Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

MEHMON KUTDIK
Aziz do‘stim Zaynab!
Xatingni oldim. Qo‘shni xonadon bo‘lgan vo­
qeani yozgan ekansan. Xatingni o‘qiyotib, yaxshi­
yam bizning uyimiz kichkina, atigi uchta xonasi 
bor, nima gap bo‘lsa, darrov bilamiz, deb suyun­
dim. Biznikida unaqa noma’qul ishlar bo‘lmaydi. 
Ammo men senga aytsam, oilamizda ko‘ngilsiz 
voqealar haliyam bo‘lib turadi. O‘tgan yakshanba 
kuni xuddi shunday bo‘ldi.
Dadam bir kuni ishdan qaytgach, yakshanba 
kuni xo‘jayin biznikiga mehmonga keladi, deb qol­
di. Oldiniga ishonmadim, hazil bo‘lsa kerak, deb 
yuraverdim. Chunki dadam xo‘jayinini juda  yomon 
ko‘radi, buni bilaman. Qayerda shu odamdan 
gap ochilib qolguday bo‘lsa, dadamning qoni qay­
nab ketadi, go‘riga g‘isht qalab, rosa avra­astarini 
ag‘darib so‘kadi.
– Bu odamning bizda nima ishi bor, nega keladi? 
– hayron bo‘lib oyimdan so‘radim.
– Bu nima deganing? Dadangning xo‘jayini u axir.
– Dadam uni yomon ko‘radi­ku?!
– Dadang yomon ko‘rsa, dadangni u yaxshi 
ko‘radi.
– Nima uchun?
– Chunki dadang hozir fabrikada obro‘li, kasaba 
soyuz vakili.
Fabrika ishchilari dadamni bundan bir oy oldin 
kasaba soyuz komitetiga o‘zlaridan vakil qilib say­
lashganini eshitgan edim. Xo‘jayin shuning uchun 
kelmoqchi bo‘lgan ekan­da, deb qo‘ydim ichimda.
Dadamning xo‘jayinini ilgari hecham ko‘rma­
ganman. Qanaqa odam ekan, deb ichimga g‘ulg‘ula 


143
«Ona tarbiyasi»
tushdi. Devday bahaybat bir odam bo‘lsa kerak, 
degan xayolda yurdim.
Uyimizda tayyorgarlik ishlari boshlanib ketdi. 
Bir kuni dadam ishdan kela solib, devor oqlashga 
tushdi. Devorni oqlab turib ham xo‘jayinini bo‘ra­
latib so‘kyapti.
– Nega devorlarni oqlayapsiz, dada? Xo‘jayin­
ning kelishigami?
– Xo‘jayining nimasi? – Dadam qo‘lidagi cho‘tkani 
zarda bilan chelakka tiqdi. – Devorni uning uchun 
oqlayotganim yo‘q. Ko‘rmaysanmi, hammayoq kir 
bo‘lib ketibdi.
Oyim qo‘ni­qo‘shnidan likopcha, stakan, das­
turxon topib chiqdi. Shanba kuni esa erta bilan 
oshxonaga kirib olib, pishiriq bilan ovora bo‘ldi.
Yakshanba kuni dadam juda erta turdi. Dam 
 olish kunlari bemalol uxlardi, shuning uchun hay­
ron bo‘ldim.
– Mehmon shunaqa erta keladimi, dada?
– Mehmon kelarkan, deb barvaqt turganim yo‘q, 
o‘g‘lim.
Nonushtadan keyin dadam derazaning oldiga 
o‘tirib oldi. Ikki ko‘zi ko‘chada. Dam­badam o‘rni­
dan turib ketadi­da:
– Bu xumpar qayoqda qoldiykin? – deb g‘ijinib 
qo‘yadi.
Oyim dasturxonni tuzab qo‘ydi. Shun­
doq bo‘lsayam oshxona bilan uyga zir yugurib, 
kam-ko‘stini qidirdi. Dadam fig‘oni oshib uyda gir 
aylanib yurgan edi, birdan ko‘cha tomondan ma­
shinaning signali eshitildi.
–  Ana,  keldi!  Yuguringlar!  Eshikni  ochinglar! 
Nimaga qaqqayasanlar?! Tezroq bo‘lsalaring­chi! – 
bo‘kirib berdi dadam. O‘zi esa boshini derazadan 


144
Aziz Nesin
chiqarib, ko‘chaga mo‘raladi. Dadamning ovozidan 
qo‘rqib ketgan oyim jonholatda eshikka qarab 
 yugurdi. Ochib qarasaki, hech kim yo‘q.
Oyim ikki kundan beri Fato‘shning qulog‘iga gap 
quyadi. Mehmonning oldida uni qil­u buni qilma, 
degan mazmunda. Oyimning odob darslariyam 
nuqul men bor paytda o‘tadi. Buning bir chekkasi 
menga ham tegishli bo‘lsa kerak­da.
Mana, Fato‘sh yasanib olgan. Oyim menga sekin 
ko‘z qirini tashlab qo‘ydi­da, yana nasihatga o‘tdi.
– Mehmon borida odob saqlab o‘tirgin, oppoq 
qizim. Birovning oldida og‘izga qo‘l tiqib bo‘lmaydi. 
Innaykeyin, yerga tushgan narsani og‘zingga sol­
ma. Ha, qulog‘ingda bo‘lsin. Yo‘talmoqchi bo‘lsang, 
og‘zingga qo‘lingni tut. Yana shuni bilib qo‘yki, 
mehmonning oldida nonni butunicha ushlama, 
ke 
ragini ushatib ol. Xo‘pmi, do‘mbog‘im? Yana 
men senga aytsam, birov seni chaqirib qolsa, «ha» 
deb o‘tirmagin. Uyat bo‘ladi. «Ha» degan so‘zni zin­
hor og‘zingga olma.
– Bo‘lmasa nima deyishim kerak?
– Begona odamning oldida «ha» desa, ayb bo‘la­
di. Labbay, deb javob berish kerak.
Oyim har zamon­har zamonda menga ko‘z qiri­
ni tashlab qo‘yadi. Bundan uncha ko‘ngli to‘lmadi 
shekilli, shart etib menga o‘girildi.
– Mehmonga bir nima demoqchi bo‘lsang, oldin 
«afandim» degin, o‘g‘lim. Gaping tugagandan keyin 
ham «afandim» deb qo‘shib qo‘y. Xo‘pmi?
Derazaning tagida xo‘jayinini kutib o‘tirgan da­
dam birdaniga: «Ana, keldi!» deb qichqirganicha 
eshikka otildi. Oynadan mo‘ralab qaragan edim, 
eshigimizning oldida turgan yaltiroq mashinaga 
ko‘zim tushdi. Usti qizil rangga bo‘yalgan ekan.


145

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish