munoqashachilikdan
qutqarib, do‘stona ruhlantirish uchun
Navoiy suhbat mavzusini o‘zgartirib yubordi. U soxta bir
qalandar
haqida
juda mazmunli, maroqli bir hikoyacha aytib berdi.
Mudarris mavlono
Fasihiddin so‘fiyona, ma’nodor bir hikoyacha so‘yladi.
Tib
olimi esa Ibn
Sino to‘g‘risidagi afsonalardan birini aytdi. Naq yarim kechada odamlar
uy-uylariga tarqalarkan, Navoiy Sultonmurodni to‘xtatdi.
– Hirotning eng peshqadam
muarrixlari
va iste’dodli
tolibi ilmlari
sizdan dars olmoqni orzu qiladilar. Ilmni xalqqa beringiz,
tatabbu
va
tafakkur
bilan ilmni kengaytirmoqqa harakat qilingiz. Ilm ko‘mig‘lig‘
xazina emas, jonli daraxtdir. O‘smog‘i, gullamog‘i, meva bermog‘i
kerakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |