Kirish suhbatidan yangi bo‘lim yoki yangi mavzuni o‘rganish
oldidan foydalaniladi. Uning maqsadi darsda o‘rganiladigan masala
bo‘yicha tasavvurlami aniqlash yoki tiklashdir. Chunonchi, 3-sinfda
“Manzarali o‘simliklar” mavzusini o‘rganishga kirisha turib, kirish
suhbati vaqtida bolalarga ushbu savollami berish kerak: Manzarali
o ‘simliklarga misol kehiring? Ular qanday o ‘sadi? Siz qanday man
zarali o‘simliklami bilasiz? Siz qanday texnika o‘simliklarini bilasiz?
faqat shundan keyingina o‘qituvchi yangi materialni tushuntirishga
kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |