Lug‘at ishi:
omoch – hayvonga qo‘shib, yer haydaladigan temir asbob
tanob – yer o‘lchov birligi
qo‘sh ho‘kiz – omochga qo‘shilgan bir juft ho‘kiz
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash:
o‘quvchilar «halollik» ertagini rollarga bo‘lib o‘qiydilar.
«Yosh aktyor» o‘yini o‘tkaziladi. o‘quvchilar rollarga
bo‘linib, ertak mazmunini sahna ko‘rinishida ijro etadilar.
So‘ngra qahramonlarning yaxshi xislatlari haqida suhbat
o‘tkaziladi va qayta hikoya qilinadi.
Savol-javob orqali o‘tilgan mavzu mustahkamlanadi.
1. boy dehqon nima uchun o‘z yerini sotibdi?
2. kambag‘al dehqon va uning oshnasi nima uchun donish-
mand huzuriga borishibdi?
3. Siz nima deb o‘ylaysiz, kambag‘al dehqon to‘g‘ri ish qil-
dimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |