Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари


Korxona tashkil etish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar va ularning manbayi



Download 392,17 Kb.
bet50/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Korxona tashkil etish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar va ularning manbayi


Hayotimiz davomida har qanday ishni boshlashimizdan oldin, albatta, ma’lum ma’noda mablag‘ muammosiga duch kelamiz va pulsiz ko‘zlangan maqsadga erishish juda qiyin kechadi yoki iloji bo‘lmaydi. Dono xalqimiz aytganidek, pul pulni topadi. Ammo endigina ishni boshlayotgan tadbirkorlar bu muammoni hal etish uchun nimalar qilishlari lozim? Bu borada, avvalo, hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlarni e’tirof etishimiz zarur. O‘z g‘oyasiga, biznes-rejasiga ega tadbirkorlar o‘z ishlarini boshlab olishlari uchun imtiyozli kreditlar berilishi, dastlabki yillarda soliqlardan butunlay ozod bo‘lishi yoki imtiyozlarga ega bo‘lishi, ishlab chiqaradigan mah- sulot turiga va eksport qilish imkoniyatlariga qarab, yana bir qator soliq va boshqa imtiyozlarga ega bo‘lishi tadbirkorlikning yanada rivojlanishiga olib kelmoqda. Hozirgi sharoitda tadbirkorlar uchun pul topish unchalik muammo emas, pulni qanday ko‘paytirish muammosi turibdi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.


O‘z ishini boshlayotgan tadbirkor shuni anglashi kerakki, korxona foyda keltirishni boshlagungacha, biznesni tuzish davrida ma’lum
miqdorda pulga ega bo‘lish zarur. Bu mablag‘ boshlang‘ich sarmoya, deb ataladi va quyidagilarni qoplash uchun zarur:

  • dastlabki xarajatlar yoki investitsion sarmoya sifatida;

  • birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari yoki aylanma kapital sifatida.

Dastlabki xarajatlar — bu tadbirkor korxona ish boshlagunga qadar tortadigan xarajatlardir (savdo, ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish sohasida). Bu xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladigan mablag‘lar investitsion sarmoya, deb ham ataladi. Yer sotib olish, sex qurish, uskunalar, asboblar, texnika, idora mebeli sotib olish — bularning hammasi dastlabki xarajatlardir. Ro‘yxatga olishda to‘lanadigan har xil to‘lovlar va yig‘imlar, vodoprovod, elektr o‘tkazish, telefon aloqasi o‘rnatish, korxonaning ochilganligi haqidagi reklama xarajatlari va hokazolar ham shu guruhga kiradi.
Birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari korxona ish boshlashi bilan paydo bo‘ladi. Ma’lum mablag‘lar sotuvdan daromadlar korxonaga qaytib tushish bosqichi boshlangunga qadar, joriy xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi. Bu bosqichning uzunligi biznesning ixtisoslashuviga bog‘liq. Qoida tariqasida, savdo sohasida u bir oydan kam davom etishi mumkin, ishlab chiqarish sohasida esa, korxona ishga tushganidan mablag‘larning bankdagi hisobga yoki kassaga tushgunigacha bo‘lgan vaqt bir necha oyga cho‘zilishi mumkin (bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketgan vaqt, mahsulotning taqsimlash tizimida turgan davr, masalan, tayyor mahsulotning korxona omborida turishi, ulgurji sotuvchigacha, chakana sotuvchigacha yoki pirovard xaridorgacha yo‘lda bo‘lgan davri hisobga olinadi). Тadbirkorning bu davrdagi xarajatlari birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari yoki aylanma kapital, deb ataladi.
U yoki bu to‘lovni amalga oshirish vaqtiga bog‘liq holda amaliy operatsiyalar boshlangungacha yoki boshlangandan keyin biz uni xarajatlarning ikki guruhidan biriga kiritamiz. Guruhlar o‘rtasidagi tafovut ham ana shundadir.
Korxona tuzish uchun boshlang‘ich sarmoya — bu dastlabki investitsion xarajatlar va aylanma kapital yig‘indisi. Boshlang‘ich sarmoyaning umumiy miqdoridan kelib chiqib, bo‘lg‘usi tadbirkor o‘z manbalaridan ishga solish uchun qancha pul zarurligini va qanchasini qarzga olish kerakligini hal qiladi.



Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish