48
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
– aziz o‘quvchilar, bugun biz sizlar bilan olim qo‘chqor-
bekovning «qaysar buzoqcha» masali bilan tanishamiz. olim
qo‘chqorbekov haqida ma’lumot beriladi.
– masal nima?
– qanday masallarni o‘qigan edik?
o‘quvchilarning javoblari tinglanib, masallar haqida ma’lumot
beriladi.
o‘quvchilarga masal animatsiya lavha orqali taqdim eti-
ladi. masal mazmuni tushuntiriladi.
«Shivirlab ichda o‘qish» mashqi o‘tkaziladi.
masalda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi
o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
yaylov to‘ri – yaylovning yuqori, tepa qismi
poda – bir qancha mollarning birga yurishi
to‘satdan – birdan, kutilmaganda
masal asosida savol-javob o‘tkaziladi.
– nima uchun buzoq yirtqichga duch keldi?
– nima uchun buzoqchaga do‘stlari yordam bermadi?
– masaldan qanday xulosa chiqardingiz?
o‘quvchilar javoblari to‘ldiriladi va tarbiyaviy xulosa chiqa-
riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: