OLMOSH SO’Z TURKUMI
Ko‘plikdagi kishilik olmoshlarining qaysi biri uslubiy talab bilan birlikni ko‘rsatuvchi olmosh o‘rnida kelishi mumkin?
A. I shaxs ko‘plikdagi olmosh
B. II shaxs ko‘plikdagi olmosh
C. III shaxs ko‘plikdagi olmosh
D. har uchala shaxsdagi ko‘plikdagi olmoshlar
Quyidagi olmoshlardan qaysi biri egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llanmaydi?
A. kim
B. nima
C. o‘z
D. biz
Qaysi olmoshlar juft holda ham ishlatiladi?
A. kishilik va ko‘rsatish olmoshlari
B. ko‘rsatish, so‘roq, belgilash olmoshlari
C. ko‘rsatish va o‘zlik olmoshlari
D. faqat ko‘rsatish olmoshlari
Qaysi gapda olmosh ishtirok etmagan?
A. Bahor andoqki, bulbul gul uzori toza istarmen.
B. Na bo‘ldiki, siz shunchalar jim qoldingiz?
C. Bolalar yugurgancha ketishdi, kimdir gullarga suv quya boshladi.
D ... ba’zi odamlar mehnatdan qochadilar.
Belgilash olmoshi berilgan qatorni toping.
A. har yerda
B. allaqachon
C. hech yoqdan
D. butun
Olmoshga xos bo‘lmagan xususiyat qaysi qatorda berilgan?
A. egalik qo‘shimchasini oladi
B. kelishik qo‘shimchasini qabul qiladi
C. so‘z yasovchi qo‘shimchasini qabul qiladi
D. shaxs-son qo‘shimchalarini qabul qiladi
Qaysi qatordagi gapda ---bir--- so‘zi gumon olmoshi ma’nosini ifodalaydi?
A. Sizni ko‘chada bir kishi chaqiryapti.
B. Darsga bir Karim kelmadi.
C. Bir qor yog‘adi, bir yomg‘ir.
D. Ertaga bir dam olsam deyman.
So‘roq olmoshlariga quyidagi qo‘shimchalardan qaysi biri qo‘shilishi mumkin?
A. shaxs-son qo‘shimchalari
B. egalik qo‘shimchasi
C. nisbat yasovchi qo‘shimcha
D. Sanalgan qo‘shimchalar kishilik olmoshlariga qo‘shilmaydi.
Kishilik olmoshlari turlanganda qanday fonetik hodisa kuzatiladi?
A. tovush almashishi
B. tovush tushishi
C. tovush orttirilishi va tushishi
D. fonetik o‘zgarish kuzatilmaydi
So‘zlovchining nutqi odatda kishilik olmoshlarining qaysi biriga qaratilgan bo‘ladi?
A. I shaxsga
B. II shaxsga
C. III shaxsga
D. barcha shaxslarga
Kishilik olmoshlarining qaysi biri uslubiy talab bilan birlikni ham, ko‘plikni ham ko‘rsatuvchi olmosh o‘rnida kelishi mumkin?
A. biz, men
B. siz, sen
C. sen
D. biz va siz
Olmoshlar tarkibida ko‘rsatish ma’nosini kuchaytiruvchi so‘zni toping.
A. bu
B. mana
C. shu
D. o‘sha
Qaysi olmosh o‘rnida ---faqir---, ---kamina--- so‘zlari ma’nodosh (sinonim) sifatida qo‘llanishi mumkin?
A. ---men--- o‘rnida
B. ---biz--- o‘rnida
C. ---o‘z--- olmoshi o‘rnida
D. ---sen--- olmoshi o‘rnida
Qanday so‘zlar gap tarkibida boshqa so‘zlarga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytiladi?
A. kishilik olmoshlari
B. so‘roq olmoshlari
C. ega vazifasida kelgan so‘z
D. kesim vazifasida kelgan so‘z
Quyidagi qaysi so‘zlar ba’zan nutqda ---men--- kishilik olmoshi o‘rnida qo‘llanishi mumkin? 1.~kamina; 2.~kishi; 3.~faqir; 4.~banda
A. 1, 2, 3, 4
B. 1, 2, 3
C. 1, 3, 4
D. 1, 2
Tinglovchiga ishora qiluvchi shaxs olmoshlarini belgilang.
A. men, biz
B. sen, siz
C. u, ular
D. kamina, faqir
Tarkibida belgilash olmoshi mavjud gapni toping.
A. Buncha kitobni qachon o‘qishga ulgurdingiz?
B. Ushbularni sizga ma’lum qilishni lozim deb bilaman.
C. Mana bu kitobni men sizga o‘qishga beraman.
D. Berilgan gaplarda belgilash olmoshlari qo‘llanmagan.
Belgilash olmoshlari qaysi olmoshlardan hosil qilinishi mumkin?
A. faqat so‘roq olmoshlaridan
B. so‘roq va ko‘rsatish olmoshlaridan
C. so‘roq va kishilik olmoshlaridan
D. so‘roq va o‘zlik olmoshlaridan
Qiziq voqea ekan. Shunday voqeani oldin ham eshitgandim. Ushbu gapdagi ---shunday--- so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A. belgilash olmoshi
B. ko‘rsatish olmoshi
C. sifat
D. ravish
Qaysi qatordagi gapda olmosh belgiga ishora qilgan?
A. Shundoq voqeani oldin ham bir eshitganman.
B. Unga bergan va’damning ustidan chiqdim.
C. Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat
D. "Mana bunisi Manzuraxonga", -- deb uzatdi.
Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qo‘llanmagan?
A. Ali Qushchi allanimalarni o‘ylab ketdi.
B. Vaqt allamahal bo‘lib qolgan edi
C. Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi.
D. Ot nima uchundir o‘rnidan jilmasdi.
Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan gap berilgan?
A. Har kim o‘z qilmishiga yarasha mukofot oladi.
B. Hech bir his aqldan ustun bo‘lmaydi.
C. Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz.
D. Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitilardi.
Qaysi gapda o‘zlik olmoshi hurmat ma’nosida qo‘llangan?
A. O‘zlari xon, ko‘lankalari maydon.
B. Rais amakim o‘zlari kelib ketdilar.
C. Donolar uchun o‘zlarining hayotlari o‘zlariga ravshan.
D. O‘zlarimi, kelsinlar!
Qaysi qatordagi gapda o`zlik olmoshi o`rnida kishilik olmoshini qo`llab bo`lmaydi?
A. Rostini aytsam o`zim ham unchalik yomon bola emasman
B. Qurvonbibi fotiha to`yidan keyin biroz o`ziga kelgan edi
C. Bu ishlarni qilgan o`zi
D. Yutuqlar o`zimizniki
Qaysi gapda narsa-hodisa so`rog`i belgi-xususiyat so`rog`i o`rnida qo`llangan?
A. Nega uni otdami, aravadami eltib qo`ymadi
B. Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi
C. Nima ishlari bor ekan? – so`radi Zulayho xola
D. Yo qudratingdan, bu qanday odam?
Qaysi gapda belgilash olmoshi ot o`rnida qo`llangan?
A. Dildorning bori gaplari haqiqat edi
B. Har bir inson o`z baxti uchun kurashadi
C. Ovozi har qachongidan ham ta’sirliroq edi
D. Hamma perronda, hamma o`z jigarini qidiradi
Har kim ko`z oldida bir narsa topib, shunga ko`z tikkan va u narsada Zebi o`z otasini, Qurvonbibi o`z erini, Salti qovog`idan qor yog`ib turgan sovuq bir so`fini ko`rardi. Ushbu gapda nechta o`rinda olmosh qo`llangan?
A. 5
B. 4
C. 6
D.7
Olmoshlar quyida berilgan birliklardan qaysi biri o`rnida almashinib qo`llaniladi?
A. so`z o`rnida
B. so`z birikmasi o`rnida
C. gap o`rnida
D. barcha o`rinda
Qaysi gapda ko`rsatish olmoshi so`z ma’nosini aniqlab kelgan?
A. Bu cholni butun yurt izzat qilardi
B. Bu tushmi yo xayol, bu na turli kuy...
C. Mana buni aytsa bo`lar eng oliy zo`r muammo
D. A B va S
Qaysi gapda ko`rsatish olmoshi gap o`rnida qo`llangan?
A. Kim ko`p o`qisa, u ko`p biladi
B. U Saidiy bilan do`st edi, bu do`stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi
C. Istagim shuki, doimo tinchlik bo`lsin
D. Kitobni ko`p o`qisangiz, undan ko`p hikmat topasiz
O`zimni moziyning bag`riga urdim
Va shu on shukrona aytib qaytdim men
Kimdir ko`rmay ketgan baxtni men ko`rdim
Kimdir aytmay ketgan so`zni aytdim men. She’rda qanday olmoshlar ishtirok etgan?
A. o`zlik, so`roq, kishilik va ko`rsatish olmoshlari
B. gumon, kishilik, o`zlik va so`roq olmoshlari
C. kishilik, ko`rsatish, so`roq va gumon olmoshlari
D. gumon, o`zlik va kishilik olmoshlari
Do'stlaringiz bilan baham: |