43
so‘rrayib – ozib-to‘zib ketmoq, o‘lar holga yetmoq
bo‘shamay qolibdi – vaqt topolmay qolibdi
bilim-tajriba – ilm, malaka, mahorat; hayotda o‘zlash-
tirilgan va orttirilgan bilimlar.
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash:
o‘quvchilar «donishmand yigit» ertagini
«ichda o‘qish»
usulida o‘qiydilar va qayta hikoya qiladilar.
«Rezyume» metodi. o‘quvchilar cholning uch o‘g‘lining
ijobiy va salbiy tomonlarini topib muhokama etadilar.
«Kim birinchi?» o‘yini.
bu o‘yinda o‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadi va savollarga
javob beradi.
Savollar:
1. o‘g‘illari voyaga yetgach chol ularga nima debdi?
2. to‘rtinchi o‘g‘il otasi topgan oltin-kumushlardan olib
qayerga boribdi?
3. o‘rtancha o‘g‘il qayerga borib qo‘rg‘on qurdiribdi?
4. otaning maqsadini kenja o‘g‘il qanday tushunibdi?
5. Chol bir kuni o‘g‘illariga nima debdi?
6. nima uchun o‘rtancha va to‘rtinchi o‘g‘illarning qilgan
ishlari cholga yoqmabdi?
7. Chol o‘zining ismi, bilim-tajribasini kimga meros qilib
qoldiribdi?
Do'stlaringiz bilan baham: