SABAB ERGASH GAPLI QO`SHMA GAP
Sabab tobe gap bosh gapdagi ish-harakatning yuzaga kelish sababini bildiradi. Quyidagicha bog`lanadi:
chunki bog`lovchisi bilan: O`rtoqlarim izzat-hurmat qilishadi, chunki u ko`p narsa biladi.
shuning uchun birikmasi yordamida: Har kun otar ko`zlarimdan nur, shuning uchun yo`q aslo g`amim. -ki yuklamasi bilan baxtim borki xamma narsa go`zal.
-ib ravishdoshi bilan: Kunlar sovib, dala ishlari to`xtadi
-may ravishdoshi bilan: Ishlari yurishmay, Salim qishloqdan ketdi.
-gan + dan shaklida: Bu uylar ilgari qurilganidan darchasi xam yo`q edi.
-gani uchun: Kun issiq bo`lgani uchun biz ishni to`xtatdik
shekilli so`zi bilan: U qiziq gap aytdi shekilli Jo`raeB kulib yubordi.
o`tgan zamon shakli di + deb shaklida: O`rtoqlarim kutib qolishdi deb tezda ko`chaga chiqdim
Do'stlaringiz bilan baham: |