Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet48/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Тadbirkorlik subyektlarini litsenziyalash tartibi

Тadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxs, birinchi navbatda, qaysi faoliyat turi bilan shug‘ullanishini bilib olishi zarur. Chunki ayrim faoliyat turlari mavjudki, u faoliyat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olishlari zarur bo‘ladi.


Faoliyatning litsenziyalanayotgan turi deyilganda O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turi tushuniladi. Litsenziyalash esa litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani topshirish va ko‘rib chiqish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar kompleksidir.
Litsenziyaning quyidagi turlari mavjud:



Namunaviy (oddiy) litsenziyalarga tegishli faoliyat turini amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan yagona shartlar va talablarga javob beradigan cheklanmagan doiradagi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan litsenziyalar kiradi.


Yakka tartibdagi litsenziyalarga ularga yuridik va jismoniy shaxslarga alohida talablar va shartlar asosida beriladigan, litsenziyatlarga faoliyatning mazkur turini amalga oshirishda mutlaq huquqlar beruvchi, miqdor jihatdan cheklangan litsenziyalar kiradi.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini aniqlashda qonun hujjatlariga asosan ro‘yxatga kiritilgan faoliyat turlarini bilish zarur bo‘ladi. Bunda amalga oshirilishi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda tartibga solib turilishi litsenziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlari kiradi.


Xususiy tadbirkorlikning afzallik jihatlari:

  • xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun ruxsat olish nisbatan soddalashtirilgan: xususiy tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin, yuridik shaxs tashkil qilmay faoliyat yuritishi mumkin. Bunda xususiy tadbirkor bankda hisob ochishi va o‘z hamkorlari bilan naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirishi mumkin;

  • soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi qo‘llaniladi, masalan, faqat yagona soliq to‘lovi asosida soliq to‘lanishi yoki oylik stavka asosida to‘lanib, uning miqdori faoliyat turi bo‘yicha aniqlanadi va turli hududlarda turlicha bo‘lishi mumkin.



Xususiy tadbirkorlikning zaif jihatlari:



  • kreditlash imkoniyatlarining cheklanganligi;

  • o‘zining bor mulki bilan javobgarligi;

  • faoliyatni kengaytirish va rivojlantirishning imkoniyatlari cheklanganligi yoxud bu tashkiliy-huquqiy o‘zgarishlarga olib kelishi.

Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat-lar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi MCHJning eng yuqori boshqaruv organidir. Jamiyat kundalik faoliyatini boshqarish jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida tayinlanadigan va unga hisobot beradigan jamiyatning ijrochi organi (direktor yoki direksiya) tomonidan amalga oshiriladi. MCHJ qatnashchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va shirkat faoliyati bilan bog‘liq zarar yuzasidan faqat jamiyatning ustav kapitaliga o‘zlari qo‘shgan hissa qiymati doirasida tavakkal qiladilar.
Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat- larning huquqiy holati. Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir.
Jamiyat, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Jamiyat to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan manzili ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishi kerak.
Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
Jamiyat o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blanklariga, o‘z emblemasiga, shuningdek, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgisiga va boshqa o‘z belgi-alomatlariga ega bo‘lishga haqlidir.
Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol- mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Ro‘yxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin.
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi. Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, xuddi shuningdek, jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.

Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish