun «Keksalar uchun xonalar» mavjud bо‘lib, ularning moddiy fondi hududiy boshqarmalari va mahalliy hokimliklarning amaliy yordami bilan tashkil etilgan.
Barcha «Saxovat», «Muruvvat», «Mehribonlik» uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar har yili homiylar tomonidan qо‘llab-quvvatlab turildi.
Birgina 2012 yilda mehnat shartnomalari va bitimlari asosida minglab fuqarolar va oilalarga 17 million 291 million sо‘mdan ziyod ijtimoiy yordam berildi. Kasaba uyushmalari va homiylar ittifoqi hamda kichik biznesni tashkil etish orqali 2060 ish о‘rni yaratildi.
2015 yilda keksa yoshdagi fuqarolarning turmush darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlashni kengaytirish, fuqarolarga, ayniqsa, urush qatnashchilariga tibbiy xizmat kо‘rsatishni va pensiya ta’minotini yaxshilash maqsadida 2015 yil “Keksalarni e’zozlash va qadrlash yili” deb e’lon qilindi.
Dasturni amalga oshirishda barcha vazirlik va idoralar, iqtisodiyotning barcha sohalaridagi korxonalar va tashkilotlar, jamoat tuzilmalari, birinchi navbatda, «Nuroniy» va «Mahalla» jamg‘armalari jalb qilindi, shu sababli keksa avlod hayotining biron bir sohasi ham tegishli e’tibor va g‘amxо‘rlikdan chetda qolmadi. 2013 yilda ushbu maqsadlar uchun «Nuroniy» jamg‘armasi 610 million sо‘m, 2014 yilning 9 oyida esa 553 million sо‘mdan ortiq mablag‘ ajratdi. 2013 yilda «Mahalla» xayriya jamoat fondi faxriylarga 1 milliard 597 million sо‘mdan ziyod, 2014 yilning 9 oyida 1 milliard 614 million sо‘mlik yordam kо‘rsatdi.
Birgina 2014 yilning о‘zida 215 mingdan ziyod keksalar bepul tibbiy kо‘rikdan о‘tkazildi. Muhtoj nogironlar 11 mingdan ortiq sifatli protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalarini bepul olish imkoniyatiga ega bо‘ldilar. 70 mingga yaqin faxriylar tibbiy kо‘rikdan о‘tkazilib, statsionar va sanatoriy-kurort muassasalarida sog‘lomlashtirildi. 100 yoshga tо‘lgan О‘zbekistonning barcha uzoq umr kо‘rgan kishilari pensiyalariga eng kam ish haqi miqdorida maxsus nafaqalar qо‘shildi.
Bundan tashqari, 2014 yil 1 sentabrdan boshlab, parvarishlanishga muhtoj bо‘lgan yolg‘iz qariyalar va nogironlarni oylik bepul ta’minlash uchun asosiy oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlarining yangi rо‘yxati joriy etildi.
2014 yilda 61 mingdan ziyod 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ularning manzilli ijtimoiy himoyasi va qо‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida kommunal xizmatlar uchun umumiy qiymati 3 milliard 900 million sо‘mlik tovon puli tо‘landi. Shuningdek, 100 yosh va undan katta yoshdagi odamlarga ish haqi tо‘lash tizimi, eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida pensiya qо‘shimchalari tizimi joriy etildi va shunga о‘xshash boshqa bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Hamma manbalardan «Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida kо‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga 2 trillion 246 milliard sо‘m va 225 million dollardan ortiq mablag‘ sarflandi.
Har yili urush va mehnat fronti qatnashchilariga bepul tibbiy xizmat kо‘rsatiladi, ular sanatoriy va kurortlarda davolanadi. Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2017 yil 4- apreldagi farmoniga binoan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 2 million sо‘mdan pul mukofotlari topshirildi. Kо‘pgina urush faxriylariga tо‘liq jihozlangan kvartiralarning kalitlari topshirildi, hajga bepul sayohat va navbatsiz avtomobil sotib olish kabi imtiyozlar berildi.
Mamlakatimizda 2007 yilning “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinishi aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, turmush darajasi va farovonligini izchil oshirishga qaratilgan keng kо‘lamli davlat siyosatining amaliy ifodasi bо‘ldi. Shu ma’noda, 2007 yilda fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish va davlat organlari tomonidan muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam mexanizmlarini amalga oshirishda rioya qilishlari kerak bо‘lgan asosiy prinsiplar yaxshilandi.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish