ochiq bo'g'in va yopiq bo'g'in. Unli bilan tugagan bo'gin ochiq, undosh bilan tugagan bo'g'in esa yopiq bo'g'in hisoblanadi. Masalan: o-na, no-la so'zlaridagi har ikki bo'g'in ochiq, tosh-lar so'zidagi har ikki bo'g'in yopiq bo'g'indir.
97. Bo'g'in ko'chirish qoidalari. So'zlar qatorga sig'may qolganda, bo'g'in ko'chirish qoidalari asosida keyingi qatorga olib o'tiladi. Birinchi yoki oxirgi bo'g'in bir tovushdan iborat bo'lsa, ular yakka holatda qoldirilmaydi. Keyingi qatorga ibo-li, uka-si, ata-ma tarzida ko'chiriladi. Sh, ch, ng harflar birikmalari birgalikda ko'chiriladi: pe-shona, Chir-chiq, ko'-ngil kabi. 2005, XXI 5-"B" sinfi, "Navro'z - 2015", BMTkabi so'zlar qatordan qatorga bo'lib ko'chirilmaydi.
98.
Do'stlaringiz bilan baham: |