Snaryadlar – har xil fugasli, parchalanuvchi, yondiruvchi, zirhteshar, kimyoviy bo‘lishi mumkin. Snaryadlar portlaganida mayda parchalarga bo‘linib, kuchli havo to‘lqini hosil qiladi. Kombinatsiyali ta’sir etuvchi – yonish va kimyoviy zararlanishning bir vaqtda yuzaga kelishi kuzatiladigan o‘q qurollari takomillashtirilib bormoqda. O‘qlarning kalibri va vazni yengillashtirilib, uchish tezligining tovushdan ham tez bo‘lganligi natijasida 700-2500 m/s va undan ham tezlanib ta’sir etuvchi kinetik energiyasining oshishi ta’sirida ular to‘qimaga chuqur kirib, uzun va murakkab yo‘l hosil qilib, hamda to‘qimalarni burda-burda qilib yirtib, vayron qiladi. Tinchlik davrida qurilish maydonida, karer, shaxta, konlar va boshqa joylarda ishlatilgan portlovchi moddalar ta’siridagi bir vaqtning o‘zida berilgan zarbada to‘lqindan va kuyishdan jarohatlanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |