Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish.
davomatni aniqlash.
o‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustah-
kamlash.
Uyga berilgan vazifa – po‘lat mo‘minning «mustaqillik ahil-
likdan» she’rini yoddan so‘rab baholanadi. She’r asosida savol-
javob o‘tkaziladi.
1. mustaqillik deganda nimani tushunasiz?
2. Sizlar yurt tinchligiga qanday hissa qo‘shishlaringiz mum-
kin?
3. Siz kelajakda qanday inson bo‘lib yetishmoqchisiz?
«Davomini top» o‘yini.
aytar so‘zni ayt,
aytmas so‘zdan…... (qayt)
aytilgan so‘z – otilgan….. (o‘q)
tilga e’tibor – ….. e’tibor. (elga)
tilingda bo‘lsa boling,
kulib turar …….. (iqboling)
til –… kaliti (dil)
tili shirinning …… ko‘p. (do‘sti)
– maqollarimiz nima haqida ekan?
– o‘zbekiston respublikasida davlat tili qaysi til?
– qachon o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi?
– Siz o‘z ona tilingizni sevasizmi?
– yana qaysi tillarni bilasiz?
o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini tinglab, yangi mavzu
bilan bog‘ laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |