Aziz Nesin
kan. Hamma narsani shundoqqina ko‘rib turar
kan. Shuning uchun imtihon bo‘lib qolsa, oldingi
qatorda o‘tirgan bolalar nuqul past baho olishar
kan. Orqada o‘tirganlarning ishi durust bo‘larkan:
ular oldingi qatorda o‘tirgan bolalarning orqasiga
kitobni qo‘yib, bemalol ko‘chirib olishaverarkan...
Navbat dadamga keldi.
– Nofis quruqning imtihoni yodingizdami?
– Ha, anavi pashsha voqeasimi? Unutib bo‘ladi
mi uni...
Ma’lum bo‘lishicha, Nofiz quruq deganlari kimyo
dan dars berarkan. Ko‘zi uzoqni yaxshi ko‘rmas
ekan. Bir kuni imtihonlardan oldin o‘quvchilar
dan biri kattakatta pashshadan tutib, quticha
ga joylab olibdi. Imtihon boshlanibdi. Haligi bola
yupqa qog‘ozdan shpargalka tayyorlapti, keyin uni
ingichka ip bilan pashshaning oyog‘iga bog‘lab,
uchiraveripti. Ma’lumki, yuki bor pashsha uzoq
qa ucholmaydi, bir ko‘tarilib, bir qo‘nadi. Bolalar
pashshani tutib, shpargalkani ko‘chirib olishar,
keyin esa boshqa tomonga uchirib yuborisharkan.
Hammalari shunday qilishibdi. Bir payt to‘satdan
eshik ochilib, sinfga litsey direktori kirib kelibdi.
Tasodifni qaraki, oyog‘iga shpargalka bog‘langan
bir pashsha ikki marta havoda gir aylanibdida,
to‘g‘ri direktorning tepakaliga qo‘nibdi.
– Sizlarga hech narsa bo‘lmadimi o‘shanda? –
so‘radi Metin.
– Bir bolani maktabdan haydashmoqchi bo‘li
shuvdi, arang qutulib qoldi.
– O‘sha o‘rtog‘imiz hozir professor bo‘lgan, –
qo‘shimcha qildi Nurtonning dadasi.
– Siz ham maktabda shu ishni qilganmisiz,
beyafandim? – so‘rashdi buvamdan.
153
«Ona tarbiyasi»
– E, qaysi maktab ko‘rgan bola shpargalkani bil
maydi, janoblar, – deb buvam boshqa bir voqeani
gapirib berdi.
Kimyodan og‘zaki imtihon ketayotgan ekan.
Ichkariga uch kishidan kirib turishibdi. Navbat
buvamga kelibdi. Ikki o‘rtog‘i bilan ichkari kirib
di. Ikkitasi orqaroqdayu, bir bola oldinda turgan
ekan. O‘sha oldinda turgan bola sinfning eng qoloq
o‘quv chisi ekan. O‘qituvchining savollariga si rayam
javob berolmabdi. Nimani so‘ramasin, churq et
may turaveribdi. Buni ko‘rib o‘qituvchining xuno
bi oshibdi. Qani, osonroq narsani so‘raychi, zora
javob bersa, degan fikrda stolda turgan grafinni
ko‘rsatibdida: «Xo‘sh, buning ichidagi nima?» deb
so‘rabdi. Bola bezrayib turaveribdi. Shunda orqa
roqda turgan o‘rtog‘i g‘ijinib: «To‘nka», debdi sekin
gina.
– Grafinda nima bor, o‘g‘lim?
– To‘nka, afandim...
O‘sha kuni eshitgan gaplarim meni qattiq o‘ylan
tirib qo‘ydi. Ertasiga tanaffusda voleybol o‘ynab
turgan edik, o‘qituvchimiz ham bizga qo‘shildi.
O‘yindan keyin dam olib o‘tirgan edik, miyamdan
nari ketmay turgan savolni o‘qituvchiga berdim.
– Nima, shpargalka deysanmi? Bu ishni men
ham qilganman, albatta. Ammo bir o‘zim emas, –
deb javob berdi o‘qituvchi. – Sinfimizda bir a’lochi
bola bo‘lardi. Bir kuni yozma imtihon paytida o‘sha
bola hammamizdan oldin ishini yozib tugatdida,
tashqari chiqib ketdi. Keyin katta karton qog‘oz
ga butun javoblarni yozib, tayoqqa ilibdi. Hovli to
mondagi derazaning oldiga borib, tayoqni baland
ko‘tarib turdi. Biz ham javoblarni boplab ko‘chirib
oldik...
154
Aziz Nesin
Ertasi kuni o‘qituvchi oilashunoslik darsidan
yozma ish oladigan bo‘lib qoldi. O‘ng tomonda
Turkon, chapda esa Murod o‘tiradi. Murodni bil
sang kerak, qaysi bir xatimdayam uni senga ga
pirib bergan edim. O‘qituvchi chaqirib qolsa, men
mi, deb anqovsiraydigan bola-chi? Endi esing
ga tushdimi? Murod sinfdan o‘tolmay, o‘tgan yili
sheriklaridan qolib ketgan. Endi biz blan o‘qiyapti.
O‘zi ancha tirishqoq bolayu, lekin miyasiga dars
kirmaydi. Ammo yaxshigina o‘rtoq u. O‘sha kuni
Turkon ham nimagadir dars qilmay kelgan ekan.
Yozma ish bo‘lishini eshitib, ikkovi mendan najot
so‘rab qolishdi.
– Shpargalka uzatolmaymanu, ammo kerak
bo‘lsa sekin aytib turishim mumkin, – dedim ularga.
O‘qituvchi savollarni aytib turdi, hammamiz
yozib oldik. Mana o‘sha savollar:
«Bolani kasaldan saqlash uchun nima qilmoq
kerak?»
«Kasalning oldini olish uchun bolaning o‘zi nima
qilmog‘i kerak?»
«Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinlar bi
lan o‘yinchoqlarni aytib bering?»
«Jismoniy jazoning biror tarbiyaviy ahamiyati
bormi?»
Kecha kechqurun va bugun ertalab oilashunos
lik kitobi qo‘limdan tushmagan edi, shuning uchun
qaysi savolga qaysi betdan javob topish mumkin
ligini bilaman. Bundoq qarasam, Turkon kitobni
tizzasiga qo‘yib olgan ekan.
– Elliginchi sahifani ochinglar. Elliginchidan
ellik ikkinchi betgacha ko‘chiraveringlar, – sekin
shipshitib qo‘ydim Turkon bilan Murod ikkoviga.
O‘zim ham ishga kirishib ketdim.
155
«Ona tarbiyasi»
– Meni laqillatibsanku, – deb qoldi bir payt
Murod.
– Ha, nima bo‘ldi?
– Elliginchi betda suyak haqida yozilgan-ku!
– Keyingi sahifani och!
– Ochib ko‘rdim. Mushak, qon tomirlari bor ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |