«Do'ppi yashirar»
O'yinchilar 2 guruhga bo'linib, har bir guruhda 4—5
tadan
o'yinchi qatnashadi. Guruhlar 1,5-2 metr masofada
bir-birlariga
qarama-qarshi o'tirishadi. Ikkala guruhda ham bittadan do'ppi
bo'ladi. Qaysi guruh o'yinni boshlashi qur’a tashlab aniqlanadi.
O'yinchilardan biri 2-guruhga ko'rsatmay do'ppini yashiradi.
«Bo'ladi» deganidan so'ng hamma qo'lini qovishtirib o'tiradi. 2-gu-
ruh o'yinchilaridan birortasi do'ppini kim yashirganligini ko'rsa-
tadi. Agar to‘g‘ri topsa, guruhga bir ochko beriladi. Тора olmasa,
o'sha guruh yutqazgan hisoblanadi. Bu o'yin navbatma-navbat
davom
ettiriladi va oxirida yutuqlar hisoblanib, g'olib guruh aniqlanadi.
«Buta soldi»
Bu o'yinni qizlar o'ynashadi. Qizlar aylana bo'lib o'tirishadi.
Ulardan biri qo'liga ro'mol olib, o'tiiganlaming orqalariga o'tadi.
Aylana bo'ylab yurib, bitta qizning orqasiga sezdirmay ro'molni
tashlab o'tib ketadi. Agar qaytib kelguncha u buni sczmasa, uni
ro'moli bilan uradi.
Agarda sezib qolsa, ro'molni olib,
qizlarni
aylantirib, uning o'zini quvadi. Yctib olsa uradi, ycta olmasa
uning
o'rniga kelib o'tiradi. Ro'molni olgan o'yinchi o'yinni davom
ettiradi.
«Besh losli»
Bu o'yinni odatda qizlar o'ynaydilar. Har bir o'yinchida besh-
tadanyapaloq tosh bo'lishi kerak. O'yinchilar toshlar yordamida
jonglyorlikning turli usullarini namoyish ctadilar.
Ocyin quydagi tarzda o‘tadi:
1. Toshlami yerga bir-biriga tegmaydigan qilib tashlaymiz va
bitta toshni yuqoriga otib, qolgan toshlami bittalab yerdan terib
olamiz (4 martada to‘rtta tosh).
2. Yana toshlami yerga tashlaymiz, bu safar ham bitta toshni
yuqoriga otamiz, faqat har otishda ikkitadan toshni terib olamiz.
3. Yana toshlami yeiga tashlaymiz, bitta toshni yuqoriga otib,
uchta toshni terib olamiz.
4. Toshlami yerga tashlaymiz, bitta toshni yuqoriga otamiz,
qolgan to ‘rtta toshni terib olamiz.
5. Toshlami yerga tashlaymiz, bitta toshni qo‘lga olib, yerdagi
yana bitta toshni ko‘tarib olamiz. Uchinchi toshni olayotganimizda,
bitta toshni narigi qo‘limizga o‘tkazamiz, yerda qolgan yana ikkita
toshni ham shu taxlitda olib, toshlaming hammasini chap qo‘li-
mizga olamiz.
6. Toshlami yerga tashlaymiz. Bitta toshni qo'limizga olib,
yuqoriga otamiz va yerdan bitta tosh olib, otilgan toshni ilib olamiz.
Uchtasini ilib olayotganda qo'iimizdagi
bitta toshni tushirib
yuboramiz. Toshni necha marta tushirish kerak bo‘lsa, tushirib
yana ilib olamiz.
7. 4-banddagi jarayonni yana qaytaramiz.
8. Toshlami yerga tashlab ikkita barmog‘imizni (chap qo‘lda)
dumaloq shaklda qilamizda, bitta toshni olib, qolgan to‘rtta duma-
loqqa kiritamiz. Hamma toshni kiritib bo‘lgach dumaloqqa kiigan
toshlami ilib olamiz.
Beshtala toshni o£ng kaftimizga qo‘yib,
toshlami yuqoriga
otamiz va o‘ng qo‘limizning ustiga toshlami tushiramiz. Nechta
tosh tushsa, shuncha yutuq (ochko) hisoblanadi.
136
«Quloq-chakka»
Bu o'yinda 4—5 bola qatnashadi. O'yinchilar kuchda teng
bo'lishlari kerak. O'yinni kim boshlashi aniqlab olinadi. Bu o'yinchi
tik turgan holda o'ng qo'lini o'ng chakkasiga, chap qo'lini esa
o'ng qo'ltig'iga kafti ko'rinadigan qilib qo'yadi va o'yinchilarga
qaramay turadi. Qolgan o'yinchilar bir vaqtda uning oldiga kelishadi
va ulardan bittasi shu o'yinchining kaftiga kafti bilan uradi hamda
hamma o'yinchilar bosh barmog'larini ko'rsatib turadilar. Bu
ishora «men urdim» degan ma’noni bildiradi. Agar u urgan o'yin-
chini topsa, o'sha o'yinchi bilan o'rin almashadilar. O'yin shu
tariqa davom ettiriladi. Qaysi o'yinchi ko‘p chakkasini ushlab turgan
bo'lsa, o'sha o'yinchi yutqazgan hisoblanadi. 0 ‘yinchi chakkasini
ushlab turgan vaqtda o'yinchilarga qaramasligi shart.
«Quvlashmachoq*
Maydon chiziq bilan chegaralanib chiqiladi. Bitta onaboshi —
quvlovchi tayinlanadi. Boshqa o'yinchilar uning atrofida
doira
hosil qilib turadilar.
Quvlovchi «Bir, ikki, uch» deydi. Hamma bolalar har tomonga
yugurib ketadilar. Quvlovchi ulami tutishga harakat qiladi.
O'yinchilar xavf tug'ilgan paytda o'tirib olishlari mumkin, o'tirib
olganlami quvlovchi tutmaydi. Quvlovchi tutib olgan bola onaboshi
bo'ladi. O'yinni istagancha vaqt davom ettirish mumkin.
Bu o'yinning «Sakrash bilan quvlashmachoq» variantini ham
o‘ynash mumkin. Bu o'yin ham yuqorida ta’riflangandek o'yna-
ladi, faqat farqi — bir oyoqda sakrab yrugan o'yinchi tutilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: