Okoz: 09. 00. 00. 00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09. 01. 00. 00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09. 01. 10. 02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi / 09



Download 68,02 Kb.
Sana26.11.2019
Hajmi68,02 Kb.
#27265
Bog'liq
1650 29.12.2006



[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING

BUYRUG‘I

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARDA TEKShIRISh O‘TKAZISh VA TEKShIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh KITOBINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 29-dekabrda 1650-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]

 LexUZ sharhi

Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 7-noyabrdagi 245-mh-sonli “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshirish o‘tkazish va tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1650-1, 07.11.2011-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

 LexUZ sharhi

Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2011-yil 7-noyabrdagi 246-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2280, 07.11.2011-y.) buyrug‘iga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.

Nazorat organlarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini asossiz cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirish soni qisqartirilganligi hamda tekshirishlar tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son va 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son farmonlariga asosan buyuraman:

1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshirish o‘tkazish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (S. Sattarov):

mazkur buyruqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar normativ hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin;

ushbu buyruqni barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi va amalda qo‘llanilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.

3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.

4. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2001-yil 15-maydagi 55-mh-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (2001-yil 15-may, ro‘yxat raqami 917-1) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (U. Ayubov) mazkur normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etishni ta’minlasin.

6. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.

Adliya vaziri F. OTAXONOV

Toshkent sh.,

2006-yil 29 dekbr,

213-mh-son

Adliya vazirining 2006-yil 29-dekabrdagi 213-mh-son buyrug‘i bilan


TASDIQLANGAN

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi va 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-fevraldagi 57-son “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni raqbatlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.



I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va ularning ta’riflari qo‘llaniladi:

Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi — nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishlar to‘g‘risidagi axborot kiritiladigan rasmiy hujjat hisoblanuvchi tekshirishlarni hisobga olish maxsus kitobi;

xo‘jalik yurituvchi subyekt — belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxs;

nazorat qiluvchi organlar — xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;

tekshirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;

kompleks tekshirish — bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirish;

moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) — soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslash;

rejadan tashqari tekshirish — nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va hollarda amalga oshiriladigan yillik (choraklik) tekshirishlar rejasiga kiritilmagan tekshirish (shu jumladan qisqa muddatli tekshirish);

qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar tomonidan bir ish kuni davomida o‘tkaziladigan va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan tekshiruv (kechki va (yoki) tungi vaqtlarda faoliyat ko‘rsatuvchi (tekshirish kunining soat 18-00dan ertasi kunning soat 6-00 gacha) xo‘jalik yurituvchi subyektlarda qisqa muddatli tekshirishlar tekshirish boshlangan paytdan boshlab sakkiz soat davomida amalga oshiriladi);

muqobil tekshirish — operatsiyalar birligi tufayli o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va turli xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi yoki bir xo‘jalik yurituvchi subyektning turli bo‘linmalaridagi hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruv;

nazorat tartibida tekshirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish.

2. Mazkur Nizom nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar (keyingi o‘rinlarda — tekshiruvchi organlar)ning xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini barcha tekshirishlari (moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish, kompleks tekshirish, taftish qilish, rejadan tashqari tekshirish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish va h. k.), shu jumladan yong‘in, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya xavfsizligi, kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va tovarlar bilan savdo qilish qoidalariga rioya qilishni tekshirish, shuningdek energiya nazorati, karantin va o‘simliklar himoyasi xizmatlari, tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar va boshqa tekshirishlar bo‘yicha xatti-harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

3. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

tekshiruvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik;

yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashmaslik.

4. Tekshirish bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning bevosita tekshirish o‘tkazish yilidan oldingi to‘rt kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan faoliyati qamrab olinishi mumkin. Bunda:

tekshirish o‘tkazilayotgan kalendar yil davrlarini tekshirishga ruxsat etiladi;

ilgari tekshirilgan masalalar bo‘yicha tekshirish o‘tkazish man etiladi.

Mazkur bandning qoidalari qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarga tatbiq etilmaydi.

5. Davlat budjeti va maqsadli davlat jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan muassasalar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Prokuror nazorati tartibida amalga oshiriladigan davlat nazorati ham tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

6. Mazkur Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

II. Tekshirish o‘tkazish uchun asoslar

7. Rejali tekshirishlar o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha tegishli hududiy komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — viloyat komissiyalari) tomonidan belgilangan tartibda berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko‘chirma;

nazorat qiluvchi organning tekshirishlar amalga oshirishni muvofiqlashtirish rejasi asosida tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshirish o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan holda chiqargan buyrug‘i.

8. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejadan tashqari tekshirish uchun Kengash, viloyat komissiyalari yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar bo‘yicha hududiy komissiyalari tomonidan tekshirilayotgan obyekt nomi, tekshirish o‘tkazish maqsadi, muddatlari va uning sabablari asosliligi ko‘rsatilgan holda rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan tartibda qabul qilingan qaror, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslari tarkibi va tekshirish o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan buyrug‘i asos bo‘ladi.

9. Rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan quyidagi hollarda o‘tkaziladi:

agar tekshiruvni o‘tkazish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va hukumatining qarorlaridan kelib chiqqanda. Bunda agar Prezident va Hukumat qarorlarida tekshirish o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, Kengash yoki uning viloyat komissiyasining roziligini olish talab qilinmaydi;

nazorat qiluvchi organga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining buzilganligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushganda. Qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarning aniq isbotlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan qonunbuzilish faktlari xizmat qilishi mumkin;

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldi olinayotganda;

sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek qo‘shni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli vujudga kelganda.

Yuqori turuvchi nazorat qiluvchi organlar o‘zlarining hududiy bo‘linmalariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish uchun topshiriqlarni faqatgina Kengash, viloyat komissiyalari yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar bo‘yicha hududiy komissiyalarining ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori bo‘lganida yuboradi.

10. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasi va “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish uchun qo‘zg‘atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo‘ladi.

11. Xo‘jalik yurituvchi subyekt Kengash yoki viloyat komissiyasi ishchi organlaridan uning faoliyatini tekshirishga taalluqli (rejalashtirilgan tekshirish sanasi, turi, nazorat qiluvchi organning nomi va h. k.) axborotni (bunda ushbu axborot xo‘jalik yurituvchi subyektga bepul taqdim etiladi) olishga haqli. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ushbu axborotni olishi, shuningdek Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tekshirishlar rejalariga kiritilgan tekshiruvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish yo‘li bilan ham ta’minlanishi mumkin.

12. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ularning moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirishlar tegishli nazorat qiluvchi (yong‘inga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida, bir marta o‘tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da ro‘yxatga olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar ko‘rsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’i nazar, ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmagan holda, xo‘jalik yurituvchi subyekt ro‘yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

13. Rejali tekshiruvlar Kengash tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida o‘tkaziladi.

Bir kundan ortiq davom etadigan rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash qarori bo‘yicha amalga oshiriladi. Bir kunlik rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash yoki uning viloyat komissiyasi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar bo‘yicha hududiy komissiyalarining qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirishlar jinoyat ishlari yuzasidan tergov olib borish jarayonida tekshirish tayinlash to‘g‘risidagi qaror asosida yoki nazorat qiluvchi organlar tomonidan Kengash yoki viloyat komissiyasi qaroriga binoan o‘tkazilishi mumkin.

Nazorat tartibidagi tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ushbu Nizomning 23-bandi talablariga qatiy rioya qilingan holda Kengash yoki uning viloyat komissiyasining qo‘shimcha qarorisiz amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish uchun asoslar Kengash tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.

14. Tekshirish o‘tkazishga faqat tegishli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan attestatsiya natijalari bo‘yicha va tekshirish huquqini beruvchi belgilangan namunadagi maxsus guvohnomalarga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarga ruxsat etiladi.

III. Tekshirishlar o‘tkazish shartlari

15. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish muddatlari 30 kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda Kengash qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin.

16. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolari faoliyatini tekshirish uning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati tegishli auditorlik tashkiloti majburiy jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.

17. Tekshirish o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlar jalb qilingan taqdirda auditorlik tekshirishlari (ekspertizalar) o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlar faqat ushbu tekshirishlarni tayinlagan tekshiruvchi organlar hisobidan amalga oshiriladi.

18. Auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlar jalb qilinganda tekshiruvchi organ hamda auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi albatta xo‘jalik yurituvchi subyektga taqdim etiladi. Shartnomada auditor va/yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va mansabi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Auditorlik va/yoki ekspert xulosasining to‘g‘riligi hamda uning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan auditorlik tashkiloti va/yoki ekspertning javobgarligi tuziladigan shartnomaning zaruriy sharti hisoblanadi.

19. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishlar Kengashning qaroriga binoan rejali tartibda ko‘pi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Belgilangan normalar va qoidalarga o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda rioya etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 20-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

20. Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini har to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarini esa har uch yilda ko‘pi bilan bir marta reja asosida tekshirish o‘tkaziladi.

Yangi tashkil qilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini ular davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida tekshirish o‘tkazilmaydi.

21. Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishda xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyatigina qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshirish tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

22. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muqobil tekshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bormasdan amalga oshiriladi va faqat ularning tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan o‘zaro munosabatlari doirasidagina yo‘l qo‘yiladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektning tekshirish obyekti bilan o‘zaro munosabati deganda shaxslarning hujjatlar (jinoyat ishi materiallari, ashyoviy dalillar) bilan tasdiqlangan aniq munosabatini tushunish lozim.

Kengash yoki viloyat komissiyasining qarori yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organning tegishli mansabdor shaxsining qarori bilan belgilangan muddatda muqobil tekshirish o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganida, u faqatgina muqobil tekshirishni boshqa muddatga ko‘chirish to‘g‘risidagi Kengash yoki viloyat komissiyasining qo‘shimcha qarori yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organning tegishli mansabdor shaxsining qo‘shimcha qarori asosida o‘tkazilishi mumkin.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlardan muqobil tekshirishga taalluqli bo‘lmagan moliya-buxgalteriya yoki boshqa hujjatlarni talab qilish man etiladi.

23. Nazorat tartibidagi tekshirishlarni o‘tkazish nazorat qiluvchi organlar tomonidan faqat ilgari o‘zlari o‘tkazgan tekshirish natijalariga doir dalolatnomada (ma’lumotnomada) belgilangan holatlar va muddatlar bo‘yicha Kengash yoki uning viloyat komissiyalarining qo‘shimcha roziligisiz amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik subyekti tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnomada (ma’lumotnomada) belgilangan muddatlarda nazorat tartibida tekshirishlar o‘tkazishga rozi bo‘lmasa, ularni o‘tkazish muddatlari Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (2006-yil 6-may, ro‘yxat raqami 1573) ko‘rsatilgan tartibga muvofiq viloyat komissiyalarining qarorlari bilan belgilanadi. Bunda o‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma (ma’lumotnoma) nazorat tartibida tekshirish o‘tkazish zarurligiga asos bo‘ladi.

24. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik hamda tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslikka haqlidir.

25. Hujjatlarni olib qo‘yish va ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabi bo‘yicha taqdim etish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi, prokuratura organlari esa, bu holda “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga ham asoslanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar asl nusxasi olib qo‘yilgan hujjatlarning saqlanishi uchun javobgardirlar. Hujjatlarning asl nusxasini olib qo‘yishda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatli shaxslari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bosh buxgalter yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlarning asl nusxasidan ko‘chirmalar olish imkoniyatini berishlari lozim.

26. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari, auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlar ularga xo‘jalik yurituvchi subyektni tekshirish bilan bog‘liq holda ma’lum bo‘lgan tijorat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlarni tarqatganliklari uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.

27. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirish boshlanishidan oldin xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbarini (yakka tartibdagi tadbirkorni, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi, qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etishi, Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga (1-sonli ilova) tegishli yozuvlar kiritishi lozim.

Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish 2-sonli ilovada ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

28. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi belgilangan namunaga muvofiq bo‘lishi, qattiq muqova bilan qoplangan va raqamlangan, tikilgan, varaqlar soni va Kitobni yuritish sanasi ko‘rsatilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi va muhri (yakka tartibdagi tadbirkor uchun — agar u mavjud bo‘lsa) bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Adliya organlari tomonidan hisobi yuritiladigan Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), unga berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi lozim.

29. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yuritiladi. Tekshirish boshlanishidan oldin xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshiruvchi mansabdor shaxsga Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini tegishli ustunlarini to‘ldirish uchun taqdim etadi.

Tekshiruvchi mansabdor shaxs Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirishdan bosh tortsa, u tekshirishga qo‘yilmaydi.

30. Nazorat qiluvchi organlar tekshirishni nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshirish o‘tkazish rejasiga muvofiq amalga oshiradi. Tekshirish tekshirishni o‘tkazish rejasi va nazorat qiluvchi organning vakolatlari doirasidan chetga chiqmasligi lozim.

31. Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan, zarur hollarda esa — aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bilan ham rasmiylashtiriladi.

32. Kengash yoki uning viloyat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko‘chirma (ko‘chirmaning haqiqiyligi ko‘rsatilgan holda tegishli imzo va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim), nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshirish o‘tkazish buyrug‘i va rejasi, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qaror nusxalari xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga (yakka tartibdagi tadbirkorga, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) ularni olganligi haqidagi tilxat asosida topshiriladi. Bunda tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasi tekshirish tugaganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida topshiriladi. Tekshirish o‘tkazish uchun auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert jalb qilingan taqdirda, tekshiruvchi organ va auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi ham topshiriladi.

33. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi to‘ldirilgandan va tekshirish tugagandan so‘ng mansabdor shaxs — tekshirish rahbari va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) unda qayd qilingan yozuvlarni to‘g‘riligini o‘zlarining imzolari bilan sana va vaqtni ko‘rsatgan holda tasdiqlaydilar.

IV. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tekshiruvchi organlar hamda ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari

34. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi huquqlarga ega:

o‘z faoliyatlari tekshirilishi to‘g‘risidagi tegishli axborotga ega bo‘lish;

tekshiruvchi mansabdor shaxslardan Kengash, viloyat komissiyalari yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Kengashning tuman va shaharlar bo‘yicha hududiy komissiyalari qarorini va qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lgan tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorni, tekshirish o‘tkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish;

tekshirish o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;

tekshiruvchi mansabdor shaxslarning vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik;

tekshiruvchi mansabdor shaxslardan tekshirish tugaganidan so‘ng o‘n kun muddat ichida tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasini olish;

qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish.

35. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchi mansabdor shaxslarning qonuniy talabiga binoan tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ularni tekshirish obyektlariga kiritishga, tekshiruvchi mansabdor shaxslarga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun ko‘maklashishga majburdirlar.

36. Tekshirishni amalga oshirayotgan tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

tekshirilayottan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tekshirish o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;

tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;

tekshiruvga auditorlik tashkilotlari va/yoki ekspertlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda moliyaviy va (yoki) ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;

rejali tekshirishlar o‘tkazish muddatini ko‘chirish to‘g‘risida basharti, bunga obyektiv asoslar bo‘lsa, Kengashga taqdimnoma kiritish.

Tekshiruvchi mansabdor shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.

37. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:

tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko‘rsatish;

xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlashiga xalal bermaslik;

Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga ushbu Nizomda belgilangan tartibda yozuv kiritish;

davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlash;

tekshiruv natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoldirish;

huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish.

38. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Agar tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida qonunchilik buzilganligini aniqlasalar, ular o‘zlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘rishlari mumkin. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas.

V. Javobgarlik

39. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan shaxsan javobgarlik tekshiruvchi organlarning rahbarlari va vakolatli shaxslari zimmasiga yuklatiladi.

40. Huquqi buzilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt unga keltirilgan zararni to‘liq undirilishini talab qilishi mumkin.

davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplanishi lozim.

Zararlarning o‘rnini qoplash sud qarori bilan ana shu yetkazilgan zarar uchun aybdor bo‘lgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga, qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlarda yuklanishi mumkin.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt aybdor mansabdor shaxsning noqonuniy aralashuvi natijasidagi yetkazilgan real zararni, boy berilgan foydani, shuningdek ma’naviy zararni qoplashni sud orqali talab qilishga haqli.

41. Tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-fevraldagi 57-son “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni raqbatlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tekshiruvchi organlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalariga berilishi mumkin.

VI. Yakuniy qoidalar

42. Ushbu Nizom Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishildi.

Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi o‘rinbosari v.b., Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi v.b. B. ULAShOV

Toshkent sh.,

2006-yil 21-dekabr

Bosh prokuror R. QODIROV

Toshkent sh.,

2006-yil 28-dekabr

Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYaTOV

Toshkent sh.,

2006-yil 29-dekabr

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV

Toshkent sh.,

2006-yil 21-dekabr

Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV

Toshkent sh.,

2006-yil 21-dekabr

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga


1-ILOVA

TEKShIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh KITOBI

_____________________________________________________________________________



(xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘liq nomi)

_____________________________________________________________________________

(xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan yeri (pochta manzili)

_____________________________________________________________________________

(soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami)

T/r

Nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organning nomi

Tekshiruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va guvohnoma raqami

Auditorlik tashkilotining nomi (litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati), auditor, ekspertning F.I.O. (shaxsini tasdiqlovchi hujjat)

Tekshirish o‘tkazish uchun asos; jinoiy ish raqami

Tekshirish turi va maqsadi

1

2

3

4

5

6

Tekshirish o‘tkazish uchun belgilangan muddatlar

Tekshirishni boshlash va tugatish sanasi va vaqti

Tekshirishning aniq davom etgan vaqti

Talab qilingan hujjatlar

Tekshirish jarayonida ko‘rilgan choralar

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining (yakka tadbirkorning) fikri

7

8

9

10

11

12

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA


Xo‘jalik yurituvchi subyektning Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish qoidalari

1. Tekshiruvchi organ 2—7, tekshiriluvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt 8—12 ustunlarni to‘ldirishi shart.



2. Ikkinchi ustunda tekshiruvchi organning to‘liq rasmiy nomi, uning pochta manzili, rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, u bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.

3. Uchinchi ustunda tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, guvohnoma (shu jumladan maxsus guvohnoma) raqami, guvohnomani bergan idora nomi, guvohnomaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi to‘ldirilgandan va tekshirish tugagandan so‘ng mansabdor shaxs — tekshirish rahbari ushbu ustunga Kitobga qayd qilingan yozuvlarni to‘g‘riligi to‘g‘risida yozuv kiritadi va sana va vaqtni ko‘rsatgan holda uning imzosi bilan tasdiqlanadi.

4. To‘rtinchi ustunda auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert jalb etilgan taqdirda, auditorlik tashkilotining nomi, litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati, auditor va/yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma raqami ko‘rsatiladi.

5. Beshinchi ustunda tekshirish o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlagan organ nomi va uni tasdiqlash sanasi; buyruqni chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, buyruqni tasdiqlash raqami va sanasi; qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ish bilan bog‘liq tekshirishni tayinlash to‘g‘risida qaror chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, qarorning sanasi, shuningdek jinoyat ishining raqami ko‘rsatiladi.

6. Oltinchi ustunda tekshirish turining to‘liq nomi (rejali tekshirish, rejadan tashqari tekshirish, qisqa muddatli tekshirish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish) va maqsadi ko‘rsatiladi. Tekshirish turining nomi tekshirish o‘tkazish reja-jadvali va buyruqda ko‘rsatilgan nomga, maqsadi esa — buyruqda ko‘rsatilganiga muvofiq bo‘lishi lozim.

7. Ettinchi ustunda tekshirish o‘tkazish muddati ko‘rsatiladi. U tekshirish o‘tkazish reja-jadvalida ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi lozim.

8. Sakkizinchi ustunda har kuni tekshirish o‘tkazishni boshlash va tugatish vaqti, sanasi ko‘rsatiladi. Ushbu ustunda zarur hollarda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki tartibida belgilangan ish vaqti tugaganidan keyingi faoliyati haqida maxsus belgilar qo‘yiladi.

9. To‘qqizinchi ustunda tekshirishning haqiqatan davom etgan kalendar muddati ko‘rsatiladi.

10. O‘ninchi ustunda talab qilingan hujjatlarning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. Ushbu ustunda talab qilingan hujjatlar tavsifi tekshirish o‘tkazish reja-jadvali hamda buyruqda ko‘rsatilgan tekshirish turi va maqsadlariga mos kelmagan holda maxsus belgilar qo‘yiladi.

11. O‘n birinchi ustunda xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan belgilangan tartibda ko‘rilgan choralar (ishlab chiqarishni to‘xtatish, omborni yoki butunlay korxonani muhrlash, pul mablag‘laridan va/yoki xomashyodan foydalanishni ta’qiqlash, moliya va boshqa hujjatlarni olib qo‘yish va h. k.) ko‘rsatiladi.

12. O‘n ikkinchi ustunda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning) “Roziman”, “Rozi emasman”, “E’tirozlar bilan roziman” shakllaridagi fikri ko‘rsatiladi. “Rozi emasman” shaklidagi fikr ko‘rsatilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor) buning asoslangan sabablarini ko‘rsatadi. “E’tirozlar bilan roziman” shaklidagi fikr ko‘rsatilgan holda asoslangan e’tirozlar keltiradi. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi to‘ldirilgandan va tekshirish tugagandan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) ushbu ustunga Kitobga qayd qilingan yozuvlarni to‘g‘riligi haqida sana va vaqtni ko‘rsatgan holda o‘zining imzosi bilan tasdiqlaydi.

Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida o‘chirib yozish va bo‘yash taqiqlanadi. To‘g‘rilashlar xato yozuvlar o‘chirilib, kerakli ma’lumotlarni ustidan qayta yozish yoki qo‘lda ustidan yozish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim. Har bir bunday to‘g‘rilash mansabdor shaxs-tekshirish rahbarining va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 525-modda)

Download 68,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish