6. Tayanch yoki mexanik vazifasi ahamiyati jihatidan struktura vazifasiga yaqin. Hujayralararo strukturalarni tuzilishida ishtirok etib, tayanch to`qimalarining mustahkamligini taminlaydi. Oqsillar biriktiruvchi to`qimaning asosiy qurilish materialidir: kollagen suyak to`qimasi, paylarning struktura elementlari; fibroin pillaning ipak qavatini hosil bo`lishida ishtirok etadi; beta-keratin jun, tirnoqlarning struktura asosi.
7. Zahira yoki trofik vazifasi rivojlanayotgan hujayraning oziqlanishi uchun oqsillarning zahira modda sifatida foydalanilishi. Oqsillar chegaralangan miqdorda qonda, bazi to`qimalarda, ko`p miqdorda o`sayotgan homilada, o`simliklar donida, tuxum va sutda bo`lib, zarur sharoitda sarflanadilar. Bunga bug`doy doninig zahira moddasi prolaminlar va glutelinlarni misol keltirish mumkin. Shuningdek, ovalbumin tovuq tuxumining zahira oqsili bo`lib, murtakning rivojlanishida sarf bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |