1.4. Aqli zaif o‘quvchilar nutqining rivojlanish hususiyatlari
Reja
1.
Aqli zaif bolalar talaffuzi va idrokida kuzatiladigan qiyinchiliklar.
2.
Aqli zaif bolalar lug‘at boyligi, leksik komponet holati
3.
Aqli zaif bolalarning gap tuzishida kuzatiladigan qiyinchiliklar.
4. Bog‘langan nutqning rivojlanish hususiyatlari.
5. Nutqdagi kamchiliklarning boshqa psihik jarayonlarning tarkib topishiga
ta’siri.
Nutkni o‘z vaktida to‘g‘ri egallash bolaga atrofdagi odamlar bilan erkin
muloqatda bo‘lish imkonini beradi, o‘z hulkini boshkarishga yordamlashadi, psihik
32
faoliyatining rivojlanishiga ko‘maklashadi va nihoyat, maktabda ta’lim tarbiya
berish jarayonini ancha yengillashtiradi.
Akli zaif bolalar o‘zlarining me’yorda rivojlangan tengdoshlariga karaganda
birmuncha kech tilga kiradilar, birinchi so‘zni aytish muddati uch ba’zan esa besh
yoshigacha kechikadi.
Gnezdilov M.F., Petrova V.G.., Kashe O.V., Orlova YE.V., Voronkova V.V.,
Rahmanova V.S. va boshqa olimlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra birinchi sinfga
kelgan akli zaif bolalarning 66%ida talaffuz nuksonlari uchraydi. Aksariyat
bolalarda fonematik eshitish kobiliyati buzilgan, nutk a’zolari va ularning
harakatidagi nuksonlar ko‘plab uchraydi. Lugat boyligini egallashda jiddiy
kiyinchiliklar kuzatiladi. Impressiv-ichki nutk ekspressiv-tashqi nutk tarakkiyotidan
ancha orkada koladi. Mavhum hususiyatdagi, umumlashtiruvchi tushunchalarni
ifodalovchi ko‘pgina so‘zlarni tushunmaydilar, ko‘chma ma’noda ko‘llanilgan
tushunchalarni anglashda kiynaladilar, ularni aynan idrok etadilar.
Akli zaif o‘kuvchilarning gap tuzishida ham kiyinchiliklar kuzatiladi.
Tuzgan gaplari sodda bo‘lib, so‘zlarning o‘zaro moslashuvida ko‘plab hatolar
uchraydi, murakkab bog‘lanishli gaplar juda kam ko‘llaniladi. Li zaif bolalar tovush
va so‘zlarni aniq va to‘g‘ri talaffuz eta olmaydilar, rasmga qarab gap tuzishda
qiynaladi, o‘qituvchi yordamidan to‘g‘ri foydalana olmaydilar. Ertak va hikoyani
tinglash, mazmunini tushinish darajasi ham dastur talablariga javob bermaydi.
Eshitgan kichik ertak va hikoyani qayta so‘zlab berishda ham ancha qiynaldilar. Ular
alohida so‘zlarni eslab, aytadilar. Biroq to‘g‘ri tuzilgan gaplar asosida ertak
mazmunini qayta so‘zlab bera olmaydilar. Aqli zaif bolalar tevarak-atrof, tabiat
manzarasi haqida qisqacha so‘zlab berishda ham qiynaldilar. O‘qituvchi tavsiyasi
bilan hayotiy mavzular bo‘yicha qisqacha hikoya tuzish topshirig‘ini ko‘pchilik
bolalar bajara olmaydilar. Yordamchi maktab o‘quvchilarining ko‘pchiligi kattalar va
o‘rtoqlari bilan suhbatda faol ishtirok etmadilar, savollarga ha, yo‘q deb javob berib,
suhbatda gaplardan deyarli foydalana olmaydilar. Alohida so‘zlar, imo-ishora, anaqa
kabi so‘zlar ko‘p ishlatildi. Berilgan savolga to‘liq, to‘g‘ri tuzilgan gap orqali javob
bera oladigan bolalar ular orasida kuzatilmadi.
33
Aqli zaif bolalarning tafakkuri, fonematik eshitishi, analiz va sintez kilish
malakalari, kurish idroki, fazoviy idroki yahshi rivojlanmagan, tovushlar talaffuzida
sirg‘aluvchi, sanor tovushlarning noto‘g‘ri talaffuz etilishi yoki yo‘qligi keng
tarqalgan, nutqning leksik va grammatik tomonlari rivojlanmagan. Bog‘langan
nutqining rivojlanishida vaziyatli rasmga qarab gap tuzish, birlikdagi otlarni
ko‘plikdagi otlarga aylantirish, otning kichraytish-erkalatish shaklini hosil qilish ,
berilgan andozaga qarab gap tuzish qobiliyatlari ham shakllanmagan. Mustaqil
nutqini kuzatish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ular sujetli rasm yordamida hikoya
tuzishda, ko‘rgan narsalarini gapirib berish, ular uchun o‘qib berilgan matnni so‘zlab
berish, o‘z ko‘rgan-kechirganlarini izchillik bilan bayon etib berish kabi
topshiriqlarni juda katta qiyinchiliklar bilan bajarar ekanlar.
Akli zaif bolalar og‘zaki nutkidagi barcha nuksonlar ularni o‘kitish
jarayonida kiyinchilik tug‘diradi.
Yordamchi maktabda ta’lim jarayoni akli zaif o‘kuvchi shahsini har
tomonlama shakllantirish, uni orkada kolishlikka olib keluvchi ruhiy va jismoniy
rivojlanishidagi turli hil nuksonlarni tuzatish, yengillashtirish, korreksiya kilishga
yo‘naltirilgan chora tadbilarni amalga oshirishga karatilgan. Turli sabablarga ko‘ra
sinfdagi frontal ishdan orkada qolgan, ulgurmovchi o‘kuvchilarga logopedik
yordam ko‘rsatilishi tufayli, ular dastur talablariga mos ravishda bilim olish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Savol va topshiriqlar
1.Yordamchi maktab o‘quvchilari nutqining fonetiko-fonematik komponentida
qanday nuqsonlar kuzatiladi?
2.Aqli zaif bola nutqining leksik komponenti holatini ta’riflab bering.
3. Aqli zaif bola nutqining grammatik komponenti holatini ta’riflab bering
4.Logopediya fanida o‘rgangan nutq nuqsonlaridan qaysilari yordamchi maktab
o‘quvchilarida kuzatiladi?
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar
1.
G‘oziyev E.Bolalar psihologiyasi. -Toshkent,2002
34
2.
Ayupova M.YU., Muminova L.R. va boshqalar. Logopediya T.,1993
3.
Doshkolnaya oligofrenopedagogika Moskva, «Vlados»1998
4.
Krutetskiy V.A.Psihologiya.-Moskva 1980
5.
Leontyev A.A, Psiholingvistika.- «Nauka» Leningrad, 1987
6.
Mamedov K.Shoumarov G.Akli zaif bolalar psihologiyasi.- Toshkent. 1994
7.
Muminova L.R. Kahramonova M.T. Logopediya terminlarining ruscha-
uzbekcha izohli lugati. - T. «Uqituvchi» - 1985 y.
8.
Negnevitskaya
YE.I.,Shahnarovich
A.M.Yazik
i
deti.-Izdatelstvo
"Nauka"»Moskva 1981
9.
Nurkeldiyeva D.A. Bolalarning maktabga tayyorgarligini aniqlash.- Nizomiy
nomli TDPU, T., 1997
10. Lalayeva R.I. Narusheniye protsessa ovladeniya chteniyem u detey. M.,
Prosvesheniye,2000 .
11.
Petrova V.G. Osobennosti razvitiya rechi umstvenno otstalix shkolnikov.-
Moskva, 1984
12.
Rahmanova V.S. Mahsus pedagogika.- Gofur G‘ulom, Toshkent,2004
13.
Sadovnikova I.N. Narusheniye pismennoy rechi u mladshix shkolnikov.-
M., Prosveshyeniye, 2001.
Do'stlaringiz bilan baham: |